Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.08.2026 | 09:20

img2444

IQLIM “BARMOQ IZLARI”

2021-yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotining yarim ulushi “Yer iqlimini fizik modellashtirish, iqlim o‘zgarishini aniqlash va global isishning ishonchli tahlili uchun” Klaus Xasselman va  Syukuro Manabega berildi.

Hayot yo‘li

Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tug‘ilgan. Tokio universitetida meteorologiya mutaxassisligi bo‘yicha 1953-yilda bakalavr, 1955-yilda magistr darajasini oldi. 1959-yilda doktorlik ishini muvafaqqiyatli himoya qilgach, AQSHga ko‘chib o‘tdi. Avval Milliy okeanografiya va atmosfera boshqarmasida ishladi, bir muddat Yaponiyada yashagach, yana Prinston universitetiga qaytib keldi. Hozirda shu universitetda katta meteorolog bo‘lib ishlaydi. 2007–2014-yillarda Nagoya universitetida maxsus taklif qilingan professor sifatida ishladi. Oilali, ikki qizning otasi.

Klaus Xasselman 1931-yil 25-oktyabrda Germaniyada tug‘ilgan. 1950–1955-yillarda Gamburg universitetida fizika-matematika bo‘yicha o‘qidi. U fizika va suyuqlik dinamikasi bo‘yicha ishini Gyottingen universitetida davom ettirdi. 1957-yilda doktorlik darajasini oldi. Shundan so‘ng 1961-yilgacha Gamburg universitetida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Bir muddat Kaliforniya universitetida professorlik lavozimini egallagan. Yana Gamburg universitetiga qaytib, faoliyatining ko‘p qismini u yerda o‘tkazgan. Gamburgdagi Maks Plank meteorologiya institutining asoschi direktori bo‘ldi va u yerda 1999-yilgacha direktor bo‘lib ishladi. Oilali, uch farzandi bor.

Ilmiy yutuq

Insoniyat uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan murakkab tizimlardan biri bu – Yer iqlimi. Syukuro Manabe atmosferadagi karbonat angidrid miqdorining ortishi Yer yuzasida haroratning oshishiga olib kelishini ko‘rsatdi. 1960-yillarda u Yer iqlimining fizik modellarini ishlab chiqishga rahbarlik qildi. Radiatsiya balansi va havo massalarining vertikal tashishi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rgangan birinchi odam bo‘ldi. Uning ishi hozirgi iqlim modellarini ishlab chiqish uchun asos yaratdi.

Taxminan o‘n yil o‘tgach, Klaus Xasselmann ob-havo va iqlimni bog‘lovchi modelni taklif etdi. Shu tariqa ob-havoning o‘zgaruvchan va beqarorligi, iqlimning esa muqimligi, evolyutsion xarakteri va keng qamrovliligi o‘rtasida chegara aniqlab olindi. Shuningdek, u tabiiy hodisalar va inson faoliyatidagi iqlimga ta’sir qiluvchi signallarni, “barmoq izlari”ni aniqlash usullarini ishlab chiqdi.

“Barmoq izi”

1979-yilda Xasselman iqlim o‘zgarishining “fingerprint” (“barmoq izi”) usulini taklif qildi. Bu usulning asosiy g‘oyasi: iqlimga ta’sir qiluvchi har bir omil (“issiqxona gazlari”, vulqonlar, quyosh faolligi, aerozollar) Yer iqlimida o‘ziga xos fazoviy va vaqt bo‘yicha o‘zgarish qoldiradi.

Klimatik modellar orqali ushbu “barmoq izlari” keyin kuzatilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Bu usul yordamida olimlar XX asr o‘rtalaridan keyingi global isishning asosiy sababi inson faoliyati ekanligini yuqori darajadagi ishonch bilan isbotladilar.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 31-iyuldagi 31-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img111

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333