Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.09.2026 | 11:02

img631

MUVOFIQLASHTIRUVCHI KO‘PRIK

Ortda qolayotgan hafta mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida nihoyatda sermazmun, tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. Ichki siyosatda poytaxtni rivojlantirish va mahallalarni obod qilishning yangi modeli belgilab olingan bo‘lsa, tashqi siyosatda Janubiy Koreya bilan 12 milliard dollarlik texnologik alyansga poydevor qo‘yildi. Sport sohasida esa azim Samarqand dunyo shaxmat sportining global markaziga aylandi.

Poytaxt  transformatsiyasi

Juma kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, bandlik va mahallalar infratuzilmasini tubdan yangilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, poytaxt tumanlari o‘z salohiyatidan kelib chiqib, aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashadi. Sergeli, Yangihayot va Bektemir – yirik logistika majmualariga, markaziy tumanlar – zamonaviy biznes va moliyaviy markazlarga, Olmazor, Chilonzor va Uchtepa – ta’lim, tibbiyot, savdo va servis sohalariga ixtisoslashadi.

Joriy yilda Toshkentga 9 milliard dollar, kelgusi yilda esa 10 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 150-200 mingtagacha yuqori daromadli ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Buning uchun investorlar muammolarini joyida hal etishning yangi tizimi joriy etiladi.

Respublika va shahar mas’ullari har hafta tumanlarga chiqib, tadbirkorlar bilan uchrashadi.

Olmazor tumanidagi Qichqiriq mahallasida amalga oshirilgan kompleks obodonlashtirish (bog‘cha, sayilgoh, favvoralar, 2,5 km soybo‘yi ekosayilgohi) yuqori baholandi. Endilikda ushbu tajriba asosida poytaxtimizdagi 100 ta ko‘chani yangilashga 1 trillion so‘m ajratiladi. 400 ta mahallani obod qilish bo‘yicha 4 yilga mo‘ljallangan 10 trillion so‘mlik dastur amalga oshiriladi. Bo‘zsuv kanali bo‘ylab 20 kilometrlik uzluksiz piyodalar yo‘lagi barpo etiladi.

Biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida garovsiz kredit limiti 100 million so‘mdan 200 million so‘mga oshirildi. Olmazordagi “Miskin” va “Ibrohim ota” sanoat zonalarida ish o‘rinlari 100 mingtaga, eksport 600 million dollarga yetkaziladi. Bu Davlatimiz rahbarining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangidan yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi tizimli siyosati izchil davom ettirilayotganini namoyish etadi.

Mamlakatimizda ilmu fanga va, tabiiyki, uning kelajagi bo‘lgan talaba yoshlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 18 ming talaba istiqomat qiladigan Talabalar shaharchasidagi 41 ta yotoqxona uchun alohida Direksiya tashkil etiladi. Talabalar shaharchasidagi Vaziyatlar markazi orqali raqamli nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilib, bu tajriba butun mamlakatga ommalashtiriladi.

1,5 million aholi harakatlanadigan poytaxtda tirbandlikni faqat yo‘lni kengaytirish bilan emas, intellektual transport tizimlarini joriy etish orqali hal etish belgilandi.

Seuldagi tarixiy sammit

Davlatimiz rahbarining 13-16-sentyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi va birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi ishtiroki Sharqiy Osiyo yo‘nalishidagi diplomatiyamizni eng yuqori cho‘qqiga olib chiqdi.

Seulda Koreya Prezidenti Li Chje Myon va Bosh vazir Xan Son Suk bilan o‘tkazilgan muzokaralar, shuningdek, 300 dan ortiq yirik biznes vakillari (Samsung, Hyundai, Lotte, SK va b.) ishtirokidagi biznes forumda juda katta kelishuvlarga erishildi. Ayniqsa, 12 milliard dollarlik investitsiya portfeli shakllantirilgani va Koreya Eksimbanki bilan Strategik hamkorlik dasturi qabul qilingani yaqin tarixdagi eng muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansi tuzildi.

Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va O‘zbekistonning resurslariga asoslangan mustahkam innovatsion va texnologik alyansni barpo etish bo‘yicha erishilgan kelishuv, ayniqsa, ushbu alyansning ustuvor yo‘nalishlari etib axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, tibbiyot va farmatsevtikada raqamli yechimlarni joriy etish belgilangani har ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishning beshta ustuvor yo‘nalishi – savdo aloqalarini har tomonlama kengaytirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmini oshirish, muhim minerallar (noyob yer metallari) sohasida uzoq muddatli sanoat zanjirini yaratish, transport-logistika aloqalarini diversifikatsiya qilish va infratuzilmaviy loyihalarni jadal amalga oshirish belgilab berildi. Ushbu muhim an’ananing keyingi manzili sifatida Samarqand shahri belgilangani alohida ramziy va amaliy ahamiyatga ega.

Tashrifning eng ta’sirli va muhim voqealaridan biri – Yurtboshimizning Seulda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, yosh talabalarimiz bilan shaxsan uchrashib, ochiq suhbat qurganlari bo‘ldi. Prezidentimizning yoshlarimiz tahsili va kelajak rejalari bilan samimiy qiziqqani, Janubiy Koreyada egallanayotgan zamonaviy bilim va tajriba Yangi O‘zbekiston ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga bildirgan ishonchi butun ilm-fan ahliga va xorijdagi yoshlarimizga ulkan ruh va g‘ayrat bag‘ishladi.

Ikki mamlakat yetakchilarining muloqotida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi investitsiyalar va savdo hajmi sezilarli darajada ortayotgani alohida ta’kidlandi. 2026-yil boshidan buyon O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga ko‘paydi, yurtimiz iqtisodiyotiga jalb etilgan Janubiy Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi esa 8 milliard dollardan oshdi. Biroq hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyati katta.

Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga turtki beruvchi kuch – ularning bir-birini to‘ldira olish salohiyatidir. Janubiy Koreya yuqori texnologik rivojlanish darajasiga, O‘zbekiston esa nafaqat boy tabiiy resurslar va foydali qazilmalarga, balki yuqori malakali kadrlarga ega.

Mamlakatlarimiz yetakchilari o‘ta muhim foydali qazilmalarni birgalikda qidirish va o‘zlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, ularni Janubiy Koreya, YI davlatlari va boshqa mamlakatlarga eksport qilish masalalarini faol muhokama qilgani e’tiborga molik.

Ikki davlat rahbari tomonidan 2027-yilning “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilinishi xalq diplomatiyasi va ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Ma’lumki, O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqlarini qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Ikki xalqning madaniyati, mentaliteti o‘xshash. Taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan koreyslar o‘zbeklar bilan do‘st-birodar bo‘lib ketgan, jamiyatimizning faol a’zolariga aylangan. Koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida, mahalliy Kengashlarda, boshqaruv organlarida, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yuritayotir. Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda ko‘p sonli koreys diasporasi muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston o‘z oldiga kuchli demokratik, ilg‘or rivojlangan davlatlar safidan mustahkam o‘rin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirish – bosh vazifa. Bu boradagi islohotlar ham xalqimizga munosib sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti.

Bunda Janubiy Koreyaning tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Uning elektron hukumat, raqamlashtirish, xavfsiz va aqlli shahar yaratish, oliy ta’lim, maktabgacha ta’lim sohalaridagi yutuqlari beqiyos. Prezidentimizning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi nafaqat erishilgan natijalarni mustahkamlaydi, balki yashil energetika, yarimo‘tkazgichlar klasterlarini rivojlantirish, noyob yer metallarini birgalikda qazib olish va innovatsion loyihalar bo‘yicha yangi bosqichni boshlab beradi. Koreyaning texnologik intellekti va moliyaviy resurslari hamda O‘zbekistonning tabiiy, demografik va tranzit salohiyati birlashganda, ikkala davlat ham ortib borayotgan global inqirozlar sharoitida o‘zining iqtisodiy barqarorligini yanada kuchaytira oladi.

Sammit yakunida tarixiy Seul deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiya shunchaki yakuniy hujjat emas, balki keyingi yillar uchun “yo‘l xaritasi” vazifasini bajaradi. Ushbu tarixiy hujjatda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi sammitlarni muntazam institutsional tuzilmaga aylantirish, muhim xomashyo bo‘yicha xavfsiz ta’minot zanjirini shakllantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama memorandumlarni mustahkamlash, yoshlar va kadrlar tayyorlash, muhandislik hamda IT sohalarida birgalikda ta’lim platformalarini yaratish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning demografik va geografik yuragi bo‘lib, mintaqadagi barcha to‘rtta davlat bilan umumiy chegaraga ega. Shu bois Seul bilan ko‘p tomonlama aloqalarda O‘zbekiston asosiy “muvofiqlashtiruvchi ko‘prik” vazifasini o‘taydi.

Samarqand –  shaxmat dunyosi poytaxti

Azim va ko‘hna Samarqand shahri yana bir global anjumanga mezbonlik qilmoqda. Shavkat Mirziyoyev 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi, 3-Parashaxmat olimpiadasi va 97-FIDE kongressi ishtirokchilariga samimiy tabrik yo‘lladi. Tabrikda ta’kidlanganidek, shaxmat yurtimizda chuqur ildizlarga ega. Sohibqiron Amir Temur shatranjga mehr qo‘ygani haqida tarixiy dalolat bor. Bobokalonlarimiz Xorazmiy, Beruniy, Navoiy va Bobur o‘z asarlarida bu jozibali o‘yinni tafakkur qayrog‘i deb baholagan.

Yangi O‘zbekistonda shaxmat bilan ommaviy shug‘ullanuvchilar 2 milliondan oshdi, 6 ming professional shaxmatchi va 32 nafar xalqaro grossmeyster bor. Erkaklar terma jamoamiz FIDE reytingida 8-o‘ringa, ayollar jamoasi 20-o‘ringa ko‘tarildi.

Javohir Sindorovning Jahon kubogini qo‘lga kiritgani va Nodirbek Abdusattorovning jahon chempionatidagi kumush medali milliy shaxmat maktabimizning yuksak salohiyatini ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Bugungi olimpiada dunyo yoshlariga muhim bir haqiqatni namoyon etmoqda: insoniyatning umumiy kelajagi kuch emas – aql va bilim, adovat emas – do‘stlik va hamjihatlik, befarqlik emas – ezgu maqsadlar yo‘lidagi qat’iyat asosida bunyod etiladi”.

* * *

Ortda qolayotgan hafta voqealari shuni ko‘rsatdiki, Yangi O‘zbekiston ichki islohotlar va tashqi siyosatda yagona, puxta o‘ylangan strategik yo‘ldan bormoqda. Poytaxt mahallalaridagi “Qichqiriq” modelidan tortib, Seuldagi 12 milliardlik sanoat alyansi va Samarqandda 200 dan ortiq mamlakat shaxmatchilarining jamlanishi – bularning bari yagona buyuk maqsadga – mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va inson kapitalini yuksaltirishga xizmat qilajak.

Iqbol MIRZO

“Jadid” gazetasining 2026-yil 18-sentyabrdagi 38-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604