Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.11.2026 | 16:44

img795

OYDAN-DA, KUNDAN-DA GÖZAL GURUNGLAR

Özingizdan qolar gap yöq, hurmatli gazetxon, şu oy boşidan beri hammaning oğzida bir gap, nimamiş, “Oydin gurunglar” bölarmiş… Bitta töyning yettita noğorasi bölganidek, öziyam har kim har xil tuşundi. El orasida jadid olimi Abdurauf Fitratning “Çiğatoy gurungi” qaytdimi, degan gaplar ham quloqqa çalindi. Yana bu tadbir olim-u ulamo, şoir-u şuaro, musavvir va musammimniki-yu, dasturxoni bankirlarniki, deguvçilar ham topildi. Aslida esa “Oydin gurunglar”ning maqsadi ham, qamrovi ham ança keng. Vaziyatga oydinlik kiritiş uçun, keling, Sizga bobomiz Amir Temur musammanidek mukammal öylangan mazkur anjuman haqida biroz gurung bersam…

Ma’lumingizkim, joriy yilning 22-may kuni Davlatimiz rahbari mamlakatimizda Milliy kitobxonlik harakatini boşlab bergan edi. Uşbu harakat doirasidagi vazifalarni bajariş hamda 21-oktyabr – Özbek tili bayramini nişonlaş maqsadida Toşkent va Xiva şaharlarida “Oydin gurunglar – 2026” xalqaro ijodiy forumi taşkil etildi.

Mazkur anjumanning öziga xosligi şundaki, unda kitobxonlik va san’atni rivojlantirişga ilk bor iqtisodiy loyiha sifatida yondaşildi. Şu bois, forum işida Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi va Yozuvçilar uyuşmasi bilan bir qatorda, Markaziy bank hamda yurtimizning yetakçi tijorat banklari ham faol iştirok etdi. Bunday hamkorlik ijod ahlini qöllab-quvvatlaşda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni oçib berişi bilan alohida e’tiborga molikdir.

Hammasi 19-oktyabr kuni Toşkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida boşlandi. Mehmonlar kitoblar körgazmasi bilan tanişgaç, Markaziy bank raisining birinçi örinbosari Nodirbek Saydullayev sözga çiqib, faol taşkilotlarni taqdirladi. Şundan söng “Moliyaviy bilimlar” kitoblari taqdimoti bölib ötdi. Prezident maslahatçisi Olimjon Davlatov noşirlarni qöllab-quvvatlaş masalasiga töxtalib, ularga esdalik sovğalari topşirdi. Milliy kutubxona rahbari Umida Teşaboyeva “Mahalla kutubxonasi” loyihasini taqdim etgandan söng Davlat tili departamenti direktori Nodir Xolbötayev nutqidan söng hamma “çoy-gurung”ga çiqdi.

Bolalar uçun möljallangan “Daromad Kiberovçiga qarşi” nomli yangi komiks taqdimoti ham ötkazildi. Unda yoş avlodga puldan töğri foydalaniş va internet firibgarlaridan himoyalaniş qoidalarini sodda tilda tuşuntirilgan. Yana bir ezgu taşabbus e’tiborimni tortdi. Bir qator vazirlik va taşkilotlar Markaziy bank bilan hamkorlikda “Mahalla kutubxonasi” loyihasini yölga qöyibdi. Tijorat banklari ham bu xayrli işdan çetda qolmay, mahallalarda kutubxonalar taşkil etiş uçun mablağ ajratibdi. Kitob topişni osonlaştiriş uçun kutubxonalarni yagona tarmoqqa birlaştiruvçi “Bitik.online” platformasi ham taqdim etildi. Uşbu tizimning imkoniyatlari töliq yölga qöyilsa, kitobxonlar özlariga kerakli asarni qayerdan topiş mumkinligini oson aniqlaydi. Mana buni yangilik desa böladi, baraka topişsin. Ana endi gurungning eng qizziq joyiga ötsak böladi… Qani, yuring, Xivaga, öşa sehrli va ertaknamo qadimiy şaharga yöl olamiz!

Ma’lumki, Davlatimiz rahbarining 103-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijodiy birlaşmalarni qöllab-quvvatlaş, ularning iqtisodiy faolligini oşiriş, özbek madaniyati va san’atini xalqaro miqyosda tarğib etiş kabi maqsadlarni qamrab oladi. Ana şu yönalişda tegişli davlat taşkilotlari, madaniyat muassasalari, tijorat banklari va ijodiy uyuşmalar hamkorlikka kirişgan. Ijodkorlarning tadbirkorlik faoliyatini rağbatlantiriş, ular yaratayotgan mahsulot va xizmatlarni kengroq bozorga olib çiqiş, yangi daromad manbalarini şakllantiriş hamda moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiriş bu hamkorlikning muhim yönalişlaridan biridir. Şu maqsadda 22–25-oktyabr kunlari Xiva şahridagi “Arda Xiva” majmuasida “Oydin gurunglar – 2026” xalqaro ijodiy forumi davom etdi. Özbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozoğiston va Qirğizistondan kelgan tört yuzdan ortiq ijodkor – taniqli yozuvçi va şoirlar, rassomlar, rejissyorlar, san’atkorlar hamda yurtimizning ön ikkita xususiy teatri vakillari bir maydonda jam böldi.

Avvalo, mehmonlar oçiq osmon ostidagi köhna Içan qal’a bilan tanişdilar. Qadimiy obidalar, tarixiy köçalar va Xorazmning boy madaniy merosi xorijlik ijodkorlarda ham katta qiziqiş uyğotdi. Keyin “Şarşara” majmuasida forumning ijodiy oçiliş marosimi bölib ötdi. Iştirokçilarga “Art House Hamsa” teatrining “Oydan-da gözal” nomli şe’riy-musiqiy çiqişi namoyiş etildi. Şu tariqa, Xivadagi uçraşuvlar boşlandi. Oldinda esa adabiyot, teatr, musiqa, tasviriy san’at va milliy hunarmandçilikka bağişlangan sermazmun kunlar turgan edi.

Ertasi kuni “Arda Xiva” majmuasi tom ma’noda ijodiy muloqotlar maskaniga aylandi. Turli tadbirlar bir vaqtning özida boşlangani uçun qaysi biriga ulgurişni bilmay qolganimiz ham bor gap.

Badiiy dasturning ilk daqiqalarida “Toqi sayhon” majmuasida “Oyparda” körgazmasi tantanali ravişda oçildi. Ayni paytda “Qurşov”ning Katta sahnasida Qozoğistonning “Silk Stage” teatri “U – Ayol” saundramasini namoyiş etdi. Tomoşa qilganlar rosa kökka kötarib, oğzidan bol tomib maqtaşdi.

Boşqa maydonlarda ham ijodiy jarayon qizğin davom etardi. Feruza Muxamedova fortepiano sirlaridan saboq bergan bölsa, Özbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolov rassomlik san’ati haqida mahorat darsi ötkazdi. Zuhro Obloberdiyeva va Sanjar Nazarov kabi hunarmandlar esa yoşlarga milliy hunarmandçilik an’analari va kasb-kor sirlarini örgatişga yeng şimarib, qattiq kirişib ketişdi. Ustasiga farqi yöq, hunarlarini köz-köz qilişdi, xullas.

Biz bölsak, “Ğoli” ayvonida Özbekiston xalq şoiri Usmon Azimning suhbatidan bahramand böldik. Ustozning adabiyot, ijod va hayot haqidagi dilkaş gurungidan söng şu yerning özida qizğin muşoira boşlandi. Şe’riyatga oşno qalblar rosa yayradi-da, yayradi!

Tuşdan keyin qozoğistonlik dramaturg Alişer Raxat “Dramaturgiyada hayot voqeligini badiiy talqin qiliş” mavzusida ma’ruza qildi. Şu vaqtda Eşqobil Şukurning “Megapolisdan Himolaygaça” asari asosida sahnalaştirilgan spektakl ham tomoşabinlar e’tiboriga havola qilindi. Galereya maydonida rassom Madamin Xudoyberganov asarlari namoyiş etildi, hunarmand Oliya Nurulloyeva esa amaliy maşğulotlar ötkazdi. Soat uç yarimlarda fotokörgazma böldi. Kun davomidagi uçraşuvlardan keyin “Qurşov”ning muhtaşam zali yana san’at muxlislari bilan töldi. Bu gal Qirğizistonning “Ustat-şakirt” an’anaviy teatr-studiyasi ijrosidagi “Aqsatqin bilan Mirza öğil” dostoni namoyiş etildi.

Keçga yaqin san’atşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori Azizxon Imomov va Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoira Zebo Mirzolarning mahorat darslari bölib ötdi. “Toqi sayhon” majmuasida esa opera xonandalarining konserti yangradi.

Bir kunning özida şunça san’at turi, şunça ijodiy tajriba va qaraşlar bir-biri bilan yuzlaşdi. Forumning öziga xosligi ham şunda edi, şoir şe’ri, rassom möyqalami, aktyor sahnadagi mahorati, hunarmand esa qöl mehnati bilan özaro muloqotga kirişdi.

Forumning uçinçi kuni “Alma pişganda galin” körgazmasining namoyişi bilan boşlandi. Kiçik sahnada “Şams-i-Qamar” teatri ijodkorlari “Jaydari Martin” dramasini, katta sahnada esa “Millat” teatri vakillari “Qörqma” asarini tomoşabinlar hukmiga havola etdi.

Ayni paytda “Ğoli” ayvonida Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin A’zam bilan, Galereya zalida esa Özbekiston xalq rassomi Fayzulla Ahmadaliyev bilan ijodiy suhbatlar bölib ötdi. Ustozlarning har bir sözini yozib oldik. Nasib etsa, ular ham biror maqolaga mazmun bağişlaydi.

Bir tomonda Ravşan Abdunazarov fortepiano kuylari bilan davrani qizdirayotgan bölsa, boşqa tomonda Adolat Atamuratova va Muyassar Kuryazova yoşlarga milliy hunarmandçilik sirlarini örgatardi.

Tuşdan keyin “Çodra hovli” boloxonasi Xorazm viloyati san’at maktabi öquvçilari bilan gavjum böldi. Yoş iste’dodlar oçiq havoda rasm çizib, suhbatlaşdi. Şundan söng qirğizistonlik mutaxassislar Galina Ketova va Kenjegul Satibaldiyevalar zamonaviy teatr menejmenti hamda aktyorlik mahorati böyiça öz tajribalari bilan örtoqlaşdi. Şu vaqtning özida taniqli şoir Salim Aşur va Ğayrat Majid boşçiligida muşoira boşlandi.

Ozarbayjonning “Çaracters” teatri namoyiş etgan “Umid, sönggi oq turna” dramasi ham dasturning diqqatga sazovor çiqişlaridan biri böldi. Keyin san’atşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori Zuhra Zaynutdinovaning mahorat darsi ötkazildi.

Kun davomidagi sahna asarlari, şe’rlar va ijodiy muloqotlar keçqurun ham davom etdi. Ijodkorlar yiğilib, namoyiş etilgan asarlarni ustoz san’atkorlar bilan birgalikda muhokama qildi, fikr almaşdi. Bunday suhbatlarning qadri şundaki, ijodkor faqat öz asarini namoyiş etibgina qolmay, boşqalarning qaraşlarini eşitadi, tajriba orttiradi va yangi ğoyalar bilan boyiydi. Fotomuxbir Behzodbek Saidov esa forumning ana şu lahzalarini ön sakkizta betakror kadrdan iborat fotoreportajda muhrladi.

Nihoyat, 25-oktyabr – forumning sönggi kuni ham mazmunli dastur bilan boşlandi. “Paxsa” körgazmasi oçilib, san’atşunos olimlar va rassomlarning mahorat darslari ötkazildi. Kun davomida “Kiçkina”, “Art House Hamsa”, Turkiyaning “LayLa” hamda “Şams-i-Qamar” teatrlari birin-ketin spektakllar namoyiş etdi. Ayniqsa, Özbekiston xalq yozuvçisi Xayriddin Sultonning “Yaldo keçasi” romani asosida sahnalaştirilgan spektakl tomoşabinlar mehrini qozondi.

Dastur doirasida milliy kaştaçilik asosida yaratilgan liboslar namoyiş etildi. Xorazmning yoş rassomlari asarlari asosida “Daryo” nomli immersiv körgazma ham taşkil qilindi. Şunday qilib, tört kunlik xalqaro ijodiy muloqot öz yakuniga yetdi. Keçki soat yettida “Arda Xiva” majmuasi amfiteatrida forumning tantanali yopiliş marosimi bölib ötdi.

Alqissa, “Oydin gurunglar” – adabiyot, teatr, tasviriy san’at va hunarmandçilik vakillarini qöllab-quvvatlaş, ularning bebaho mehnatiga moliyaviy va iqtisodiy tayanç yaratiş maqsadida taşkil etilgan ezgu taşabbusdir.

Şahriyor Şavkat

“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img61

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img586

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img583