Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 24°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


23.11.2026 | 14:14

img36

ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY…

Bugun el-yurtimiz köhna va navqiron Samarqand şahrida bölib ötgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida erişilgan tarixiy ğalaba şukuhi bilan yaşamoqda. Vatanimizning mohir şaxmatçilari 200 dan ziyod mamlakatdan kelgan 2 mingga yaqin eng kuçli va maşhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar iştirok etgan murosasiz bellaşuvlarda yuksak iroda va aql-zakovatini namoyiş etib, ikki karra olimpiada çempioni degan şarafli unvonni qölga kiritdilar. Mana şunday quvonçli lahzalarda Yangi Özbekistonning şijoatli yoşlari uçun çinakam ibrat va namuna bölmiş uluğ zotlarimiz xotiralarini ehtirom bilan yodga oliş örinlidir.

Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov şaxsiyati va ijodi haqida muşohada yuritganda, köz oldimizda nafaqat buyuk söz zargari, balki millatning teran aql sohibi, yuksak madaniyat egasi gavdalanadi. Buyuk şoirning hayoti, dunyoqaraşi va tafakkur tarzi öziga xos ma’rifat va ibrat maktabi edi. Men bu zotning salkam qirq yil davomida yaqin maslakdoşlari, millat ziyolilari bilan qurgan va özbek madaniyati tarixida betakror hodisaga aylangan “Şaxmat gap” yiğinlarining jonli guvohi bölganimdan faxrlanaman.

Şaxmatçilar davrasi şunçaki döstlar diydori emas, balki şiddatli bahslar, aql va mantiq töqnaşadigan haqiqiy tafakkur maydoni edi. Bu yiğinlar ramziy ma’noda öşa davr milliy tafakkurining siyosiy va ijtimoiy barometri vazifasini bajargan, desak, aslo mubolağa bölmas. Öşa paytlarda hali maktab yoki universitet darsliklarida uçramaydigan va rasmiy tarix sahifalariga kirib ulgurmagan Amir Temur dahosining jozibasi – Sohibqironning şaxmatga bölgan favqulodda moyilligi va bu sirli öyinning davlat boşqaruvidagi asl hikmatlari haqidagi noyob ma’lumotlarni men ilk marotaba aynan Erkin akaning özidan eşitganimni alohida ta’kidlaşni istardim.

Garçi öşa yillarda tarixçi olimlar tomonidan Ibn Arabşoh asarlari özbek tiliga mahorat bilan tarjima qilingan bölsa-da, bu manbalardagi murakkab şaxmat çizmalari keng jamoatçilik uçun hanuz mavhumligiça qolayotgan edi. Ustoz şoirimiz Fransiyaga safari davomida Parij Milliy kutubxonasining nodir qölyozmalar fondiga kiradi. U yerda saqlanayotgan qadimiy Şarq qölyozmalarining asl nusxalarini öz közi bilan körib, undagi Amir Temur davriga oid şaxmat çizmalari va şarhlari bilan tanişadi. U kişi özining bu kaşfiyotlari, yurakni hayajonga soluvçi tarixiy haqiqatlarni navbatdagi “Şaxmat gap” yiğinida qadrdon döstlariga çeksiz ğurur, yuksak ehtiros bilan sözlab bergandi.

Erkin aka Parij fondlarida tanişgan öşa noyob manba maşhur arab solnomaçisi Ibn Arabşohning “Ajoib al-maqdur fi navoib Temur” (“Temur tarixida taqdir ajoyibotlari”) nomli asarining XV asrga oid qadimiy nusxasi edi. Uşbu nodir qölyozmada bayon etilişiça, Amir Temurga oddiy 64 katakli şaxmat taxtasi torlik qilgan. U zot roppa-rosa 112 katakdan iborat maşhur “Şatranji kabir” öyiniga asos solgan. Bu öyinda tuya, jirafa, fil, dev va ayğoqçi kabi qöşimça harbiy figuralar harakatlangani öşa Fransiyadagi qölyozma sahifalarida muhrlangandi.

Diqqatga sazovor jihati, mana şu uluğvor intellektual an’analarni davrlar oşa XX asrning 20-30-yillarida yaşab ijod qilgan jadid ziyolilarimiz davom ettirdi. Qatağon qiliçlari yalanğoçlangan, erkin siyosiy va ijtimoiy bahslar taqiqlangan öşa oğir davrlarda Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Çölpon, Elbek kabi millat fidoyilari aynan şaxmat taxtasi atrofida töplanişardi. Laziz Azizzoda va Habibulla Qodiriyning qaydlariga köra, Toşkentning Samarqand darvozasidagi Qodiriy xonadonida yoki Kökça dahasining sölim Boğ köçasidagi ziyolilar davrasida tez-tez uçraşuvlar taşkil etilib, şaxmat musobaqalari bölar ekan. Mana şu uluğ zanjir – yuksak zarofat, beğaraz kulgi va aql sinovlari XX asrning ikkinçi yarmiga kelib, “Şaxmat gap” körinişida Erkin Vohidov boşliq ziyolilar davrasiga oltin meros bölib ötgan bölsa, ne ajab. Bu, gözal vorisiylikning ajoyib namunasi emasmi?

“Şaxmat gap” yiğilişlari salkam qirq yil – yigirmançi asr 60-yillarining oxiri va yangi ming yillikning boşigaça davom etgan betakror norasmiy tafakkur akademiyasiga aylandi. Uşbu davraning faol qatnaşçilari bölgan uluğ zotlar nomini bugun özbek millati faxr va ehtirom bilan tilga oladi: atoqli adabiyotşunos olimlar, Özbekiston Qahramonlari Ozod Şarafiddinov hamda Ibrohim Ğafurov, Milliy universitet dotsenti Rahmatulla Inoğomov, xalqaro darajadagi şaxmat hakami Mamajon Muhitdinov, mohir şaxmatçi Uluğbek Elbekov, taniqli olim Anvar Abdusamadov, el ardoğidagi jarroh Mahmud Yunusov, iqtisodçi Husnitdin Muhitdinov va şaxmat ustalari Akram Toşxöjayev, Anvar Inoqov, Alovuddin Husniddinov… Bu uluğlar davrasining maş’ali, uning urib turgan tolmas yuragi, şubhasiz, Erkin Vohidov edi. Keyinçalik ustoz şoir davlat va jamoat arbobi sifatida nihoyatda mas’ul vazifalarda işlab yurgan, vaqti soniyalarigaça hisoblangan eng band paytlarida ham bu yiğinda qatnaşişni kanda qilmadi. Muhim davlat işlari, kundalik çarçoqlar va ulkan ijtimoiy yuklar şoirni özi talpingan uşbu ma’naviyat oşyonidan tösib qola olmasdi. “Şaxmat gap” böladigan kuni u kişi alohida bir mas’uliyat va soğinç bilan hammadan avval yetib kelar, özining nurli tabassumi, yuksak viqori va odamiylik fazilati bilan davraga özgaça ruh va fayz bağişlardi.

Şaxmatçi ulfatlar şunçaki olim yoki ijod kişilarigina bölib qolmay, şaxmat ilmining nihoyatda nozik va teran bilimdonlari ham edilar. Erkin aka boşçiligidagi bu yiğin a’zolari şaxmat olamidagi eng sönggi yangiliklarni, grossmeysterlar örtasidagi bahslarni katta qiziqiş bilan kuzatib borardi. Uçraşuvlarda dunyoning eng maşhur şaxmatçilari öynagan murakkab partiyalarni taxtaga birma-bir terib, undagi yaşirin strategiya va taktik jumboqlarni katta mahorat bilan tahlil qilişardi. Aytiş joizki, ahli donişlarning bu öyinlari şunçaki quruq maşğulot yoki sovuq his-hayajondan yiroq musobaqa emasdi.

Bu davrada öziga xos gözal va yuksak madaniyatli öyin qoidalari mavjud edi. Iştirokçilar hazil va çiroyli kinoya tariqasida maxsus öyin protokollarini yurgizişar va bu turnirni katta iftixor bilan “Jahon birinçiligi” deb nomlaşardi. Davraning muqim boş hakami esa, odatdagidek, xalqaro toifadagi hakam – otaxon Mamajon Muhitdinov bölardi. Mamajon aka xuddi Butunjahon şaxmat Olimpiadasi finalini boşqarayotgandek jiddiy va rasmiy qiyofada turnir varaqalariga qaydlar kiritar, final protokollarini imzolardi. Bu holat yiğinga yanada zavqli, jozibador va unutilmas, samimiy ruh bağişlardi. Ozod Şarafiddinov va azaliy raqibi Rahmatilla Inoğomovning kutilmagan öyinlari va ötkir yurişlariga javoban Erkin Vohidovning nozik yumor bilan yöğrilgan  bayti yoki latif mutoyibasi yangrardi. Raqib tomon esa bunga zarofat va ötkir askiya bilan javob qaytarardi.

Bu maydonda ğolib ham, mağlub ham birdek mamnun bölar, davraning ajabtovur ma’naviy zavqidan ruhlanardi. Yoniq va şiddatli lahzalarni anglamoq uçun uni faqat köriş kerak edi. Bu yerda çinakam, samimiy va hayotbaxş dramatizm bor, ammo unda aslo alamzadalik yoki xusumat yöq; davrada faqat va faqat tafakkurning gözal zavqi, aql va oliyjanoblik uyğunligi hukm surardi. Bahslarni taşqaridan kuzatgan odam, u yerda oddiy öyin emas, balki oldindan mohirlik bilan yozilgan, kulgi va ziddiyatga töla klassik spektakl ijro etilayotganini his qilib turardi.

Tafakkur spektaklining boş rejissyori esa – ustoz, söz va aql zargari Erkin Vohidov edi. Yiğin oyda bir – yakşanba kuni ertalab soat 10 da boşlanib, to tun yarmi – soat 24 gaça bir lahza ham susaymasdan davom etardi. Uşbu zabardast siymolarni şunça soat davomida bir joyga zanjirband qilib, soatlar ötganini sezdirmay uşlab turgan asl kuç – şaxmatga bölgan çeksiz muhabbat hamda Erkin Vohidov va u kişi atrofidagi döstlarining yuksak intellektual salohiyati, özaro mehr-oqibati edi.

Uşbu norasmiy klubning nufuzi va obrösi vaqt ötib şu qadar balandladiki, unga dunyoning eng maşhur jahon şaxmatçilari ham taşrif buyurişni özlariga yuksak şaraf deb bilişdi. Özbekistonning ilk grossmeysteri Georgiy Agzamovdan tortib, jahon çempionlari Anatoliy Karpov va Garri Kasparov ham Toşkentga safar çoğida uşbu fayzli özbekona davraning aziz va qadrli mehmonlari bölişgan.

Ayniqsa, 2004-yilda Rustam Qosimjonov jahon çempioni bölib, dunyoni lol qoldirganida, uşbu ulfatlarning quvonçini bir körsangiz edi! Buyuk zafar xabarini eşitgan şoirning közlaridagi quvonç yoşlari, qalbidan toşib çiqqan milliy ğurur tuyğularini tasavvur etiş qiyin edi. Negaki, Rustam Qosimjonov çempionlik şohsupasiga çiqişdan avval mana şu tabarruk davrada dona surgan, Erkin Vohidov va Ozod Şarafiddinov kabi millat uluğlarining duosi – oq fotihasini olgan edi.

Şoir özi yillar davomida qalb qöri bilan ardoqlagan şaxmat an’anasi mana şunday jahonşumul meva berganidan behad baxtiyor bölgandi. Uluğ ustozlarning birin-ketin bu yoruğ dunyoni tark etişi (ruhlari şod bölsin!) bilan özbek ziyolilarining noyob javohiri bölgan “Şaxmat gap” yiğinlari ham öz faoliyatini yakunladi. Ammo Erkin Vohidov asrab-avaylagan ma’naviy meros, teran tafakkur maktabi aslo yöq bölib ketgani yöq. Bugun özbek yoşlarining dunyoda şaxmat tojini heç kimga bermay kelayotgani, Butunjahon şaxmat Olimpiadalarida oltin medallarni qölga kiritayotgani zamirida öşa uluğ ustozlar poydevorini qöygan intellektual iqlim, ma’naviy tarbiyaning hissasi beqiyos.

Bugun ustoz şoirning 90 yillik tavalludi arafasida biz uşbu xotira va tarixiy haqiqatlarni eslaş orqali ularni kelajak avlodga yetkazişni özimizning muqaddas burçimiz deb bildik. “Şaxmat gap” şunçaki döstlarning uçraşuvi emas, u Erkin Vohidov şaxsiyati va dahosi atrofida jipslaşgan, millatning aql-zakovatini eng oğir yillarda ham sof holda asrab qolgan buyuk bir maktab edi. Tafakkur taxtasida boşlangan uşbu yuksak va xayrli öyinlar esa bugun yangi avlodlar qalbida yangi-yangi jahonşumul zafarlar timsolida izçil davom etmoqda.

Yorqin INOĞOMOV,
yozuvçi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 47-sonida


SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI

Hayoti Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tuğilgan. Tokio universitetida tahsil olgan. 1958-yilda doktorlik işini muvaffaqiyatli himoya qilgaç, AQŞga köçib ötgan. Avval Milliy okeanografiya va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasida işlagan, bir muddat Yaponiyada yaşagaç, yana Prinston universitetiga qaytib kelgan. Hozirda şu universitetda faxriy meteorolog. 2007–2014-yillarda Nagoya universitetida maxsus taklif qilingan professor sifatida işlagan. Kaşfiyoti Insoniyat uçun hayotiy […]

19.11.2026 | 09:08

img518

“KITOB, MENING DÖSTIMSAN”

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida yana bir turkum kitoblar naşrdan çiqdi. “Sohibqironga ehtirom” nomli yangi töplamdan şonli ajdodimiz Amir Temurga bağişlab yozilgan nazmiy asarlar örin olgan. Atoqli şoirimiz Abdulla Oripovning şunday satrlari bor: Har qança faxr etsang arziydi, özbek,Balqibsan bir zotning yuksak şonida.Temurbek yulduzi Oltin qoziqdekÇaraqlar buyuklar kahkaşonida. Abdurauf Fitrat, Alixontöra Soğuniy singari atoqli ma’rifatparvarlarning maşhur […]

18.11.2026 | 15:39

img539

OG‘RIQ NUQTA

Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]

17.11.2026 | 14:24

img695