17.06.2026 | 15:48
3151
KLAUDIYA GOLDIN – AYOLLAR MEHNAT BOZORI TARIXINI YANGI OQIMGA BURGAN NOBELCHI
UMR YO‘LI
Klaudiya Deyl Goldin 1946-yil 14-mayda AQSHning Nyu-York shahrida tug‘ilgan. 1967-yilda Kornell universitetida iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik Chikago universitetida tahsil olib, 1969-yilda magistrlik va 1972-yilda doktorlik darajasini qo‘lga kiritgan. Pedagoglik faoliyati davomida Viskonsin, Prinston va Pensilvaniya universitetlarida dars bergan.
1990-yilda Garvard universiteti iqtisodiyot fakultetida doimiy professor maqomini olgan birinchi ayol sifatida tarixga kirgan.
Klaudiya Goldinga 2023-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti berildi.

TADQIQOTLARI
Olimaning asosiy tadqiqotlari ayollarning mehnat bozoridagi ishtiroki tarixi, haq to‘lovidagi farqlari va iqtisodiy imkoniyatlariga bag‘ishlangan. Eng muhim xulosalaridan biri shuki, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi ish haqining farqi tasodifiy holat emas, balki asrlar davomida shakllangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy omillar natijasidir. Uning ishlari ta’lim darajasi, oilaviy majburiyatlar, mehnat bozori sharoitlari va davlat siyosati ayollarning iqtisodiy faolligiga qanday ta’sir qilishini ilmiy jihatdan asoslab berdi.
YANGI NAZARIYA
1994-yilda Goldin xonim iqtisodiy taraqqiyot jarayonida ayollarning mehnat bozoridagi ishtiroki “U” shaklli trayektoriya bo‘ylab o‘zgarishini ko‘rsatib berdi. Uning nazariyasiga ko‘ra: agrar jamiyatlarda ayollar mehnat faoliyatida keng ishtirok etadi; industriallashuv davrida ularning ishtiroki pasayadi; ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi bilan ishtirok yana oshadi. Bu nazariya iqtisodiy taraqqiyot va gender munosabatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“SOKIN INQILOB”
Goldin XX asrda ayollarning ta’lim, kasb va oila haqidagi qarashlarida yuz bergan tub o‘zgarishlarni “Sokin inqilob” deb atadi. Uning fikricha, avvalgi avlod ayollari ishlashni vaqtinchalik faoliyat sifatida ko‘rgan bo‘lsa, keyingi avlodlar o‘z hayotini uzoq muddatli kasbiy rivojlanish bilan bog‘lay boshladi. Bu o‘zgarishlar mehnat bozorida ayollarning mavqeyini kuchaytirishga xizmat qildi.
Klaudiya Goldin iqtisodchi Lourens F. Katts bilan hamkorlikda olib borgan tadqiqotlarida tug‘ilishni nazorat qilishning ayollar hayotiga ta’sirini o‘rgandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu omil ayollarga oliy ta’lim olish, mutaxassislik bo‘yicha lavozimlarga va iqtisodiy mustaqillikka erishish imkoniyatlarini kengaytirgan.
XULOSA
Klaudiya Goldin iqtisodiy tarix va mehnat iqtisodiyoti sohasida yangi yo‘nalishlarni shakllantirgan yetuk olimlardan hisoblanadi. Uning ishlari iqtisodchilar, siyosatchilar va gender tenglik sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib qolmoqda.
U ilm-fan orqali jamiyatdagi muhim muammolarga yechim topish mumkinligini amalda isbotlagan yirik iqtisodchi sifatida jahon tarixida munosib o‘rin egallaydi.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 12-iyundagi 24-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
160
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
154
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
357



