Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.10.2026 | 15:31

img1669

SO‘ZLIKDAGI “QO‘NOQ”LAR

Shahardagi xorijiy peshlavhalarni ko‘rib ranjiymiz. Lekin bu muammoning faqat ko‘zga ko‘rinadigan qismidir. Asrlar davomida lug‘atimizga sizib kirgan o‘zlashma so‘zlar adabiy tilimizning qariyb 30-35 foizini tashkil etadi.

Buni yuz yil avval payqagan jadidlar tilimizni soflashtirish uchun izchil kurashgan. Ular arabcha va forscha so‘zlar o‘rniga milliy muqobillar topishda “Devonu lug‘atit-turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq”, “Boburnoma” kabi mumtoz asarlar va Alisher Navoiy ijodiga tayangan. Shu maqsadda Abdurauf Fitrat boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi” a’zolari unutilgan noyob so‘zlarni to‘plash uchun qishloqma-qishloq yurib, maxsus ilmiy safarlar uyushtirgan. Tilsevar Elbek esa 1923-yilda “Turkiston” gazetasida “Lug‘at va atamalar bobi”ni ochib, 550 ta o‘zlashma so‘zning sof turkiy muqobilini e’lon qilgan. Keyinchalik, Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy kabi adiblar ushbu milliy so‘zlarni o‘z asarlari va maxsus nashrlarida keng qo‘llab, jonli tilga qaytargan. Abdulhamid Cho‘lpon esa o‘zining mashhur “Go‘zal” she’ri bilan sof o‘zbekcha asar yaratish mumkinligini amalda isbotlab bergan.

Xo‘sh, bugun vaziyat qanday? Bugun ham birorta o‘zlashma so‘z qatnashmagan matn yoza olamizmi? Agar har kuni ishlatadigan so‘zlarimizga “til ko‘zoynagi” bilan boqsak, nima bo‘ladi? Masalan, tarixiy evrilishlar ta’sirida lug‘atimizga eng ko‘p hijrat aylagan arabiy kalimalarni olaylik. Ular deyarli har qadamda uchraydi. Bir safar Bosfor bo‘g‘ozi bo‘yida, oftobda toblanib o‘tirgan tunislik qizlarni gapga solgandim. O‘rtada chala-chulpa biladiganim ingliz tili ko‘prik bo‘ldi. Shunda ularga maqtanib, “Men oz-moz arabcha bilaman”, dedim. Misol qilib: “davlat”, “hukumat”, “hokimiyat”, “maktab”, “kitob”, “daftar”, “ilm”, “dars”, “muallim”, “fan”, “qonun”, “adolat”, “tafakkur”, “muhabbat”, “suhbat”, “mutafakkir” kabi so‘zlarni aytdim… Ular hayratdan yoqa ushlab qoldi. Lekin suvning ta’mi muz bilan, tilning asosi fe’l bilan… Arab tili o‘zbekchaga to‘g‘ridan to‘g‘ri fe’l olib kirolmagan. Tilimiz undan faqat ot olib, yoniga o‘zimizning “qilmoq” yoki “etmoq” ko‘makchilarini yopishtirib qo‘ygan. Masalan: “muhokama qilmoq”, “taklif etmoq”, “harakat+lanmoq”.

Endi forsiy suxandan intiqol aylagan mehmonlar xususida… Ming yillik qo‘shnichilik rishtalari natijasida tilimizga eng chuqur singgan kalomlar: “devor”, “darvoza”, “oyna”, “ro‘zg‘or”, “bog‘”, “dehqon”, “zamin”, “peshona”, “jigar”, “kaft”, “dono”, “nodon”, “darkor”, “hafta”, “bahor”, “xursand”, “go‘sht”, “chang”, “va”, “agar”, “shoyad”, “balki”.

Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘li va Boburiylar davri sayohatchilari olib kelgan xitoycha “choy”, “shoyi”, hindcha “murch”, “zanjabil” kabilar ham bor va bu hali hammasi emas.

Yunonchadan: “teatr”, “komediya”, “tragediya”, “drama”, “simfoniya”, “anatomiya”, “biologiya”, “geografiya”, “fizika”, “matematika”, “diagnoz”, “klinika”, “alfavit”, “grammatika”.

Lotinchadan: “respublika”, “konstitutsiya”, “deputat”, “student”, “doktor”, “professor”, “institut”, “arxiv”, “sekretar”, “dotsent”, “laborant”, “kalendar”, “notarius”, “senzura”.

Fransuzchadan: “palto”, “kostyum”, “kafe”, “restoran”, “avangard”, “batalon”, “kapitan”, “armiya”, “garnizon”, “kavaleriya”, “jalyuzi”, “shofyor”, “ekipaj”.

Yaqinda bir olmon jurnalisti yurtimizga kelib, dabdurustdan ko‘chadagi bir ayolni ko‘rsatdi va: “Hatto shu xonim ham nemischa (Deutsch) biladi”, dedi. Hayron bo‘ldik. Shunda u quyidagi so‘zlarni aytdi: “shtab”, “shturm”, “galstuk”, “buterbrod”, “lager”, “vagon”, “shvabra”, “masshtab”.

Bular-ku mayli, hatto italyancha so‘zlar ham bor: “bank”, “valyuta”, “opera”, “kassa”, “mafiya”, “sonata”, “solo”, “karikatura”, “fortepiano”, “pasta” va albatta, “spagetti”!

Ispanchaga nima deysiz: “gitara”, “tomat”, “banan”, “karamel”, “plantatsiya”, “sigara”.

Ruschani kutib turibsizmi? Masalan: “stol-stul”, “zavod”, “ochki”. Bundan tashqari, jargonda shunday so‘zlarimiz borki, hatto “toza ruslar” ham tushunmaydi…

Bugungi raqamli dunyoda inglizchasiz qiyin: “kompyuter”, “sayt”, “blog”, “onlayn”, “menedjer”, “marketing”, “brend”, “startap”, “xaker”, “interfeys”, “chat”, “printer”... ehe, adog‘i yo‘q…

Ko‘rganingizdek, tilimizda butun dunyodan kelgan so‘zlar ko‘p. Chunki azaldan madaniyatlar chorrahasida yashaganmiz.  Qizig‘i, biz chetdan kirgan deb o‘ylaydigan ko‘pgina so‘zlarimiz, aslida, ular kelgan tillarga ham boshqa xalqlardan o‘tgan “sayohatchi”lardir.

Xo‘sh, endi biz bu boy lingvistik merosga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? Allaqachon “o‘zimizniki” bo‘lib ketgan so‘zlarni chiqarib tashlash durustmas. Biroq ona tilimizning xalqaro nufuzini oshirish, unda yuksak ilmiy va badiiy asarlar yaratish hamda zamonaviy muqobillarni mahorat bilan shakllantirish bugungi avlodning eng oliy vazifasidir. Shunga nima deysiz, aziz tildoshlar?

Shahriyor SHAVKAT

“Jadid” gazetasining 2026-yil 16-oktyabrdagi 42-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img36

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img312