08.06.2026 | 09:00
2588
STENLI PRUZINER – MASHAQQATLARDA MUVAFFAQIYAT KO‘RGAN NOBELCHI
Zamonaviy nevrologiya va molekulyar tibbiyot sohasida taniqli olim, Nobel mukofoti sohibi Stenli Pruzinerning o‘rni beqiyosdir. Uning prionlar deb ataluvchi yangi yuqumli biologik omilni kashf etishi neyrodegenerativ kasalliklar haqidagi tasavvurlarni tubdan o‘zgartirdi.

TARJIMAYI HOL
Stenli Pruziner 1942-yil 28-may kuni AQSHning Ayova shtatidagi Des-Moyns shahrida tug‘ilgan. Kaliforniya universitetida tibbiyot sohasida tahsil olgan va nevrologiya yo‘nalishida ilmiy faoliyat boshlagan. 1972-yildan buyon Kaliforniya universitetining San-Fransiskodagi kampusida faoliyat yuritib kelmoqda. Tibbiyot fanlari doktori, professor. Neyrodegenerativ kasalliklar instituti direktori. U 350 dan ortiq ilmiy maqola, 12 ta kitob muallifi hamda AQSHning 50 ga yaqin patentiga ega olim sifatida tanilgan.
Stenli Pruziner 1997-yilda prionlarni kashf qilgani va ularning ta’sir mexanizmini tushuntirgani uchun fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
FAN VA SALOMATLIK
Pruzinerning asosiy ilmiy yo‘nalishi prionlar va ularning inson hamda hayvon organizmiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Prionlar – bu miya to‘qimasida og‘ir buzilishlarni keltirib chiqaradigan mikroorganizm. Olimning tadqiqotlari natijasida prion kasalliklari irsiy, yuqumli yoki o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Bu esa tibbiyotda yuqumli kasalliklar haqidagi an’anaviy nazariyalarni kengaytirishga sabab bo‘ldi. Prion kasalliklarida miya to‘qimasi “g‘ovaksimon” holatga kelib, nerv hujayralari zararlanadi. Natijada quyidagi belgilar kuzatiladi: xotiraning pasayishi, demensiya, harakat buzilishlari, uyqusizlik, ruhiy o‘zgarishlar.
Hozirgi kunda Pruziner va uning shogirdlari prionlarning molekulyar tuzilishi, ularning tarqalish mexanizmi va boshqa neyrodegenerativ kasalliklar bilan bog‘liqligini o‘rganishni davom ettirmoqda. Bu tadqiqotlar miya kasalliklarini erta aniqlash, ularning oldini olish va samarali davolash usullarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, olimning ishlari biotexnologiya va farmakologiya sohasida yangi innovatsion yondashuvlarning shakllanishiga turtki berdi.
Olimning tadqiqotlari nafaqat inson miyasi faoliyati sirlarini ochishga, balki Altsgeymer, Parkinson va boshqa og‘ir kasalliklarni davolashning yangi usullarini yaratishga ham zamin yaratmoqda.
NOBELCHI MA’RUZASI
Ma’lumki, Nobel mukofoti laureatlari taqdirlash marosimida nutq so‘zlaydi. Ushbu nutqlar alohida kitob holida nashr etiladi.
Stenli Pruziner ham o‘z nuqtida ilm-fan olamiga adashib kirib qolgan, og‘irning ustidan, yengilning ostidan yurib kun o‘tkazayotgan “olimlar” uchun ibratli fikrlarni keltiradi:
“Odamlar mendan ko‘pincha nima sababdan bunchalik ko‘p bahs va ziddiyatlarga sabab bo‘lgan mavzudagi tadqiqotlarni qaysarlik bilan davom ettirganimni so‘rashadi. Men ularga odatda shunday javob beraman: faqat barmoq bilan sanoqli olimlargagina dastlabki bosqichda juda kam sonli insonlar tushunishi va anglashi mumkin bo‘lgan butunlay yangi va favqulodda mavzular ortidan quvishdek buyuk baxt nasib etadi”.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-maydagi 22-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



