09.11.2026 | 11:27
371
BIRLAŞGAN EL ÖZAYOTIR
Töylar muborak, töroğa!
Yangi zamonda yurtimiz va mintaqamizda ötkazilayotgan xalqaro tadbirlar xalqlar döstligini rivojlantirmoqda, özaro madaniy-ijtimoiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Anqarada Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar Prezidentlari iştirokida taşkilotning navbatdagi anjumani bölib ötdi. Xuddi şu kunlari qadimiy va muazzam Marğilon va Qöqon şaharlarida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Özbekiston Sanoat-quriliş banki hamkorligida Xalqaro adabiyot va kitobxonlik festivali ötkazildi.
AQŞ, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qirğiziston, Qozoğiston mamlakatlaridan Yozuvçilar uyuşmalarining raislari, taniqli adib va şoirlar, tarjimonlar, noşir va muharrirlar jam bölişdi. Festival doirasida adabiy-badiiy hamda ilmiy naşrlar körgazmasi, ijodiy suhbatlar, muşoiralar, mahorat saboqlari taşkil etildi, istiqboldagi rejalar maslahatlaşib olindi.
Şu örinda ta’kidlaş lozimki, Özbekiston va Qozoğistonda ikki jondoş elning adabiyot va madaniyatini keng tarğib etişga yuksak e’tibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan özbek tilida naşr etilgan “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jildlik muhtaşam majmuaning 72-81- jildlari qozoq adabiyoti namunalariga bağişlangan. Bu kitoblarda Şokarim Xudoyberdiyev, Ahmad Boytursunov, Mirjaqip Dulatov, Jusupbek Aymauitov, Mağjon Jumaboyev, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, Ğabit Musrepov, Abiş Kekilboyev, Anvar Olimjonov, Öljas Sulaymonov, Jöbon Möldağaliyev, Muqağali Maqatoyev, Tumanboy Möldağaliyev, Muxtor Şoxonov asarlari jamlangan. “Qozoq zamonaviy şe’riyati antologiyasi”, “Qozoq zamonaviy nasri antologiyasi” deb nomlangan jildlarda esa qozoq adabiyotining şe’riy va nasriy janrlardagi boyligi va bugungi yutuqlari töliq namoyon bölgan, desak, mubolağa emas.
Qozoq adabiyotining uluğ namoyandasi, şoir va mutafakkir Abay Ibrohim öğli Qönonboyev tavallud topgan 10-avgust sanasini adabiyot bayrami sifatida keng nişonlaş Özbekistonda ezgu an’anaga aylangan.
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti, Qosim-Jomart Toqayev rahbarligida Özbekiston bilan barça sohalar, jumladan, madaniy-gumanitar yönalişda hamkorlik aloqalari kuçayib bormoqda. Bu haqda gapirganda Ostona şahrida buyuk ajdodimiz, söz mulkining sultoni Alişer Navoiyga bağişlab muazzam haykal örnatilganini aytiş lozim.
Ayni paytda mumtoz va zamonaviy özbek adiblarining kitoblari qozoq tilida muntazam naşr etib kelinmoqda. Qozoğistonda özbek madaniyati va adabiyoti kunlari ötkazilmoqda. Yangi pyesalar katta-katta sahnalarda namoyiş etilmoqda. Bugun özbek şoirlari va yozuvçilari Ostona, Olmaota, Turkiston va boşqa şaharlarda ötkazilayotgan adabiy forumlar, kitob taqdimotlari, qozoq bovurlarimizning tavallud sanalariga bağişlangan tadbirlarda faol iştirok etmoqda. Öz navbatida qozoğistonlik tuğişganlarimiz ham Özbekistondagi bayram va şodiyonalarni qadrdon oğaynilari bilan baham körib kelayotir. Qozoğiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyidning “Döstlik” ordeni bilan mukofotlanişi esa özbek adabiyotiga körsatilgan yuksak ehtiromning yorqin namunasidir.
Ikki xalq örtasidagi ijodiy döstlik riştalarini mustahkamlaşga Qozoğiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, hurmatli oqsoqolimiz Mereke Kulkenov ham munosib hissa qöşib kelmoqda.
Atoqli adib, jurnalist va jamoat arbobi Mereke Abdeş öğli Kulkenov 1951-yil 8-noyabrda Qozoğiston Respublikasining Atirov viloyati, Qizilqöğa tumani, Qorabov ovulida tuğilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yili Qozoğiston Markaziy bosmaxonasida ijodiy xodimlikdan boşlagan. “Qozoğiston pioneri”, “Qozoq adabiyoti” gazetalari, respublika teleradiokompaniyasi, “Kaşşof”, “Yolin”, “Ona tili”, “Tong-Çölpon” jurnallarida muxbirlikdan boş muharrirlikkaça bölgan mas’uliyatli va şarafli yölni bosib ötgan. Köp yillar davomida “Ölka” naşriyotining boş direktori vazifasida mehnat qilgan. Taşkilotçi va taşabbuskor rahbar, iste’dodli ijodkor sifatida naşriyot moddiy-texnik bazasini mustahkamladi, jahon andozalariga mos zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy qildi. Kitoblarning naşr sifatini yuksaltirdi, mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarini tizimli tarzda bosmadan çiqarişni yölga qöydi. Jamoatçilikning e’tibor va e’tirofini qozongan “Maxambet kutubxonasi” turkumidagi 20 jildlik asarlar majmuasi hamda “Maxambet eli” kitob-albomi, şuningdek, “Jir marjoni” nomli ön jildlik qozoq şe’riyati antologiyasi uşbu naşriyotda çop etilgan.
Mereke Kulkenovning ölka tarixini örganiş va tadqiq etiş böyiça amalga oşirgan ijodiy işlarini ham alohida ta’kidlaş zarur. Uning muharrirligida general-leytenant N.A.Terentyevning “Istoriya zavoyevaniya Sredney Azii” (“Örta Osiyoning bosib olinişi”) nomli uç jildlik kitobi, “Asr nigohi” nomli kitob-albomi öquvçilar e’tiboriga havola etildi. Ayniqsa, “Ölka” naşriyotida çop etilgan “Qүltegіn – Tonikөk” (“Kultegin – Tönyuquq”) kitobi ijtimoiy-ma’naviy hayotda muhim voqea böldi.
Mereke Kulkenov kitobxonlar manfaati va millat kelajagi uçun xizmat qilgan tajribali noşir, faol va taşabbuskor rahbar böliş bilan birga, iste’dodli adib sifatida nafaqat qozoq xalqi, balki Markaziy Osiyo kitobxonlarining ham e’tiborini qozongan. Yozuvçining “Jіbek jel”, (“Ipak şamol”), “Taңği salqin” (“Tong sabosi”), “Ұrey” (“Qörquv”), “Xalel Dosmұxamedovtiң өmіrі men qizmetі” (“Xalil Döstmuhammedov hayoti va faoliyati”), “Qazaqstan” (“Qozoğiston”) nomli nasriy va badiiy-publitsistik töplamlari, “Maxabbat mұnarasi” (“Muhabbat minorasi”), “Jәңgіr xan” (“Jangirxon”) pyesalari zamonaviy qozoq adabiyotining ma’naviy mulkiga aylangan. Rahimjon Ötarboyev bilan hammualliflikda yozilgan “Boş” nomli dramasi Qozoğiston Madaniyat vazirligining “Boyterak” tanlovida ğolib bölib, mamlakat teatrlarida sahnalaştirilgan. Şu bilan birga, u “Şeşendіk өner” (“Notiqlik san’ati”) kitobining mualliflaridan biridir. Qator asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Keyingi yillarda Mereke oğamizning bevosita taşabbusi bilan Qozoğistonda “Turkiy olam adabiyoti” loyihasi yölga qöyilib, hozirga qadar Anor Rzayev, Sulton Rayev, Arslon Qöyçiyev, Xayriddin Sulton, Erkin A’zam, Nazar Eşonqul, Abduqayum Yöldoşev kabi yozuvçilarning eng yaxşi asarlari qozoq tiliga tarjima qilinib, naşr etildi hamda mamlakat maktablarining kutubxonalariga yetkazib berildi.
Mereke Kulkenov qizğin, ibratli ijodiy va ijtimoiy faoliyati uçun Qozoğiston hukumati tomonidan munosib e’tirof etilgan. “Qozoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” (1998) faxriy unvoni, “Hurmat” (2004), “Parasat” (2019), I darajali “Bars” (2021) ordenlari, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti mukofoti (2002), şuningdek, “Oltin qalam” (2018), “Yilning eng yaxşi noşiri” (2018) mukofotlari bilan taqdirlangan.
Mereke Kulkenovning “Şodlik” nomli qissa va hikoyalar töplami yaqinda Umroy Karimova tarjimasida özbek tilida naşr etildi va adabiy jamoatçilik nazariga tuşdi. Xalqlar döstligi kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirlar doirasida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida uşbu kitob taqdimoti bölib ötdi.
“Şodlik” qissasi – falsafiy-psixologik asar. Yozuvçi voqealar bayoniga emas, beş-olti yaşar qahramonning ruhiy holati, içki dunyosi va kattalar olamini bola qalbi bilan öziça tahlil etişi, iztiroblarining badiiy tasviriga asosiy e’tiborini qaratgan. Muallif göyoki bola bölib, bola nigohini bola tilidan hikoya qiladi. Şuning uçun ham qissa nihoyatda ta’sirçan çiqqan. Mereke Kulkenovning badiiy mahorati şundaki, bir kam dunyoning anglab bölmaydigan işlari va taşvişlaridan inson qalbining naqadar yaralanişi, globallaşuv, ma’naviy tanazzullarga qarşi milliy qadriyatlarning mustahkam qörğoni, ruhiy kuç-qudrati yengilmas qalqon bölişini yorqin tasvirlar orqali kitobxonlar ongiga singdiradi. Ayniqsa, kitobga kiritilgan qissa va hikoya qahramonlari nomining metaforaga aylanganini zukko öquvçi darhol anglaydi va his etadi. Şodlik, Gulbarçin, Murod, Samad, Maqsad…
“Şodlik” qissasi syujeti Şodlikning ota-onasi janjallaşişi voqeasidan boşlanadi. Erining “Bas qil!”, qaynonasining “Özingni bos!” degan gaplarini tinglamay, ayol boğçaga qatnaydigan öğli – Şodlikni yetaklab, bemahalda köçaga çiqadi. U avval dugonasi Ğaliyaning uyiga boradi. Ğaliya Saken degan öğli bilan yolğiz yaşaydi. Saken ham Şodlikning tengdoşi. Uning otasi yöq. Saken otam okeandagi kemada kapitan, onam aytgan, u katta bölganimda keladi, biroq men katta bölsam, uning kelişini kutib ötirmayman, özim kemaga çiqib, uni izlab topaman, deydi. Biroq Ğaliya öğlini yupatiş uçun şunday bahonani öylab topganini Saken bilmaydi, onasining esa dardi içida. Oradan heç qança vaqt ötmay, Ğaliyaning tuğilgan kunida mehmonga kelgan erkaklarning nojöya sözlari tufayli Şodlikning onasi dugonasi bilan urişib qoladi va u yerdan ham ketadi.
Bir kampirning uyidagi torgina va ğarib hujrani ijaraga olib, yaşay boşlaydi. Kampirning Raya ismli beva qizi, ikkinçi sinfda öqiydigan Ruslan ismli nevarasi bor.
Raya kunora arzimagan narsani bahona qilib, Ruslanni kaltaklaydi, keksa onasini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qiladi. Bir kuni Rayaning uzoq Örolda yaşaydigan bolasi mototsikldan yiqilib, qovurğalari sinib ketgani haqida xabar keladi. Xullas, bu uyda ham tinçlik yöq. Öz xonadonidan janjal qilib çiqib ketgan ayol boşqalar uyidan halovat topolmaydi. Şodlik esa öz uyi, otasi va buvisini soğinib qiynaladi, azob çekadi. Hikoya oxirida Şodlikning otasi ularni izlab keladi, oila tugal topişadi.
Yozuvçi xalqning “Öz uying – ölan töşaging” degan qadimgi hikmatini hikoya mazmuniga singdirib yuborgan, faqat öz rözğoring, öz oilang bilan baxtli bölasan, degan ğoyani ilgari surgan. Oila, tinçlik va totuvlik qayerda bölsa, baxt va şodlik öşa yerda, degan falsafiy xulosani badiiy-psixologik tahlillar orqali oçib bergan.
Qissada lirizm, poetik til jilolanib turadi. Asar qahramoni hikoya töqişga usta. Uning siymosida bölajak yozuvçining timsoliga işora qilingan. Tabiat tasviri, sifatlaş va jonlantirişlar uyğunlaşib ketgan matndan köçirma keltiramiz:
“Bolalar boğçasida Şodlik döstlariga hikoya aytib berişni yoqtiradi. Uning hikoyalari çöpçakka öxşaydi.
– Bilasanmi, bizning ovulning quyoşi qip-qizil! Dum-dumaloq koptokka öxşaydi. Keçga yaqin yanayam qip-qizil körinadi, – deb havoda kiçkina, nozik qöllari bilan doira çizib körsatdi. – Şu paytda osmonmi, yermi, oy va maysalar, daraxtlar, toğlar qip-qizil böyoqqa böyaladi. Bobom ikkimiz qip-qizil bölib qizil otga minamiz. Şundan keyin toğ-u toşlar, örmon tomonga boramiz“.
Asarda yozuvçi fantaziyasi, sözning sehrli jilolari, keng tasavvurlar, öquvçi e’tiborini yalt etib öziga qaratguvçi ranglar, böyoqlar, holatlar yarqirab turadi. Adibning xarakter yaratiş mahorati qahramonning içki ruhiy holatini tasvirlaş bilan hamohang bölib ketgan:
“Şodlikning orqa tomonidan ovoz eşitildi. Ortiga ögirilganida ustiga sepilgan muzdek suvdan tani titrab ketdi. Ammo örnidan qözğalmadi”.
Şodlik Sakenga öxşagan bolalarning bunday qiliqlarini yoqtirmaydi. Hamma qilğiliqni özlari qilib, aybni birovga ağdarişadi. Boğçadagi bunday bolalarga Şodlik yaqin yölamaydi ham, gapirmaydi ham:
“Saken heç narsa bölmagandek turaverdi. Özining Şodlikni ataylab uriştiriş uçun yolğondakam yiğlaganini unutib yuborgan. Hozir bölsa, Şodlik bilan öynagisi kelib turibdi”.
Uşbu misolda aziyat çekkan bolaning irodasi tasvirlangan, ayni paytda, quvonç quvlik bilan, şumlik va soxtalik bilan çiqişmaydi, degan fikrni ham yozuvçi mahorat bilan ifoda etgan.
“Qöşnining öğli” hikoyasida Vatan, yurt kelajagi, toza va beğubor muhabbat tarannum etiladi. Hikoyaning boş qahramoni – ösmir qiz Gulbarçin.
Qöşnining Murod degan öğli bor. Ular maktabda bir sinfda öqişadi. Gulbarçinning toğ-u toşlar orasidagi olis ovulda yaşaydigan toğasi mehmonga keladi. Hikoya boşidayoq Vatan tasvirlanadi. Yozuvçi göyo Vatanni emas, bolalar va katta odamlarni tasvirlagandek tuyuladi. Zimdan öylasangiz, yozuvçi Vatanga muhabbat tuyğusini nihoyatda tiniq ifodalaganini sezasiz.
“(Toğamning) yaşayotgan ovuli tepalikka çiqib qarasam, körinmaydigan olisda, anov çöqqilari osmon bilan böy talaşgan toğlarning bağrida.
– Köngil qiymaydi-da, köngil, – deydi opam toğam haqida gap oçilib qolsa. – Butun hayoti öşa yerda ötdi. Men öşa yerda dunyoga keldim. Kindik qonim tökilgan ovulim jonimdan aziz.
Onam bu sözlarni aytganda ovozi titrab ketadi. Katta-katta tiniq közlari yoş tomçilaridan yaltiraydi. Mening kipriklarim ham öz-özidan pirpirab, tomoğimga tiqilgan sölagimni ğilt-ğilt yutaman“.
Mereke Kulkenov hikoyalarining tili xalqona va şirali. Quyida yozuvçining badiiy mahoratidan darak beruvçi ba’zi misollarga e’tiboringizni qaratamiz:
“Qöşni bölsang yölak böl, bölolmasang bölak böl”. Bu yerda xalq maqoli örinli qöllangan.
Milliy urf-odatga aylanib ketgan gözal irimlar ifodasi ham hikoyaning badiiy qimmatini oşiradi:
“Uzangiga oyoğimni tiraşim bilan Murodning onasi uydan çiqqanda aytgan sözlari esimga tuşdi.
– Sening mana bu qizing pişiq, qöşni. Uzangiga oyoğini çaliştirib solib olganini qara, – deganida opam:
– Tilingga toş, qöşni, közing tegadi-ya, – deb sözini kesgan edi“.
Bolalar bir-biriga tegajoqlik qilib aytadigan topişmoği çiroyli keltirilgan:
“– Yegani qaymoq, özi bir maymoq! U kim?”
Hozirjavob xalqning söz öyini, çeçanligining badiiy asardagi ifodasi köngilga xuş yoqadi:
“– Söz desa, olti eşakka yuk ortasan. Darsdan javob ber desa, oğzing yumilib, tiling baliqnikidek tutilib qoladi. Heç bölmaganda şuning sababini ayt-çi, – dedim men ham böş kelmay.
– Böyin yor bermaydi, – deb quloq-çakkasiga bir soldi. Men uning öğil bolalik qiliğiga qarab kuldim“.
Dunyoda tabiatni gözal tasvirlaşga ruju qöymagan yozuvçi bölmasa kerak:
“Keçasi yomğir yoğgan ekan. Eşik oldidagi qovunning palaklarida oppoq munçoq tomçilar yaltirab turibdi”.
Ot – yigitning qanoti, turkiy xalqlarning hayoti, katta-yu kiçikning joni. Mereke Kulkenovning otga muhabbati özgaça. Xalq dostonlaridagi poetik an’analarga sodiqlik mahorati uning asarlarida börtib turadi:
“Suv içib qongan Kertobelga yaqinlaşdim. Ot asovligini hali ham qöymabdi. Depsinib turibdi. Yumşoq yoliga qölimni olib borgan edim, böynini burib, pişqira boşladi. Keyin katta yumşoq quloqlarini qimirlatib pişqirdi-da qöllarimni yalay boşladi.
Jonivor meni unutmabdi. Çöntagimdan qand olib çiqarib olaqonimda tutgan edim, yumşoq lablari bilan ilib olib, oğziga soldi-da “kurs-kurs” qilib çaynay boşladi. Kertobel bulturgaça bizning qölimizda bölgan“.
Alpomiş tulporining oti Boyçibor. Yorining bedov otini Oybarçin yaxşi körgan. “Qöşnining öğli” hikoyasi qahramoni Gulbarçin suyib mingan arğumoqning oti Kertobel, ya’ni, ingiçka bel. Otning beli botiq bölib, yoy şaklida, hilol şaklida pastga egilib turganiga işora şu nomda mujassam.
Turkiy tilda “kertilgan” degan söz bor, bu kamigan, tölmagan, uçgan degan ma’nolarni anglatadi. Qaşqadaryo şevasida tiği “kertilgan” piçoqni, “katilgan” deydi. Mereke oğaning hikoyasida aynan şu söz çiroyli otning nomida özgaça jilo topgan.
Hikoyada yana bir gözal metafora bor. Bu Gulbarçinning mehribon toğasi tilidan juda binoyi ifodalangan:
“– Mening kiçkina qölqanotlarim, çarçab qoldilaringmi? Hozir issiq çoy, şörva bilan quduqlaringni töldiraman”.
Bir qissa va bir hikoya misolida adibning poetik mahoratiga bir qur nazar taşladik. Özbek tilida naşr etilgan “Şodlik” nomli kitobini öqib, bir olam estetik zavq oldik, hayratlandik.
Fursatdan foydalanib, atoqli adib va jamoat arbobi Mereke Kulkenovni qutluğ 75 yoşi bilan barça özbek adiblari va kitobxonlari nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Sözimizning yakunida şunday tilak bildiramiz: adabiyot yaratuvçi adiblar birlaşsa, ellar birlaşadi. Bu yozuvçilarning ham, tuğişgan xalqlarning ham baxti.
Birlaşgan el özayotir. Töylar muborak, töroğa!
Rustam MUSURMON,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpoğiston xalq şoiri
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



