17.12.2024 | 09:43
653
YIGIT OMON BO‘LSA…
Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida yangitdan bunyod etilgan Mudofaa vazirligi “Ma’naviyat va madaniyat departamenti” binosi foydalanishga topshirildi.
Mazkur yangi binoning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Mudofaa va Madaniyat vazirligi rahbariyati, turli idora va jamoat tashkilotlari mas’ullari, ijod ahli va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida “Harbiy jadidlar xotirasi barhayot” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kitob beshta bo‘limdan tarkib topgan. Ularning har biri alohida hudud, alohida mavzularni qamrab olgani bilan ham ahamiyatli.
Mudofaa, prokuratura, ichki ishlar, adliya kabi organlarda xizmat qilgan, bir so‘z bilan aytganda, harbiy sohaning mohir mutaxassislari, o‘z davrining ma’rifatparvarlari qatag‘on qilichi ostida bo‘la turib, el manfaatlarini himoya qilishga intilgani bugun arxiv manbalaridan yaxshi ma’lum.
“Biz turkistonlik turk bolalari Muxtoriyat e’lon etdik. Endi Muxtoriyatimiz barqaror o‘lsun desak, bizga quvvat lozim. Ul quvvat askarlikdir. Quvvatimiz bo‘lgan askarlikka jon dil ila boqub, qalbimizni unga tufha etaylik. Aslo unutmaylik. Och, suvsiz tursak ham boshqa bir narsaga qaramasdan faqat qahramon askarimizni tushunaylik! Zero, bu islomiyat, bu turklik, bu millat buning ila yashaydir. Buning ila buyuk bo‘ladir. Buning ila shon beradir, buning ila hayot bo‘ladir, buning ila muzaffariyatga noil o‘lub jahonni titratadir. Buning ila ajdod-atomiz bo‘lgan fotihlarning, qahramonlarning ruhlarini shod etaylik, moziyimizni xotirga keltirib, istiqbolimizni tayin etaylik. Harakat etaylik. Bir birimiz-la yomon harakatlarda bo‘lmasdan, dushmanlarimiz-la olishib nom-shon olaylik, iftixor etaylik…”
Turkiston jadidlarining yuqoridagi so‘zlari va tavsiyalariga butun xalq “Labbay!” deb javob bergan holda o‘z ichlaridan vatanni mudofaa etadigan ko‘plab o‘g‘lonlarni yetishtirib berdi”.
“Encyclopedia world” nashriyotida chop etilgan “Harbiy jadidlar xotirasi barhayot” kitobiga tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov tomonidan yozilgan so‘zboshidagi fikrlar aytar gapimizga esh bo‘lgani uchun uni iqtibos etdik. Millat taraqqiyotini maqsad qilgan jadidlar xalqni jaholatdan ma’rifat sari boshlash asnosida hurriyat yo‘lida milliy qo‘shinni, sadoqatli harbiy qo‘mondonlarni tayanch sifatida ko‘rishgan.
Harbiy komissarlar, qo‘mondonlar, generallar, komandirlar, qo‘yingki, el-u yurt osoyishtaligi, adolat ustuvorligi yo‘lida xizmat qilgan qaysiki ziyoli bor bo‘lsa, barchasi qatag‘on qirg‘ini domiga tortilgan. Ana o‘sha qahramon ajdodlarimizning achchiq qismatidan hikoya qiladi bu kitob.
Mutolaa chog‘ida millat fidoyilarining iztiroblarini, ularning ozodlik va hurriyat yo‘lida chekkan zahmatlarini his qilasiz, yurt o‘g‘lonlarining sabr-u matonatiga va cheksiz sadoqatiga guvoh bo‘lasiz.
Diyorbek MAHMUDOV
“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-dekabrdagi 51-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



