Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.09.2026 | 15:31

img1844

9 EMAS, 7 OY BO‘LSA…

Ma’lumki, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bir o‘quv yili 9 oy davom etadi. Sovet davridagi tartib shu kungacha kelmoqda. Jahon ta’lim tizimida bu masala bozor iqtisodidan kelib chiqqan holda ancha ixchamlashtirilgan. Masalan, Yevropada yangi o‘quv yili 1-oktyabrdan boshlanib, 30-aprelda tugaydi. Bunda talabalarning mustaqil o‘qishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, o‘qish uchun shartnoma mablag‘larini topishga imkoniyat yaratish va boshqa ijtimoiy omillar asos qilib olingan. O‘zbekistonda ham oliy ta’lim muassasalari faoliyatida to‘lov-shartnoma tizimi qonuniy tus olgan bo‘lishiga qaramay, 9 oylik tartib o‘zarishsiz qolmoqda.

Keyingi yillardagi ijtimoiy so‘rovlar va hayotiy tajribalar bu masalada jiddiy o‘zgarish qilish lozimligini taqozo qilyapti. Bu shakliy yangilanish ta’lim sifatini ko‘taradi, yoshlarning muammolarsiz ta’lim olishi va ish topishiga, hamkorlik asosida yoki ixtiyoriy ravishda xorijda ta’lim olishiga sharoit yaratadi.

Turkiston madrasalari ta’lim tizimida ham bu amaliyotga yaqin holat bo‘lganini bilamiz. 1894-yili “Turkiston viloyati gazeti”da bosilgan “Turkiston viloyatidagi sartiya madrasalarida katta mudarrislarga berilgan dasturilamal xususida” nomli maqolada madrasalarda noyabr, dekabr, yanvar, fevral oylarida o‘qishlar tashkil etilgani aytilgan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, o‘sha zamonlarda madrasalarda qish faslida o‘qilgan. Talabalar boshqa vaqtda, masalan, bahor boshlanishi bilan dehqonchilik, chorvachilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan yoki sayohat qilib, tog‘-u bog‘larda dam olgan. “Bir yigitga qirq hunar ham oz” degan maqolga amal qilib, ustalarga shogird tushib, turli kasblarni egallab, tirikchilik qilganlar ham ko‘p bo‘lgan. Biz bu bilan o‘quv yili 4 oy bo‘lsin, demoqchi emasmiz. Aksincha, o‘tmishda hayotiy, amaliy-zaruriy ishlar har doim nazariy ta’limdan ustun qo‘yib kelinganini ta’kidlamoqchimiz.

Bizda ham xorijdagidek intensiv ta’lim amaliyotiga o‘tilib, 7 oylik o‘quv yili joriy  qilinsa, o‘qishlar 1-oktyabrdan boshlanib, 30-aprelda tugasa, may-iyun oylari qabul vaqti hisoblansa, degan taklifimiz bor. Talabalikka qabul qilinganlar iyul-avgust-sentyabr oylari davomida istagan sohasida kelishuv asosida vaqtincha ishlab pul topadi, yangi o‘quv yiliga moliyaviy tayyorgarlik ko‘radi. 7 oyga yetadigan mablag‘ni to‘plab, jillaqursa ovqat puli va ijara pulini yig‘ib, o‘qishni boshlaydi (Epli talaba shartnoma pulining bir qismini topib qo‘yishi ham mumkin).

O‘qituvchilar ikki oy mehnat ta’tilidan tashqari uch oyda nima bilan shug‘ullanadi, degan savol tug‘ilsa, aytamizki, ular bu vaqtda malaka oshirish va ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. Ularning ish vaqti 9 oyligicha qoladi. O‘quv oylarida (7 oy ichida) hech bir o‘qituvchi malaka oshirishga jalb etilmaydi. Xuddi shuningdek, 7 oy o‘qish davomida talabalarning amaliyotga chiqishi ham qisqartiriladi.

Bunday islohotning amalga oshirilishi ilmiy-texnik taraqqiyotga erishayotgan, onlayn, offlayn va masofaviy ta’lim joriy etilgan bugungi O‘zbekiston sharoitida jamiyatimizga ulkan iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy foyda keltiradi, deb o‘ylaymiz.

Ikromiddin OSTONAQULOV,
tarix fanlari doktori

“Jadid” gazetasining 2026-yil 21-avgustdagi 34-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img105

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331