Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.11.2026 | 16:19

img509

QAROVSIZ QAL’A

Yurtimizda keyingi yillarda içki turizmni rivojlantiriş, tarixiy obidalarni asrab-avaylaş va qayta tiklaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz, Termiz kabi qadimiy şaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo sayyohlarining e’tiborini tortib kelmoqda. Bu işlar xalqimizning boy madaniy merosini asraş va uni kelajak avlodlarga butun holda yetkaziş yölidagi muhim qadamlardir.

Biroq yurtimizning çekka hududlarida e’tibordan çetda qolayotgan ayrim tarixiy obidalar ham yöq emas. Vaqt, tabiat va qarovsizlik ta’sirida ularning devorlari yemirilib, asrlar davomida saqlanib kelgan tarixiy izlar asta-sekin yöqolib bormoqda. Şunday tarixiy maskanlardan biri – Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qonliköl tumanidagi Janga-qal’a qörğonidir. Bugun bu noyob tarixiy yodgorlik yöqolib ketiş xavfi ostida turibdi.

Tarixiy ma’lumotlarga köra, Janga-qal’a dastlab savdo yölida harakatlangan karvonlar uçun qurilgan. Keyinçalik mahalliy aholini turli bosqinlardan himoya qilgan. Şu bois, qörğon nafaqat me’moriy yodgorlik, balki xalqimiz jasorati, matonati va ozodlik uçun kuraşi bilan boğliq tarixiy maskan ham hisoblanadi.

Afsuski, bugungi kunda qörğon devorlari yil sayin yemirilib bormoqda. Agar bu jarayonning oldi olinmasa, yaqin kelajakda uşbu noyob yodgorlikdan asar ham qolmasligi mumkin. Bu esa mamlakatimiz tarixiy merosi uçun katta yöqotiş böladi.

Janga-qal’ani muhofazaga oliş, arxeologik va ilmiy jihatdan örganiş, zarur qismlarini mustahkamlaş hamda uni turizm yönalişlariga kiritiş hududning turizm salohiyatini yanada oşirişga xizmat qiladi. Biz tarixiy merosni faqat maşhur şaharlardagi obidalar orqali emas, balki yurtimizning çekka hududlarida saqlanib qolgan yodgorliklar orqali ham asraşimiz lozim. Zero, har bir tarixiy obida xalqimizning ötmişi, milliy özligi va ma’naviy boyligining ajralmas qismi hisoblanadi.

Umid qilamizki, tegişli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik hamda Madaniy meros agentligi Janga-qal’a qörğoni taqdiriga ham e’tibor qaratadi. Bu tarixiy obidani muhofaza qiliş va kelajak avlodlarga butun holda yetkaziş yölida amaliy çoralar köriladi, degan umiddamiz.

Abatbay KRAMOV,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img33

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img119

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img311