Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.09.2026 | 11:24

img1577

ASIL KO‘MCHU SO‘ZLARIM

Internetni yenggan Koshg‘ariy

1988-yilning yoz oylarida Samarqand viloyatining Qizilkarvon (eski nomi Quyi Ingichka) qishlog‘i, Ashrafsoy etaklari, qadimiy Budrach manzilgohi, Niyoztepa, Omontepa, Eshmontepa yodgorliklarini tadqiq etish uchun olis Leningrad (Sankt-Peterburg)dan bir guruh tarixchi va arxeologlar keladi.

Keksalarning guvohlik berishicha, o‘shanda ma’lum muddat Budrachda qazishma ishlari olib borilib, bir qancha osori-atiqalar topilgan. Kunlar sovigach, tadqiqotchilar yana kelishlarini aytib, yurtiga qaytib ketadi. Biroq keyinchalik sobiq Ittifoq tarqab ketgani tufaylimi yoki boshqa sababdanmi, hududda izlanishlar shu bo‘yi to‘xtab qoladi.

Oradan yillar o‘tib, yoshi ulug‘lardan bu gaplarni eshitgach, qiziqib qoldim: tadqiqot natijalari qanday bo‘lgan ekan, bu haqda biror joyda e’lon qilinganmikan?.. “Budrach” – nima degani o‘zi, bu g‘alati nom kim yoki nimaning sharafiga qo‘yilgan?

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilmagan. Tarkibida ch tovushining mavjudligiga qaraganda, arabcha ham emas (arab tilida ch harfi yo‘q).

Eskidan eski imorat qoldiqlari, bir necha gektar yerni qamrab olgan qadimiy devor xarobalari, har qadamda uchraydigan sopol siniqlari, pishiq g‘isht bo‘laklari bu yerning bir zamonlar chog‘roq qal’a yoki o‘rtacha karvonsaroy bo‘lganidan dalolat berardi.

Bir tarafdan yoshlik shavqi, boshqa tomondan ko‘p yillardan buyon o‘zimni qiynab kelgan savollarga javob topilar, Budrachimiz haqida bir enlik ma’lumot chiqib qolar, degan umidda internetni ko‘p titkiladim, tarix kitoblarini varaqladim.

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Budrach degan manzilgoh bor ekan, u haqida yaxshi ma’lumotlar chiqdi, lekin Samarqanddagi Budrach to‘g‘risida, taassufki, men ko‘rgan manbalarda lom-mim deyilmagan edi.

Budrach xayoli meni bir zum ham tark etmagan umidli kunlarning birida buyuk Mahmud Koshg‘ariyning atoqli olim Solih Mutallibov tarjimasi asosida Sodiqjon Qosimov nashrga tayyorlagan, 2017-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan “Devonu lug‘otit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) asarida “Budrach” so‘ziga duch keldim-u tilla topgan gadoydek quvonib ketdim.

Ulug‘ olimning ma’lumot berishicha, “Budrach – yabaqular begining” (72-bet), 180-betdagi izohga ko‘ra esa “yabaqular kattasining oti” bo‘lgan.

Yana bir o‘rinda muallif ulug‘, katta, pahlavon ma’nolarini anglatuvchi “bo‘ka” so‘zini izohlar ekan, yabaqular o‘z ulug‘larini, bahodir kishilarni “bo‘ka budrach” deb e’zozlashlarini ta’kidlaydi.

Budrach yema qudurdi,
Alpag‘utin o‘durdi.
Susin yana qadirdi,
Kelgalimat irkashur.

(Budrach yana quturdi,
Askarlariga yuzlandi,
Alplarini saralab,
Yurish uchun to‘pladi).

Yabaqu – turkiy elat nomi, “Devon”dagi ma’lumotlardan anglashimizcha, xiyla urishqoq, jangari qavm bo‘lgan. Koshg‘ariy boboning XI asrda yashaganini inobatga olsak, demak, o‘sha zamonlarda yabaqular o‘zlarining mustaqil idora shakliga ega, askarlari soni esa 700 ming atrofida bo‘lgan. Lekin, chamasi, boshqa turkiy qavmlarga nisbatan Islom dinini kechroq qabul qilgan bo‘lishsa kerak, har holda, muallif ularning boshqa bir musulmon turk elatiga mag‘lub bo‘lganini aytadi.

Buni qarangki, yillar davomida internetdan izlab topolmagan so‘zimni Koshg‘ariy boboning kitobidan topdim.

Turkiylar yaratgan sivilizatsiya

Bugun hayotimizni avtomobil, kran, kompyuter, printer, telefon, changyutkich, muzlatkich singari zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etolmaymiz. Kunda-kunora ularning yangi rusumi chiqib turibdi. Nomlari xorijiy, asosan Gʻarb tillarida bo‘lgani bois, bu uskunalarning kashfiyotchilari ham yo amerikalik, yo yevropalik ekaniga shubha qilmaymiz.

Albatta, dunyoda hamma narsa aldashi mumkin, hatto ko‘zimiz bilan ko‘rib turgan narsalarimiz ham bizda yolg‘on taassurot qoldirishi hech gap emas. Biroq So‘z hech qachon aldamaydi.

Koshg‘ariy “Devon”ini mutolaa qilar ekanmiz, unda keltirilgan adabiy-badiiy durdonalar – xalq dahosini namoyon etuvchi maqol va matallar, iboralar, she’r va qo‘shiqlar; chorvadorlik, dehqonchilik, bog‘dorchilik, pazandalik, harbiy san’at, muhandislik kabi turmushning, xalq xo‘jaligining barcha jabhalarini qamrab olgan so‘z va atamalar turkiylarning o‘z vaqtida buyuk va noyob bir sivilizatsiya yaratganidan dalolat beradi.

Masalan, oddiy shpritsni olaylik. Vikipediyada yozilishicha, uning bugungi zamonaviy shakli XIX asrda kashf etilgan. Biroq, bilamizki, tibbiyotning tarixi undan ancha qadimiyroq. Shprits ixtiro qilinishidan oldin ham tabiblar qon-tomir bilan ishlagan. Xususan, ajdodlarimiz ming-ikki ming yillar avval ham qon olish (hijoma) bilan shug‘ullangan. Ularning qon oladigan asboblari – shpritslari esa, Koshg‘ariy boboning yozishicha, so‘rg‘u deb atalgan.

Bir necha yil oldin taniqli sharqshunos Roiq Bahodirovning X asrda yashagan buyuk olim Abu Abdulloh Xorazmiy haqidagi risolasini o‘qigan edim. Unda muallif Xorazmiy qalamiga mansub “Mafotih ul-ulum” asarining mexanika bo‘limida og‘ir yuklarni ko‘taradigan qurilma (kran) tuzilishi, vazifalari batafsil bayon etilganini yozgan edi.

Demak, ko‘tarma kran ham ajdodlarimiz turmushiga begona bo‘lmagan. Buni “Turkiy so‘zlar devoni”dagi birgina so‘z tasdiqlaydi. Bu – “ko‘turgu”. U asarda narsalarni ko‘taradigan uskuna, deb izohlangan.

Shuningdek, “Devon”da keltirilgan irg‘ag‘ (suvdan muzni muzxonaga tortib oladigan temir changal), buzluq (muzxona), itag‘u (tegirmon toshi o‘rnatiladigan yog‘och parrak), tig‘ri (tegirmon parragi, suv chiqaradigan chig‘iriq parragi, ipak va ip o‘raydigan charx, umuman, har qanday g‘altak), angut (voronka), qirqlum (o‘lchov asbobi, to‘lganda taxminan 1 kilogramm keladi), sipak (tegirmon toshining ustida aylanadigan temir), yang (qolip, andoza), kip (har narsaning qolipi), muyandiq (sardoba), chechka (to‘quvchilar tarog‘i), sali (andava), ming‘uy (yelim) singari muhandislik, hunarmandlik atamalari, o‘kur (tariq), tarig‘ (bug‘doy), tana (kunjut), tarig‘chi (dehqon) kabi dehqonchilikka doir, qartal (ola-chipor qo‘y), bugrul (ikki biqini oq ot), chilgu (to‘q sariq ot), bug‘rul (tomog‘i oq qo‘y), boshg‘il (boshi oq mol), bug‘ro (tuyaning erkagi), tetir, ingan (moya, ya’ni, urg‘ochi tuya), to‘qli (olti oylik qo‘zi), tishak (ikki yashar qo‘y), boqlon (yosh, semiz qo‘zi), chebish (olti oylik uloq), turbi (bir yashar buzoq), ko‘kan (buzoq va sog‘in biya arqoni) kabi chorvachilikka oid so‘zlarni o‘qigan kishi ko‘z oldida ming-ikki ming yil oldingi bobolarimiz hayoti, turmush tarzi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Turkiy ajdodlarimiz o‘q-yoyning yog‘och qismini “ulun”, olmaxonning oshlangan terisini “ijuk”, gipsni “o‘rungak”, xazinachini “img‘o”, nomsiz barmoqni “jijamuq”, sochiqni “suvluq”, bosh kiyimni tomoq ostidan bog‘lab qo‘yadigan ipak tasmani “saqalduruq”, maqolni “sav”, aql tishini “mung”, bachadonni “o‘g‘ulchaq”, shaharni “baliq” (masalan, Xonbaliq – Pekin) deb ataganlarini ko‘rib, hayratga tushdim. Ayni vaqtda ularning osmon jismlari va sayyoralarning har biriga alohida nom qo‘yganlari hayratimni yanada ziyoda qildi.

Bugungi kun tili bilan aytganda, chinakam akademik tadqiqot mahsuli bo‘lgan, tilimizdagi asil ko‘mchu (qimmatbaho boylik, xazina) so‘zlar jamlangan “Devonu lug‘otit turk” barcha turkiy xalqlarning umumiy boyligi, faxr-u iftixoridir.

2024-yili ushbu bebaho asar atoqli qozoq yozuvchisi Muxtor Avezovning nevarasi, mashhur faylasuf, adib, davlat va jamoat arbobi Murat Avezovning qizi – taniqli turkshunos, arabshunos va sharqshunos olima Zifa-Alua Muratovna Avezova tarjimasida, yana bir taniqli qozoq ijodkori, O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan Rahmatilla Rayimqulovning qizi Oqto‘ti Rayimqulova rahbarligidagi Turkiy madaniyat va meros fondi tomonidan Ozarbayjonning Boku shahridagi “Zәrdabi Neşr” nashriyotida, rus tilida, yuksak poligrafik sifat bilan qaytadan chop etildi. (Birinchi nashri – 2005-yili Olmaotada amalga oshirilgan).

Mazkur nashrning o‘ziga xos qimmati shundaki, unda muallif Mahmud Koshg‘ariy haqida (“Об авторе Диван Луғат ат-Турк”), “Devon” yozilgan davr, asarning yaratilish tarixi (“Эпоха создания Диван Луғат ат-Турк”), asar qo‘lyozmalari taqdiri (“О судьбе рукописи “Диван Луғат ат-Турк”), kitob yozilgan davrda turkiylarning musulmon dunyosida tutgan o‘rni (“Тюрки глазами мусульманского мира накануне событий XI века”), bu durdona asarning jahon tilshunosligida o‘rganilishi (“Диван Луғат ат-Турк в исследованиях XX века”), qaysi tillarga qachon tarjima qilinib, nashr etilgani kabi mavzularda o‘ta nodir ilmiy ma’lumotlar taqdim etilgan.

Shuningdek, tarjimon va so‘zboshi muallifi, Zifa-Alua Muratovna Avezovaning turmush o‘rtog‘i, niderlandiyalik zahmatkash olim, sharqshunos va tilshunos Robert Ermers tomonidan tuzilgan turkiy so‘zlarning joriy alifbodagi maxsus indeksi (“Алфавитный индекс тюркских слов”), so‘zlarning astronomiya, iqlimshunoslik, geografiya, mineralogiya, biologiya, zoologiya, botanika, anatomiya, harbiy san’at, ovchilik va boshqa sohalarga oid maxsus tasniflangan ko‘rsatkichi (“Предметный указатель”) kitobxonlar, xususan, Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ini chuqurroq o‘rganishga bel bog‘lagan tadqiqotchilar uchun g‘oyat muhim manba bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

Quyida turkiy xalqlarning mushtarak kitobi, tariximiz ko‘zgusi bo‘lmish ushbu asardan tanlab olingan ayrim qayroq so‘z va iboralar, maqollarni sizga ham ilinmoqdamiz.

МАХМУД АЛ-КОШГАРИ.

“ДИВǍН ЛУГǍТ АТ-ТУРК”

Iq – икота (O‘zb. hiqichoq).

Im – “пароль, вводимый правителем в своем войске, по названию птицы или оружия; слово, которым перекликаются (воины) при столкновении двух отрядов, так, чтобы каждая сторона знала своих и не нападала на них по ошибке”.

Im bilsa ar o‘lmas (Зная пароль, человек не погибнет). (O‘zb. – im, imo. Bobur “o‘ron” deb ishlatgan).

Uva – частица, употребляемая как отзыв на обращение. (O‘zb. hovva – xorazm shevasida).

And – клятва (O‘zb. ont).

Urt – пожар (O‘zb. o‘rt, yong‘in).

Urt – игольное ушко (O‘zb. ignaning teshigi).

Ark – власть, исполнение приказа (O‘zb. saroy, darvoza, peshtoq ma’nosida).

O‘t – огонь. Пословица:

O‘t tisa ag‘iz kuymas.

(У говорящего “огонь” рот не обжигается. – “O‘t” deb aytganning og‘zi kuymas).

Ug‘ut – название закваски для пива.

Uvut – стыд (O‘zb. uyat).

Икат – служанка, которую отправляют прислуживать невесте в свадебную ночь.

Ulut – убийство. Улутжи – убийца. (O‘zb. o‘ldiruvchi, qotil).

Atiz – полоска суши  между двумя потоками воды. (O‘zb. otiz, atiz – dala, poliz. Xorazm shevasida).

O‘kuz – проточная река, как Жайхун или Фурат.

(O‘zb. Okuz, O‘kuz, yevropachasi – Oks va b.).

O‘bush – обмен поцелуями (между двоими). (O‘zb. o‘pish).

Adash – друг.

Ujash – заклад. U maning birla ujashdi. (Он бился со мной об заклад).

Adig‘ – медведь (O‘zb. ayiq). Ayig‘ shakli ham bor.

Azig‘ – клык животного.

Ilig‘ suv – теплая вода.

Achuq – что-либо открытое (O‘zb. ochiq).

Ujaq – печь, очаг (O‘zb. o‘choq).

Ishaq – что-либо мелкое (ushoq mol).

Ushuq – железный шлем (O‘zb. dubulg‘a).

Ug‘uq – галоша.

Iviq – антилопа, обитающая в каменистой местности и пустынях.

Abak – дети называют хлеб “абак”.

O‘tuk – доклад или прошение, обращенное к султану. (O‘zb. “o‘tinch” shundan bo‘lsa kerak).

Aruk – общее название для персиков, абрикосов и слив, их различают по прилагательным. Так, персики называют тўлук арук, абрикосов – sarig‘ aruk, сливы – kara aruk.

O‘ruk – что-либо плетенное называют урук. Так, косу называют “ўрук саж”. (O‘rilgan soch).

Iruk – брешь в стене.

Пословица:

Kunda iruk yo‘q,

Bakda qiyiq yo‘q.

На солнце (на солнечном диске), нет бреши, а в обещаниях правителя нет обмана.

O‘zak – спинной мозг, т.е. вена внутри позвоночника.

Alik – рука. (O‘zb. eli, elik).

Atil – Волга. Название реки земли Кипчаков, впадающей в море Булгар, один из ее притоков протекает через Русь. 

Ubum – глоток.

Alim – долг, который причитается с человека.

Irin – губа. (O‘zb. Navoiy, Qodiriy asarlarida bor).

Ushun – лопатка.

Aqin – поток.

Akak ashlar – женщина легкого поведения.

Ukak – ящик, сундук.

Ukak – башня городской стены, оснащенная для боевых действий.

Aj – голодный (o‘zb. och).

Пословица:

Aj na yimas,

To‘q na timas.

(Чего не съест голодный?

Чего не скажет сытый?)

Och neni yemas, to‘q neni demas?

Ag‘ – расстояние между двумя бедрами.

Yuz ot manik ag‘din kajti (Сотня коней прошли между моими бедрами). (O‘zb. og‘ – og‘i. Shimning og‘i).

Av – дом. (Hozirgi turk tilida ev deyiladi).

Ala – прокаженный человек. (O‘zb. moxov).

Ayaq, janaq – чаша. (O‘zb. kosa. Chanoq so‘zi ham shundan).

Uya – брат, родственник.

Aba – мать, в огузском. У туркман-карлуков с твердым б (т.е. апа). (Hozirgi turk tilida opani abla deyishadi).

Aja – то же, что и ака, старшая сестра. (O‘TILga ko‘ra, shevada unga o‘xshash acha so‘zi bor, buvi ma’nosida).

Aka – старшая сестра. Огузы называют ее аза. (Eski o‘zbek tilida – “oqa”. O‘ljoy oqa).

Armut – груша (O‘zb. olmurut shakli bor).

Azg‘ir – жеребец (O‘zb. ayg‘ir).

Arqish – караван.

Uzluq – широкая часть локтевой кости.

Utruk – хитрец (o‘zbek tilining janubiy shevalarida o‘trik so‘zi yolg‘on ma’nosida ishlatiladi).

Uchkil – треугольный. (To‘rtko‘l shahri nomining asl ma’nosi ham to‘rt taraf, to‘rt burchak degani. Xuddi “Chorsu”, “chorsi” so‘zlariga o‘xshab).

Utran – брюки.

Ishg‘un – рубаб.

Aviya – айва, один из вариантов.

Azku – хороший (O‘zb. ezguning asli shu).

O‘g‘loq – козлёнок. (Hozirgi o‘zbek tiliga uloq shaklida yetib kelgan. Parkent shevasida hozir ham “o‘g‘loq” deb qo‘llanadi).

Ushaq – клевета. Ushaq so‘z – клевета, злословие. (O‘zbek tilining ba’zi shevalarida g‘iybat, bo‘lmag‘ur gap ma’nosidagi o‘shak so‘zi bor.

Ubka – легкие. (O‘zb. o‘pka).

Ubka – гнев. Это название основывается на том, что гнев зарождается в легком, они тесно взаимосвязаны, и эта подобно тому, как дождь называют небом (в арабском). (O‘zb. “o‘pka-gina”, “o‘pkalamoq”).

O‘tunch – долг.

Man angar yarmaq o‘tunch birdim.

(Я дал ему дирхем в долг).

Arngayu – шестипалый человек.

Arngayu – человек очень маленького роста, в два локтя высотой.

Urag‘ut – женщина.

Alavan – крокодил.

Arg‘ag‘ – рыболовный крючок.

Ikkiz, ikki o‘g‘lon – близнецы.

Alimlig‘. Alimlig‘ er – человек, давший что-либо в долг.

O‘runchaq – вещь, отдаваемая на хранение, в заклад.

Adashliq – дружба.

Arig‘liq – чистота.

Aruqluq – усталость (horimoqning asli shu bo‘lsa kerak).

Anuqluq – готовность.

Atukluk, atukluk sag‘ri – кожа для изготовления обуви.

Utukluk, utukluk kishi – человек, у которого есть просьба к султану.

Uzukluk – прекращение, перерыв.

Isiklik – жар-жара.

Isiklik – любовь, привязанность. Ko‘ngul isikliki kerak. – В сердце должен быть жар любви.

Aliklik – перчатки.

Uxi – сова (O‘zb. ukki).

O‘tkunch – рассказ. O‘tkuch o‘tkundi. – Он рассказал историю.

O‘b – целовать. Ul mani o‘bdi. – Он поцеловал меня.

Пословица:

Tashig‘ isrumasa o‘bmish kerak. –

Тот, кто не может укусить камень, должен его поцеловать.

O‘b – пить. Ar suv o‘bdi. – Человек выпил воды.

Isir – кусать.

Пословица:

It isirmas, at tabmas tima.

Не говори, что собака не укусит, а лошадь не пнет. – It tishlamas, ot tepmas, dema.

Ashit – слышать.

Пословица:

Qulaq ashitsa, ko‘ngul bilur.

Ko‘z ko‘rsa, o‘dik kalir.

Когда ухо слышит (слово, его) узнает и сердце, когда глаз видит (любимого), просыпается страсть.

Ijtur – поить. (O‘zb. “ichir”).

Пословица:

Suv ijurmaska sut bir.

Тому, кто не даст тебе и воды, дай молока.

Ijkar – вводить. (Hozirgi “ichkari” so‘zining asli shu bo‘lsa kerak).

Ig‘lash – плакать.

Alqin – быть исчерпанным; умирать, погибать. Alqindi nang. – Что-либо было исчерпано. Er alqindi. – Человек умер, погиб. O‘TILda: Olqindi – sovun qoldig‘i. Olqindi qayroq – yeyilib ketgan yupqa qayroq.

Erlanmoq – выходить замуж.

Emlanmoq – лечиться.

Qut – удача; превратность судьбы.

Jir – жир. Ashijta jir yo‘q. – В горшке нет жира.

Sir – лак. Sirlig‘ ayaq. – Лакированная чаша с узором.

Qir – плотина, вал.

Qir – плоскогорье.

Tuz – что-либо ровное. Tuz yir. – Ровная земля.

Quz – теневую сторону гор называют quz  tog‘, солнце на ней светить лишь после полудня, так как, она остается по левую сторону от солнца. Там холодно и много снега.

Пословица:

Quzda qor aksumas,

Qo‘yda yog‘ aksumas.

На теневой стороне гор не переводится снег, а у овцы не переводится жир.

Qiz kishi – скупой человек.

Пословица:

Qiz kishi savi yo‘rig‘li bo‘lmas.

Слава о скупом не распространится.

Так говорят, советуя кому-либо проявлять щедрость, чтобы заслужить доброе имя и славу.

Kas, kes – кусок глины. (Hozirgi o‘zbek tilidagi kesak so‘zining asli shu bo‘lsa kerak).

Kis – жена. Aning kisi. – Его жена.

Bo‘sh. Bo‘sh yilqi – животное, отпущенное на волю.

Ul qul bo‘sh qildi. – Он освободил раба.

So‘q. So‘q yalng‘us er – so‘qqabosh kishi.

Qurch. Qurch temur. – Кованое железо, с ним сравнивают сильных мужчин. Qurch eran. – Сильные мужчины.

Sichg‘an yili – год Мыши.

Ud yili – год Быка.

Барс йили – год Барса.

Tavishg‘an yili – год Зайца.

Nek yili – год Крокодила.

Yilan yili – год Змеи.

Yund yili – год Лошади.

Qo‘y yili – год Овцы.

Bichin yili – год Обезьяны.

Taqag‘u yili – год Курицы.

It yili – год Собаки.

To‘ng‘uz yili – год Свиньи.

Turq – длина какого-либо тела. Yir eni turqi. – Длина и ширина земельного участка.

Sig‘it – плач. (O‘zb. yig‘i-sig‘i”dagi “sig‘i”ning asli).

Tavar – имущество, живое и неживое.

Sig‘ir – рогатый скот.

Suv sig‘iri – бегемот.

Qo‘tuz – дикий буйвол.

Ko‘kuz – грудь.

To‘qush – битва.

Qajish – вражда, гонения среди людей.

Пословица:

Qajish bo‘lsa qiya ko‘rmas. – Когда (между людьми) вражда, они не поворачиваются друг к другу.

Bo‘shug‘ – позволение возвратиться, которое султан дает отправленному к нему посланнику, а также получаемая им награда.

Qasig‘ – полость рта (с правой и левой сторон).

Bidiq (бизиқ) – усы. (O‘zbek tilida miyiq  shakli saqlanib qolgan).

Bilik (пелиг) – медицинский зонд.

Bitik – книга.

Bitik – письмо.

Bitig – амулет.

Tigin, tikin – слуга. Alp tigin (Сильный слуга). O‘zb. Bahodir qul.

Bilga, bilka – мудрый (Bilga xoqon).

Bilga, bilka – ученый.

Bilga, bilka – умный.

Baldiz – младшая сестра жены. Сестру мужа называют не балдиз, а singil.

Qo‘ldash – товарищ, это слово используется среди прислуги знатных людей.

Nijdag‘ – точило.

Buzluq – ледник.

Tuzluq – солонка.

Sag‘liq – дойная овца. (O‘zb. “sovliq”  so‘zining asli shu ekan. Sag‘liq – sog‘ishdan kelib chiqqan).

Bazram – радость и веселье в народе.

So‘lamuq – левша.

Ko‘zundi – быт видным. Ko‘zundi nang. Что-либо было видно, в наречии Arg‘u, здесь есть определенная аналогия (с предыдущим словом): это образовано от слова ko‘z (глаз). Они вносят различие между формой прошедшего времени и повелительным наклонением, говоря: ko‘r (смотри), с. р. В то время как прошедшее время содержит з. (Форма настояще-будущего времени и от глагольное имя): ko‘zunur, ko‘zunmak.

Qurdashdi – занимать место рядом с кем-либо. Ul bek birla qurdashdi. – Он сел рядом с правителем согласно своему рангу (и.т.п).

To‘lg‘ashdi – сматывать, скручивать. (Janglardagi to‘lg‘ama usuli shundan olingan bo‘lsa kerak).

Tersindi – сердиться; нарывать снова после заживления (о ране). Bek angar tersindi. – Правитель рассердился на него. Bash tersindi. – Зажившая рана или ссадина снова стала нарывать.

Tat – перс, у большинства тюрок.

Пословица:

Tatsiz turk bo‘lmas,

Boshsiz bo‘rk bo‘lmas.

Не может быт перса, не связанного с тюрком, как не может быт головного убора без головы, на которую его надевают.

Qaq – пруд. (Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida Qoqcha degan qishloq bor. Ma’nosi shu so‘zdan kelib chiqqan bo‘lsa kerak).

Ko‘k – корень, происхождение. Ko‘kung kim? – Какого ты родоплемени? (в наречии огузов и кипчаков).

“Ko‘k tangri”dagi ko‘k ham shundanmikan yoki ko‘k so‘zining osmon ma’nosidan olinganmikan?

Suqaq – белая антилопа.

Chekik – диакритические точки в письме.

Yangshatti – испытывать (головную) боль. Ul anig bashin yangshatti. – Он много говорил, вызвав у него гул (в ушах) и головную боль.

Yash – зелень травы. Yash o‘t. – свежее сено.

Yurch – младший брат жены. Брата мужчины и брата женщины называют по-разному. Брата мужчины называют ini, если он младше, и ichi, если он старше. Сестру мужчины называют singil, если она младше, и aka, если она старше. Младшую сестру женщины называют baldiz, а старшую aka.

Yigit – молодой, может относиться ко всему.

Yemish – плод, обобщающее название. В основном оно употребляется для обозначения плодов, растущих на деревьях.

Yag‘mur – дождь. Другой вариант этого слова yamg‘ur.

Erantuz – Юпитер.

Qoraqush – Весов. (O‘zb. Mezon, Tarozi).

Ulkar – Плеяды.

Yetikan – Большая Медведица.

Temurqoziq – Полярная звезда.

Baqirso‘qim – Марс.

Yerdash– земляк.

Yo‘lsuz – заблудившийся. (O‘zb. “yo‘lsiz”).

Yalavach – посланник. (O‘zb. “Mahmud Yalavoch”).

Kub – большой кувшин, бочка. (“Kubok”, inglizcha “cup”, o‘zbekcha “kuvi” so‘zlari ham balki shundan kelib chiqqandir?)

Kib (o‘zbekcha nashrda kip) – форма (для изготовления) чего-либо. (O‘zbekcha “kiftini keltirmoq” iborasidagi kift asli kip bo‘lishi mumkin. Chunki, arab tilidan o‘zlashgan kift so‘zi yelkani anglatadi. “Kiftini keltirmoq”ni “yelkasini keltirmoq” deb tushunish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Iborani shartli ravishda “kipini keltirmoq” deb olsak, uni “qolipiga tushdi”, “ayni o‘rnida” kabi ma’nolarda talqin etish mumkin bo‘ladi).

To‘sh  – ровня. (O‘zbekcha teng-to‘sh so‘zidagi to‘sh shundan ekan-da).

Sav – пословица.

Savda bundog‘ kelir. – Так говорится в пословице.

Sav – история, рассказ; повествование; послание; речь.

Yek – дьявол.

Пословица:

Bilmish yek bilmazuk kishidan iyik. – Дьявол, которого знаешь, лучше, чем человек, которого не знаешь.

Yay – весна. (Yaylov, yayloq shundan bo‘lishi mumkin).

Пословица:

Kuz keliki yaydan belguluk. – О наступлении осени известно (еще) весной.

Suvuq – слово, обозначающее любой вид разбавленной жидкости, наподобие кислого молока или разведенного сиропа. Suvuq  yug‘urt – разжиженное кислое молоко.

Kuvuk, kuvuk mush – кот. (Erkak mushuk alohida nom bilan atalgan ekan).

Tadun  – годовалый телёнок.

Muyan – воздаяние, вознаграждение. Отсюда привал для питья в дороге называют muyanliq.

Muyanchiliq – посредничество, примирение двоих.

Kulika – густая тень.

Kushika – легкая тень.

Sanduvach – соловей.

Jiqdi – впитывать. (O‘zbekcha “jiqqa ho‘l” birikmasidagi jiqqa shundan bo‘lishi mumkin).

Butuq – верблюжонок-самочка. (Hozirgi bo‘taloqning dastlabki shakli bo‘lsa kerak).

Dada – отец, в огузском.

Qora qush – орёл.

Qora qush – Юпитер.

Qora o‘run – могила.

Qora yag‘ – нефть.

Qorabosh – слово, которым называют рабов, и мужчин, и женщин. Эта значит “черная голова”.

Bo‘ka – большая змея. (“Boburnoma”da – “botir”, “polvon” ma’nosida).

Balu-balu – частица, которую произносит мать, усыпляя ребенка в колыбели. (Eshqobil Shukur “Boboso‘z izidan” kitobida uning rus tiliga “bayu-bayu” shaklida o‘zlashganini aytadi).

Tang – удивительный.

Tang – утро.

Meng – родинка на лице.

Mengiz – цвет (лица) человека. (O‘zbekcha qoramag‘iz – qorachadan kelgan insonga nisbatan ishlatiladi).

Munguz – рога. (O‘zb. “muguz”).

Yabang, yabang yir – трясина.

Yeling – место, где часто дуют ветры, называют yeling.

Yukunch – молитва, в наречии кипчак.

Qarincha – муравей, в огузском.

Mingar – источник воды, в огузском. (Hozirgi turk tilida buloq, chashma pınar “пынор” (ы bilan, pinar emas) deyiladi).

Qangli – повозка для перевозки грузы.

Yangqu – эхо.

Qangdash, qangdash qadash – дети от разных жен.

Dangal – узел, сочленение.

Yalnguq – имя, которым называют Адама, да благословит его Аллах!

Пословица:

Yalnguq o‘g‘li yo‘qazur, ezgu ati qalir. – Сын Адама умирает, но добрая (память о нем и) имя его остаются (если он был хорошим).

Tangrikan – мудрый, благочестивый человек.

Yangalduruq – кусочек войлока, который пришивают к краю войлочной шапки для защиты головы от дождя и осадков.

Yanan – слон. Огузы не знают этого слова.

Qilduruq – ости колосьев пшеницы (или др.).

To‘rtkil, to‘rtkil av – четырехугольный дом или другой предмет четырехугольной формы.

O‘tunch – заем.

Urunch – взятка, подкуп.

Umunch – надежда.

Inanch – надежный.

Ajdod va avlodlarni birlashtiradigan kitob

“Turkiy so‘zlar devoni”da xalqlarimizning bag‘rikengligi, tinchlikparvarligi, do‘stlik, birodarlik, sadoqat tuyg‘ularini benihoya qadrlashi, mehmondo‘stlik xususiyatlari aks etgan bir qancha she’r, qo‘shiq va maqollar keltirilgan.

Qo‘ldosh bila yarashg‘il,

Qarship adin o‘durma, –

ya’ni, “Qo‘ldoshing – do‘stingni hurmatla, qadriga yet, u bilan yaxshi muomala qil, o‘z qardoshing qolib, begonalar bilan bo‘lib ketmagil”, deyiladi ana shunday she’rlarning birida.

Yana bir sav (hikmatnoma)da esa:

Kulsa kishi yuzunga,

Ko‘rklug yuzin ko‘rungil,

Yavlaq ko‘daz tilingni,

Ezgu savig‘ tilangil, –

deyiladi. Ya’ni, “birov senga kulib qarasa, sen ham unga ochiq chehra bilan boq. Shirin so‘zli bo‘l, yomon gaplardan tilingni tiy”.

Bugun 300 milliondan ziyod nufus bilan dunyoning eng yirik xalqlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan turkiylarning bir tashkilot bayrog‘i ostida birlashayotgani, ota-bobolarimizning o‘lmas o‘gitlari asosida turkiy davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar, madaniy-ma’rifiy hamkorlik aloqalarining tobora rivojlanib, xalqlarimizning qardoshlik, do‘st-birodarlik munosabatlari mustahkamlanib borayotgani barchamizning ko‘nglimizga g‘urur-iftixor, shukronalik tuyg‘ularini bag‘ishlaydi.

Bugungi tahlikali zamonda, turli siyosiy kuchlar, bloklar, mamlakatlar o‘rtasida shiddatli raqobat kechayotgan bir sharoitda turkiy birlik tushunchasining ahamiyati naqadar yuksak ekanini yurak-yuragimizdan his etamiz.

Ildizi bir, o‘tmishi mushtarak, qo‘ldosh va qardosh, taqdirdosh xalqlarimizning umumiy madaniy va ma’rifiy mulki hisoblanmish “Devonu lug‘otit turk” asarining zahmatkash olimlarimiz – Zifa-Alua Avezova hamda u kishining umr yo‘ldoshi, niderlandiyalik Robert Ermers tomonidan nashrga tayyorlanib, Turkiy madaniyat va meros fondi homiyligida chop etilgani turkiy dunyo ma’naviy hayotida chinakam ulkan hodisadir.

Fursatdan foydalanib, ushbu xayrli va ulug‘ ishga bosh qo‘shgan barcha fidoyi insonlarga kitobxonlar nomidan cheksiz tashakkur va minnatdorlik bildiramiz.

Elmurod NISHONOV,
tadqiqotchi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 25-sentyabrdagi 39-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604