Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.11.2026 | 10:29

img682

HAM QARZ, HAM FARZ

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori Otabek HASANOV bilan suhbat

– Uluğ jadid Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romanida Otabek Şamayga borib-kelgaç, talabga javob bermay qolgan ma’muriy tartibotni yangilaş işqida yonadi. Gapning nişabi ismingizga qarab ketayotganini sezgandirsiz. Suhbatni noodatiy savoldan boşlamoqçiman: agar Sizga ma’rifatparvar bobolarimiz bilan zamondoşlik nasib qilganida, qaysi jadidning etagini tutgan bölar edingiz yoki ularning qaysi taşabbuslariga boş qöşardingiz?

– Sözni eng sevimli kitobimdan boşladingiz. “Ötkan kunlar”ni ön marta öqidim esimni taniganimdan buyon. Har gal yangi bir ma’no, fakt va hikmat olaman. Savolga keladigan bölsak, jadidlarning “Kömak” loyihasi meni doim hayratga solib keladi. Tasavvur qilaylik: XX asrning birinçi çoragida Germaniyada öqimoqçi bölgan boşqalarning farzandlari uçun Çorsu bozorida xalqdan pul sörab yurişgan. “Ey, musulmonlar, ertaga ular kelib hayotimizni özgartiradi. Töylardagi xarjni kamaytirib, isrofdan qoçib, şu aqçalarni kelajagimiz uçun beraylik. Ilm oliş – öğil bölsin, qiz bölsin, har bir musulmonga farz”, deya boylarning xonadonlariga, majlislariga kirib borgan. Özi uçun emas, bolasi uçun emas, xalqning bolasi uçun jon kuydirgan. Jadidlar bilganki, dunyoning ilğor davlatlari tajribasini örganmasak, Vatan va xalq istiqboli mavhumlikda qoladi.

Endi bir gap aytay, muhtaram Prezidentimiz 2018-yilda “El-yurt umidi” jamğarmasini taşkil etiş haqidagi farmonga imzo çekdi. Davlatimiz rahbari öşa vaqtdayoq taraqqiyot ufqimizga nazar taşlay olgan, uning asoslaridan biri sifatida jadidlar yölini tutgan. Bir raqam keltiraman, mazkur Jamğarma orqali 2018–2025-yillarda 2300 nafarga yaqin stipendiat 45 ta mamlakatga ta’lim olişga yuborilgan. Bu hali hammasi emas, bugungi kunda 1400 nafardan ortiq bitiruvçi Özbekistonga qaytib kelib, iqtisodiyot, ta’lim, fan, tibbiyot va davlat boşqaruvi sohalarida faoliyat yuritmoqda. Mana sizga natija, mana, behbudiylar, fitratlar, çölponlarning uşalmagan orzulari bir asr ötib röyobga çiqmoqda. Quvonarlisi, bu jarayon davom etmoqda, ayni vaqtda 740 nafardan ortiq stipendiat TOP-300 talik reytingiga kiruvçi universitetlarda tahsil olmoqda. Agar jadidlar bilan bir davrda yaşaganimda, ana şu “Kömak” harakatiga qöşilgan bölardim.

Bilasiz, jamiyatda onaning örni beqiyos. Buyuklarning kamolotida boş sababçilar onasi, turmuş örtoği bölgan. Amir Temur bejiz Oqsaroyni onasi Takina xotunga atab qurdirmagan. Xotin-qizlar ta’limiga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotgani xalqda ham uyğonişni, sergaklikni keltirib çiqardi. “Qiz bola öqib, şahar olib berarmidi?” degan gap urfdan qoldi. Quvonarlisi, bugun öqigan qizlar safiga öqigan kelinlar, öqigan onalar qöşilyapti. Endi oliy ta’lim qöl yetmas uzoq manzil emas. Davlatimiz rahbari ayollarga ma’rifat dargohlarining yölini yaqin va ravon qilib, darvozasini keng oçib berdi. Bir misol: 2016-yilgaça magistraturada xotin-qizlarning uluşi 20 foizga ham yetmasdi, bugun 57 foizga ösibdi.

Jadidlar Olmoniyaga talaba yuborayotganda, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova kabi qizlarni ham bekorga tanlamagan. Dunyo körgan xotin-qizlar ertaga dunyoqaraşi keng avlodni tarbiyalaşini ular yaxşi bilgan. Şuning uçun ham “Kömak” loyihasi asosçilari va iştirokçilari xotirasi oldida doim ehtirom bilan boş egaman.

– Otabek aka, tan oliş kerakki, bir neça yil avval ma’naviy-ma’rifiy soha faoliyatini keng jamoatçilikka yetkaziş, uning ahamiyatini yoşlar ongiga singdiriş borasida muayyan muammolar mavjud edi. Bugun esa bu yönalişda yangi yondaşuvlar va taşabbuslarni köryapmiz. Sizningça, jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlaş, milliy özlikni anglaş va yoşlarning ma’naviy dunyoqaraşini boyitişda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining örni va hissasi qanday?

– Xalq öziga mavhum va hayotidagi ahamiyatini anglamagan sohalarga e’tibor bermaydi, undan özini tortadi. Oçiq aytiş kerak: odamlar ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat, adabiyot va san’at haqida öylaşi uçun bu sohalarning jamiyat rivojidagi örnini tuşuntirib beriş, ma’naviy hayotga e’tibor qaratişi uçun moddiy hayotini ham yölga qöyiş kerak edi. 2017-yilda boşlangan islohotlar yuqoridagi barça muammoga bosqiçma-bosqiç yeçim berib bordi. Prezidentimiz Yoşlar kunida: “Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirişmoqda. Bilim, ilm-fan va tafakkur mahsuli bölgan yangi ”Bilimlar iqtisodiyoti“ hal qiluvçi kuçga aylanib bormoqda”, deya Yangi Özbekiston taraqqiyotining asosini yana bir bor ta’kidladi.

Bu jarayonda ma’naviyat va ma’rifatning ham öz örni, vazifalari bor. Sönggi yillarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “xalq bilan muloqot”, “inson qadri uçun” prinsiplari asosida xalq içiga kirib bordi. Ayniqsa, yoşlar bilan işlaşda taşabbuskorlikni yoşlarning öziga işondik. Eng muhimi, Markaz ma’naviyatni şunçaki tarğib qiliş emas, balki uni inson qalbi, tafakkuri va kundalik hayotining ajralmas qismiga aylantiriş yölida izçil harakat qilmoqda. Hususan, “Maromiylik” umummilliy harakati“, ”Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati“ hamda ”Yangi Özbekiston – stereotiplardan holi mamlakat“, ”Muzeylararo 90 kun“, ”Maromiylik loyihasi“, ”Mustaqillik töyi“ loyihalari tizimli ravişda amalga oşirilmoqda.

Lekin agar yoşlar bizga yangi taklif bilan keladigan bölsa, ularni qöllab-quvvatlaşga doim tayyormiz. Aholimizning oltmiş foizi yoşlar. Ular ijtimoiy tarmoqlarga kuniga ikki soatdan tört soatgaça vaqt sarflaydi. Demak, bizning ham iş maydonimiz tarmoqlarda. Hozir ijtimoiy tarmoqda önga yaqin loyihani amalga oşiryapmiz.

Aholi farovonligi oşgani sari, özingiz ham sezgan bölsangiz kerak, kitobxonlikka, adabiyotga e’tibor ortib boryapti. Instagram, facebook, yutubni kuzatsangiz, faqat şou-biznes vakillari yoki köngiloçar vaynerlar sahifasi emas, şoir-yozuvçilar, bukblogerlar, naşriyotlarning sahifalari ham gavjum. Millionlab körişlar soniga ega bölyapti mutolaa va şe’riyat sahifalari. Demak, bunga ehtiyoj bor. Nega endi ana şunday yoşlarni topib, loyihalarimizga jalb qilmasligimiz, ularni moddiy rağbatlantirmasligimiz kerak? Buning uçun bizda barça şaroit muhayyo. Şu maqsadda “Söz” loyihasini yölga qöydik. Markaz qoşida “Oyina.uz” sayti faoliyat yurityapti. Bugun “Söz” nafaqat yoş ijodkorlarni, balki ön minglab öquvçilar auditoriyasini birlaştiryapti.

– Bugun öz faoliyatingiz yuzasidan vijdoningiz bilan hisoblaşib turasizmi?

– Ma’naviyat sohasining ma’lum çegarasi va aniq qolipi yöq. Sözning özaki “ma’no”. Demak, bu soha hayotga yangi ma’nolar berişga xizmat qilişi kerak. Qolaversa, ma’naviy-ma’rifiy işlarning natijasi birdan körinmaydi. Bu yillar davomida, avlodlar kamoloti va almaşinuvi fonida közga taşlanadi. Şunday bölsa ham, odam özini özi taftiş qilib turişi kerak. Har kuni keçqurun vijdonimga hisobot beraman. Özimga savollar qöyib, javobini axtaraman: “Bugun lavozimda ötirib, şunga loyiq iş qildimmi, yöqmi?”, “Bugun öz ustimda işlaşga imkoniyat böldimi?”, “Bugun ota-onamga qönğiroq qildimmi, farzandlarim bilan gaplaşdimmi?”, “Bugun içki xotirjamligim, ruhiy holatim qanday?” Şu tariqa özimni savol-javobga, vijdon oldida hisobotga örgatganman. Buni ön yil oldin Is’hoq Adizesning “Liderlik san’ati” kitobida öqib, özimga odat qilib olganman.

– Yangi va katta işlarni boşlaş – bir masala, yaxşi işni odatga aylantiriş esa yana bir masala. Işga energiyani qayerdan olasiz?

– Har kuni ertalab ota-onam bilan qönğiroqlaşaman. Keçqurun uyga borganda, farzandlarim bilan vaqt ötkazaman.

– Ijtimoiy tarmoqlar rivojlanar ekan, yoşlar orasida motivatorlar, psixologlarning çiqişlariga ham ehtiyoj kuçayib ketdi. Xorijlik mualliflarning bu boradagi kitoblari katta tölqin bilan tarjima qilindi. Mahalliy motivatorlarning gap-sözlarida ham aynan çet el mualliflarining iqtiboslari ustunlik qiladi. Şunday bir şaroitda maydonga muallifligingizdagi “Liderlar kitobi” kirib keldi. Bu ham milliy kontentning bir namunasi deyişimiz mumkin.

– Yaxşi mavzuni oçdingiz. Bugun jarangdor qilib “motivatsiya” deb aytayotganimiz özimizda ruhlantiriş, könglini kötariş, ilhomlantiriş degan gap. Bu yangi avlodga yangilikday tuyilişi mumkin. Siz aytganday, faqat tarjimalar asosida motivatorlik qilayotganlarni körib uka-singillarimizda “Hokimiyat, motivatsiya, boylik va psixologiyaga oid asarlar faqat Ğarbda yozilgan ekan-da”, degan tasavvur paydo bölişi mumkin. Çunki biz öz ma’naviy xazinamizni çet mualliflarnikiday as’asa-yu dabdaba bilan, auditoriya qiziqişlariga mos rakursda taqdim etişga köp ham qöl urmaymiz.

Masalan, Makiavellining “Hukmdor”ini köpçilik eşitgan, özimizda esa “Temur tuzuklari”, “Siyosatnoma”, “Qutadğu bilig”, “Qobusnoma” turibdi. Yoki Ilon Mask, Stiv Jobs, turli davlatlarning rahbarlari haqidagi biografik asarlarni qayta-qayta çop etamiz. Buyam kerak. Lekin “Boburnoma”day haqqoniy va hayotiy asarni kim yozolgan ekan tarixda? Xondamirning Navoiyga bağişlangan “Makorim ul-axloq”idan ötib kimni örganişimiz mumkin? “Alpomiş” yoki “Farhod va Şirin” dostoni beradigan ruhlantirişni qaysi motivator berar ekan?

Bu yerda masalaga şunday yondaşiş kerak: biz sanagan va sanamagan boşqa qimmatli manbalarni yoşlar talab qilayotgan ilhomlantiruvçi rakursda taqdim etiş zarur. Ana şunda öz tariximiz va öz adabiyotimizda ham jahon örgansa arzigulik bilimlar borligini köramiz.

“Liderlar kitobi” ham mana şu yöldagi istaklardan yaralgan asar. Karantin paytida özbek va jahon mualliflarining yetakçi uçun zarur deb hisoblangan 35 ta kitobini jamlab, öqib çiqdim. Ular orasida Aflotun, Arastu, Suqrotdan tortib, Nizomulmulk, Amir Temur, Boburgaça, Makiavellidan Stiv Jobsgaça bor edi. Öqib tugatganimdan keyin, energiyam köpayib ketdi. Öqiganlarimdan olgan xulosalarimni yoziş ehtiyoji tuğildi. Boşida blogga yozişni boşladim. Qarasam, öquvçilar soni oşib ketdi. Dadam “Endi buni töplab, sayqal berib kitob qilgin”, dedi. Ikki oyda qölyozma tayyor böldi. Asosiy maqsadim, kitob hammaga tuşunarli bölişi edi.

– Kitobning keyingi davrda ommalaşuvi mehnatning natijasini körsatib turibdi. Tabiiyki, muvaffaqiyatli asarning davomi doim kutilgan. Ikkinçi jild haqida öylab kördingizmi?

– Albatta. “Liderlar kitobi”ning ikkinçisini deyarli yozib tugatganman. Bu kitob köproq amaliyotga asoslangan. Hozirça könglim tölmayapti. Uç-tört qayta öqib çiqdim, yana töğrilayman. Yaqinda poytaxtimizdagi 299-maktabga bordim. Qarangki, 10-11-sinf öquvçilarining hammasi öqib çiqqan ekan kitobimni, hayron qoldim. Ular, biz hayotga kirib kelyapmiz, lekin özimizga namuna qilib oladigan hayotiy ustoz topa olmayapmiz, bizga ana şunday kitoblarni tavsiya qiling, deyapti.

Hozir “Kyelajak liderlari uçun” degan kitob ustida ham işlayapman. Biz qahramon qidirib doim ham çet elga boqişimiz kerak emas. Agar muvaffaqiyatli şaxsning hayotini örganiş va namuna oliş kyerak bölsa, yoşlarga doim aytaman, Prezidentimizning faoliyatini kuzatib boring, kun tartibidagi uçraşuvlar, yiğilişlar mundarijasini köring, xalq bilan muloqotini diqqat bilan tinglang. Katta maktab böladi bu.

Kitob yoziş masalasida şunday rejalarimiz bor.

Yoşlarni tuşunişimiz kerak. Davlatimiz rahbari bir yilda bir neça marta şaxsan yoşlar bilan uçraşadi, hududlardagi taşriflarda ham aynan yoşlar bilan muloqotga vaqt ajratadi. Yana bir tomoni bor: Prezident matbuot xizmati suratlarini körib borsangiz, Şavkat Mirziyoyev davlat rahbarlariga, xalqaro taşkilot kotiblariga kitob sovğa qilayotganini, taşriflar davomida kutubxonalar, universitetlar, madaniyat maskanlaridagi kitoblarni qöliga olib körayotgani aks etgan kadrlarni körasiz. Bu şunçaki çiroyli rakurs emas. Davlat rahbariga mana bu kitobni uşlab tursangiz, deb fotograf aytmaydi. Prezidentimizning özi qiziqadi bugungi kitoblar saviyasi, bugungi kutubxonalar fondi bilan. Yurtboşimiz qölida kitob tutib, uni öqib turibdi ekan, bu ota-onalar va yoşlar ongostiga signal yuboradi.

– Yoşlar mavzusiga töxtaldingiz. Ularga yana qanday tavsiyalaringiz bor?

– Bir hisobdan bugungi yoşlarga oson emas. Çunki ularni çalğituvçi vositalar juda köp. Agar meniyam 16 yoşimda ijtimoiy tarmoq, instagram, yutub, şort reels videolar bölganda men ham qiyin vaziyatda qolardim. Bugun telefonning orqasida juda katta kuç turibdi, dunyoning manaman degan psixologlari, olimlari qanday qilib bölsa ham öz qamrovida tutib qolişga harakat qilyapti. Albatta, bu harakat zamirida moddiy manfaat, ya’ni, biznes yotibdi. Ba’zi yoşlar bu kuç oldida ojizlik qilyapti. Lekin umum yoşlar haqida bu fikrni aytiş notöğri. Çunki yaqinda şaxmat böyiça olimpiada birinçiligini qölga kiritgan yoşlarimizni oling, eng kattasi 21 yoş! Yoki Osiyo paralimpiya öyinlaridagi yutuğimizni ayting! 10-sinf bolasi “Kelajak bunyodkori” medalini qölga kiritgani-çi? Bular Prezidentimizning qat’iy siyosiy irodasi tufayli paxta mehnatidan ozod bölgan, dalaga çiqmagan bolalar! Demak, biz yoşlarga şaroit yaratib, töğri yölni körsatsak, avvalo, özimiz namuna bölsak bas, çunki tomirlarda oqayotgan daholar qoni, buyuklar DNKsi uyğoniş jarayonida.

“Yoşlikda olingan bilim – toşga öyilgan naqş”, deb bejiz aytişmagan. Bolalikdan ota-onam, ustozlarimning talab va nasihatlariga amal qilib, öqib-örganganlarim, izlanib-intilganlarim bugun samarasini bermoqda. Bugun köpçilik uçun murakkab va maşaqqatli tuyulgan ilm yöli men uçun öta jozibali va öziga ohanrabodek tortaveradi. Buning sababi esa bitta – yoşligimdan kitobni sevganim, ilm örganişga intilganimdir.

Hayotiy tajribamdan kelib çiqib, men qalblari bir olam orzu-istaklarga töla yoşlarga bir maslahat bermoqçiman: öqişdan, izlanişdan töxtamang, zero, baxtli kelajakka erişişning faqatgina bir yöli bor, u ham bölsa, ilm-u ma’rifat. Ilmni ezgulik yölida sarflaşning özi ham uluğ işdir. Olgan bilimimizni aziz Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovon turmuşi yölida halollik va fidoyilik bilan mehnat qilib sarf etiş biz uçun ham qarz, ham farz va insoniy burçimizdir. Buni heç birimiz yoddan çiqarmasligimiz kerak.

Zarnigor IBROHIMOVA suhbatlaşdi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img61

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img586

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img583