Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.08.2026 | 11:39

img1392

KO‘CHALAR VA KO‘NGILLAR CHAROG‘ON BO‘LGAY

Sun’iy intellekt – yangi drayver

Haftaning eng muhim voqealaridan biri sun’iy intellekt (SI) ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bo‘ldi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro reytingda 25 pog‘ona yuqorilab, 62-o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakat oldiga qo‘yilgan maqsad esa yanada ambitsiyali. O‘zbekistonimiz 2030-yilga qadar dunyodagi eng ilg‘or 50 ta davlat qatoriga kirish, SI asosidagi dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish hamda 200 dan ortiq yirik loyihalarni amalga oshirishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.

Bugungacha 24 million dollarlik infratuzilma yaratilgan bo‘lsa, mavjud klasterni kengaytirish uchun yana 70 million dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda xorijiy investorlar bilan birgalikda yirik data-markazlar loyihalari amalga oshirilmoqda.

Sun’iy intellektning samaradorligi unga taqdim etiladigan ma’lumotlar sifati (Big Data)ga bog‘liq. Shu bois, vazirlik va idoralardagi ma’lumotlarni puxta xatlovdan o‘tkazish va yagona, ishonchli ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Joriy yilning o‘zidayoq iqtisodiyot va ijtimoiy sohada 100 dan ortiq SI-loyihalar amaliyotga joriy etiladi. Tibbiyot va energetika sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va energiya sarfini optimallashtirish, transport va bojxona yo‘nalishida logistika va yuklarni raqamli nazorat qilish, jamoat xavfsizligi, ekologiya, geologiya va huquqiy xizmatlar yo‘nalishida IT-Park rezidentlari va 20 dan ortiq SI-laboratoriyalari asosiy lokomotiv bo‘ladi. Joriy yilda ushbu yo‘nalishdagi rezidentlar soni 300 taga, xizmatlar hajmi 2 trillion so‘mga, eksport esa 160 million dollarga yetkaziladi.

Texnologik sakrashni amalga oshirishning eng asosiy omili – bu kadrlardir. O‘zbekiston bu borada keng ko‘lamli ta’lim tashabbuslarini boshladi. Bugungacha 1,5 milliondan ortiq foydalanuvchi SI bo‘yicha sertifikat oldi. 900 nafar rahbar, 3 mingdan ortiq davlat xizmatchisi va 1 ming nafar bank xodimlari maxsus o‘qitildi. Kelgusi ikki yilda ushbu loyiha orqali o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar uchun ommaviy SI-savodxonligi ta’minlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida kuzatuvchi emas, balki mintaqada raqamli standartlarni belgilovchi va global bozorga mahsulot eksport qiluvchi faol ishtirokchiga aylanmoqda.

Hisoblash quvvatlarining oshirilishi, sifatli ma’lumotlar bazasining yaratilishi, “5 million SI yetakchilari” va mahalliy startaplarning qo‘llab-quvvatlanishi O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini mutlaqo yangi va barqaror rivojlanish bosqichiga olib chiqadi.

Hamkorlikning yangi davri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi, yuqori va tarixiy bosqichga chiqqanini yana bir bor namoyish etdi. Ushbu muloqot ikki yetakchi o‘rtasidagi ishonchga asoslangan yaqin aloqalar nafaqat diplomatik format, balki aniq amaliy natijalar keltirayotgan amaliy sheriklikning mustahkam poydevori ekanini isbotladi.

Muloqotda strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, xususan, iqtisodiy sohadagi natijalar tahlil qilindi. Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha uch yillik dastur izchil amalga oshirilayotgani ikki tomonlama savdo-investitsiyaviy munosabatlarga tizimli tus bermoqda. Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazilishi ishbilarmon doiralar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

O‘zbekiston viloyatlari va AQSH shtatlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikning kengayishi iqtisodiy o‘sishni “quyidan” boshlab rag‘batlantirmoqda.

AQSH fuqarolari uchun vizasiz tartibning joriy etilishi ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi masofani qisqartirib, aloqalarni faollashtirdi. Muloqotda fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi yuqori texnologik sohalardagi qo‘shma loyihalar kun tartibining asosiy qismini tashkil etdi. Bu O‘zbekistonning global qiymat zanjiriga qo‘shilish va innovatsion iqtisodiyotga o‘tish yo‘lidagi qat’iy qadamidir.

Global va mintaqaviy xavfsizlik masalalarida esa tomonlar o‘zaro fikr almashib, nizolarni faqat tinch va diplomatik yo‘l bilan hal etish prinsipiga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.

Bunyodkorlik – yuksalish demak

Mamlakatimizda har yili an’anaviy tarzda nishonlanadigan Quruvchilar kuni bayrami bu yil mutlaqo yangi ruh va ulkan bunyodkorlik natijalari bilan kutib olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida ta’kidlanganidek, bugungi kunda qurilish va shaharsozlik sektori Yangi O‘zbekistonning zamonaviy qiyofasini belgilovchi va milliy iqtisodiyotning jadal o‘sishini aks ettiruvchi “jahonnoma” ko‘zgusiga aylandi. Ushbu tabrikda va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda so‘nggi 10 yilda erishilgan cho‘ng miqyosli yutuqlar, raqamlashtirish va kelajak shaharsozlik konsepsiyalari o‘z ifodasini topdi.

Mamlakatimizdagi bunyodkorlik faqat uy-joylar bilan cheklanib qolmay, balki milliy o‘zlik, ma’naviyat va kelajak muhandisligini o‘zida mujassam etmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Burhoniddin Marg‘inoniy turizm markazi kabi noyob inshootlar milliy me’morchilik an’analarining yangi bosqichiga aylandi.

Poytaxtdagi Yangi Toshkent, Nurafshon, Bobur (Andijon), Shirin (Samarqand) va Al-Xorazmiy (Xorazm) kabi megaloyihalar mutlaqo yangi muhandislik yechimlari hamda “yashil” qurilish tamoyillari asosida barpo etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining bayram tabrigi fidokor quruvchilarga bildirilgan yuksak ehtirom, shu bilan birga Yangi O‘zbekistonning shaharsozlik va infratuzilmaviy taraqqiyoti bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasi tarhidir.

Energetika barqarorligi – taraqqiyot mayog‘i

11-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida neft-gaz bozorida barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga uglevodorod resurslarini uzluksiz yetkazib berish chora-tadbirlari bo‘yicha muhim taqdimot bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda sanoat quvvatlarining shiddat bilan kengayishi, yangi korxonalarning ishga tushishi va aholi sonining o‘sishi tabiiy gaz va neft mahsulotlariga bo‘lgan talabni muntazam oshirmoqda. Bunday sharoitda ichki bozorni zarur resurslar bilan barqaror ta’minlash va mavsumiy taqchillikning oldini olish milliy xavfsizlik darajasidagi ustuvor vazifadir. Ushbu taqdimotda kuz-qish mavsumi oldidan qazib chiqarish, qayta ishlash, logistika, narxlar barqarorligi va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha muhim operativ va strategik topshiriqlar berildi.

Taqdimotda aholi va ijtimoiy soha obyektlari uchun o‘ta muhim bo‘lgan suyultirilgan gaz ta’minotiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJga suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini yil yakuniga qadar rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish topshirildi. Bu qo‘shimcha 86 ming tonna suyultirilgan gaz demakdir va u asosan chekka va olis hududlardagi aholi ehtiyojlarini kafolatli ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Ichki bozorda neft va gaz mahsulotlari narxining sun’iy va asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy choralar belgilandi. Mahsulotlarni birja savdolariga real talabdan kelib chiqib ishlab chiqarish hamda logistika xarajatlarini qisqartirish, resurslarni asossiz ushlab turish, sun’iy defitsit yuzaga keltirish va narxlarni oshirish holatlarining oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatish topshirilgani, manzillar va hududlar kesimida resurslarni oldindan zaxiralash hamda tashuvchi va sotuvchi korxonalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish shular jumlasidan.

Taqdimot shuni ko‘rsatadiki, davlat rahbariyati energetika bozoridagi vaziyatni kunlik monitoring qilmoqda. Tinchlik va iqtisodiy barqarorlikning markazida turgan energetika xavfsizligi – qazib chiqarishni ko‘paytirish, ichki bozorni ustuvor ta’minlash va narxlar chayqoviga yo‘l qo‘ymaslik orqali kafolatlanadi. Belgilangan vazifalarning so‘zsiz bajarilishi kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlarining bir maromda ishlashini va aholi xonadonlari uzluksiz energiya bilan ta’minlanib, ko‘chalar va ko‘ngillar charog‘on bo‘lishini kafolatlaydi.

Iqbol MIRZO

“Jadid” gazetasining 2026-yil 14-avgustdagi 33-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605