Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.07.2026 | 11:16

img2438

AYOLLAR YUKINI KO‘TARGAN ERLAR

Shu kunlarda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga guvoh bo‘lib qoldim. Jiyanimga hamroh bo‘lib, poytaxtga kelib-ketdim. Abituriyentlar test sinoviga kirib ketgach, soyaga o‘tib, atrofni kuzata boshladim. Ota-onalar, qarindoshlar, yoshlarning o‘rtoq-dugonalari… E’tiborimni tortgani – yigitlarning ayollar sumkasini ko‘tarib yurgani bo‘ldi. To‘rt soat o‘tirgan bo‘lsam, elliktacha shunday holni ko‘rdim. Qiziqish ustunlik qilib, gapga ham soldim. Deyarli hammasi turmush o‘rtog‘ining narsalarini olib qolgan ekan. Uch-to‘rt yigit esa qaylig‘ini qo‘llab-quvvatlashga kelgan.

Ko‘rib ko‘zim quvnadi, dilim yayradi. Oldinlari qizlarga “O‘qishga kirsang kirding, bo‘lmasa, erga tegasan. O‘qib shahar olib berarmiding?”, qabilida munosabat bo‘lardi. Oila qurgach, o‘qish xayolga ham kelmasdi. Har tomonlama yetuk qizlarning kontraktda o‘qishini eshitib, ostonadan qaytib ketgan sovchilar qancha deysiz. Mana, zamonimiz yaxshilanib, odamlarning dunyoqarashi ham ijobiy tomonga o‘zgaribdi.

Yosh bolasini o‘ynatib, ko‘tarib yurganlar ham bor. Yosh bolasi bilan ilm olishga qaror qilgan ayolning faqat eri emas, qaynota-qaynonasi ham ma’rifatli bo‘lishi kerak. Yaqin-yaqingacha ham kelin o‘qishga kirsa, to‘lov-shartnoma pulini ota-onasi to‘lardi. Kelinning oyligi esa o‘z-o‘zidan qaynonaning karmoniga tushardi. Bu yerda nedir xatomasmi? Endi xotin-qizlarning o‘qishi uchun yaratib berilayotgan imtiyozlar sharofati bilan aholi to‘lovdan ham, qiyinchiliklardan ham cho‘chimay qo‘ydi.

Shu manzaralarni ko‘rganda, beixtiyor, o‘z taqdirim ko‘z oldimdan o‘tadi. Yoshlikda o‘qishga imkon bo‘lmadi. Jurnalist bo‘laman degan orzu oila, turmush, farzandlarning shirin tashvishlari, qismatning achchiq izg‘irinlari zabtidan so‘nayozgandi. Uch farzandning onasi bo‘lgach, endi talabalikka nima bor, deb yurgandim. Ammo o‘zim ko‘rgan-bilgan yigit-qizlarning ilmga, o‘qishga beparvo yurishi, pishgan oshni ham eplab yutolmayotganini ko‘rib, sabrim chidamay ketdi. “Siz o‘qimasangiz, men o‘qiyman”, degan shasht bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining sirtqi bo‘limiga hujjat topshirdim. Shukur, 44 yoshimda talabalik nasib etdi.

Mana, to‘rtinchi bosqich arafasidaman bugun. To‘g‘ri, bolalar o‘sib kelayotganda oila byudjetidan ortiqcha pul sarflash, yilda ikki marta Toshkentga kelib-ketish osonmas. Ammo orzular ushaladigan paytda jim o‘tirishni ep ko‘rmadim-da. Hatto bir gal “Otamning davrida o‘qisam bo‘lar ekan”, deb she’r ham yozdim. Shularni o‘ylab, bugun ota-onasi, turmush o‘rtog‘i davrida o‘qishga kirayotgan singillarimga omad tilayman. Aslida, ular ham men kabi Yangi O‘zbekiston yaratib bergan sharoitlar mevasidan bahramand bo‘lyapti. Umid shulki, ana shu ota-onalardan Uchinchi Renessans bunyodkorlari dunyoga kelib, kamol topadi.

Ba’zan ko‘cha-ko‘yda qizning oldida hiringlab, qizil sumkachani qo‘lida o‘ynatib ketayotgan yigitlarni ko‘rib, asabim buzilardi. Shular ota-onasining qo‘lidan yuk olishga yararmikan, deb o‘ylardim. Ammo bugun yorining imtihondan chiqishini toqat bilan kutayotgan, uning narsalarini ko‘tarib yurgan yigitlarni ko‘rib, havasim keldi.

Ayolini asragan, unga ilm yo‘llarini ochib bergan erkaklar safi kengayaversin.

Nigora NORBOBOYEVA
Telegram

“Jadid” gazetasining 2026-yil 24-iyuldagi 30-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img104

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331