17.11.2026 | 11:36
28
Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi AQŞda qator uçraşuvlar ötkazdi
Joriy yilning 25-iyun kuni ötkazilgan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining VII konferentsiyasida Uyuşmani 2026–2030-yillarda yangilaş Kontseptsiyasi tasdiqlangan edi. Mazkur Kontseptsiyada ustuvor yönalişlardan biri sifatida xalqaro aloqalarni rivojlantiriş, Uyuşmani xalqaro darajaga olib çiqiş va uni xorijiy media tuzilmalarga a’zolikka qabul qilinişiga erişiş belgilangan. Ötgan vaqt mobaynida mazkur maqsadlarni amalga oşirişga qaratilgan tizimli işlar olib borilmoqda.

Uyuşma delegatsiyasining Amerika Qöşma Ştatlariga safari ham aynan şu maqsadlarni közlaydi. Xizmat safari doirasida Vaşington şahrida qator media taşkilotlar va tahlil markazlari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazildi. Ularning asosiy maqsadi ikki mamlakat media sohasi vakillari örtasida hamkorlikni örnatiş hamda Özbekiston haqidagi axborotlarni xalqaro maydonda kengroq yoritiş imkoniyatlarini muhokama qilişdan iborat böldi. Muloqotlarda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining dasturiy vazifalari va faoliyat yönalişlari haqida axborot berildi.
Delegatsiya Vaşington şahrida Tadqiqotlar va tajriba almaşiş böyiça Xalqaro kengaş – IREX prezidenti Aleksandr Dardyeli bilan uçraşdi. Muloqotda Özbekiston jurnalistlari uçun xalqaro tajriba almaşiş dasturlarini yölga qöyiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. IREX xalqaro ta’lim, jurnalistika, axborot almaşinuvi va institutsional rivojlaniş sohalarida faoliyat yurituvçi AQŞdagi yirik notijorat taşkilot hisoblanadi. Taşkilot hozirgaça 100 dan ortiq mamlakatda hamkorlik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oşirgan.
Safar davomida delegatsiya a’zolari Hadson instituti prezidenti Jon Volters bilan ham muloqot ötkazdi. Uçraşuvda Özbekistonning mintaqaviy siyosati va islohotlarini xalqaro ekspertlarga yetkaziş, jurnalistlar va tahlilçilar örtasida tajriba almaşiş, qöşma davra suhbatlari va ekspertlik uçraşuvlarini taşkil etiş böyiça takliflar bildirildi. Ta’kidlaş joizki, Hadson instituti AQŞdagi nufuzli mustaqil tahlil markazlaridan biri bölib, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va ularning xavfsizlikka ta’siri böyiça tadqiqotlar olib boradi. Institut vakillari bilan uçraşuvda jurnalistlarni sun’iy intellekt şaroitida birgalikda öqitiş hamkorlikning kelgusidagi yönalişlaridan biri bölişi mumkinligi qayd etildi.
Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori, taniqli ekspert Frederik Starr bilan uçraşuv ham samimiy ruhda ötdi. Muloqot davomida Frederik Starr Prezident Şavkat Mirziyoyevning xalqaro maydonda va mintaqada xavfsizlikni ta’minlaş borasidagi taşabbuslarini yuqori baholaşini bildirdi. Ekspert mamlakatimiz myedia sohasidagi özgarişlar va söz erkinligini ta’minlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarni alohida e’tirof etdi. Uçraşuv yakunida Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida xorijiy ommaviy axborot vositalari uçun tahliliy maqolalar yozadigan jurnalistlar va siyosiy şarhlovçilarni tayyorlaş böyiça hamkorlik qilişga kelişildi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasining Xalqaro jurnalistlar markazi rahbari Şeron Moşavi va Jorj Vaşington universitetining Markaziy Osiyo dasturlari direktori Sebastyan Peyrouz bilan ham muloqotlarida sun’iy intellekt, dezinformatsiya va raqamli media yönalişida öquvlar ötkaziş va AQŞdagi yetakçi OAVlarda tajriba almaşiş loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Bir söz bilan aytganda, Uyuşma xalqaro miqyosga çiqiş va Özbekiston media sohasi vakillarining xalqaro hamkorligini rivojlantiriş borasida faol izlanişlar olib bormoqda.
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
0
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
33
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
71



