19.11.2026 | 09:08
50
SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI
Hayoti
Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tuğilgan. Tokio universitetida tahsil olgan. 1958-yilda doktorlik işini muvaffaqiyatli himoya qilgaç, AQŞga köçib ötgan. Avval Milliy okeanografiya va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasida işlagan, bir muddat Yaponiyada yaşagaç, yana Prinston universitetiga qaytib kelgan. Hozirda şu universitetda faxriy meteorolog. 2007–2014-yillarda Nagoya universitetida maxsus taklif qilingan professor sifatida işlagan.

Kaşfiyoti
Insoniyat uçun hayotiy ahamiyatga ega bölgan murakkab tizimlardan biri – Yer iqlimi. Syukuro Manabe atmosferadagi karbonat angidrid miqdorining ortişi Yer yuzasida haroratning oşişiga olib kelişini körsatib berdi. 1960-yillarda Yer iqlimining fizik modellarini işlab çiqişga rahbarlik qildi. Radiatsiya balansi va havo massalarining vertikal taşişi örtasidagi özaro ta’sirni örgangan birinçi olim böldi. Uning işi hozirgi iqlim modellarini işlab çiqiş uçun asos yaratdi.
E’tirof
2021-yilda fizika böyiça Nobel mukofotining yarim uluşi Yer iqlimini fizik modellaştiriş, iqlim özgarişini aniqlaş va global isişning işonçli tahlili uçun Klaus Xasselman va Syukuro Manabega, yarim uluşi atomlardan sayyoralargaça bölgan fizik tizimlarda tartib va tebranişlarning özaro ta’sirini kaşf qilgani uçun Jorjo Pariziga berildi. Jahon ilm-fan jamoatçiligi uşbu mukofotni öz vaqtida, ya’ni, BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 26-sessiyasi – COP26 arafasida berilganini e’tirof etgan.
Ayniqsa, Syukuro Manabe tomonidan işlab çiqilgan, atmosfera va ummonlar örtasidagi özaro ta’sirni hisobga oladigan raqamli simulyatsiya usullari iqlimşunoslik “ob-havosi”ni özgartirib yubordi. Iqlim ob-havo kabi qisqa muddatda özgarmaydi, uning evrilişi asrlarni qamrab oladi. Buni esa kunlik yo haftalik xabarlar beruvçi gidrometeorologiya xizmati orqali kuzatib, aniqlab bölmasdi. Manabe insoniyatga ana şu imkonni – iqlimni ham ob-havoday başorat qiliş yölini oçib berdi. Bu esa ilm-fan olamiga yangi havo olib kirdi, bölajak tadqiqotlarga poydevor qöydi.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida
UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR
Ötgan oyda Toşkent şahrida arxitektura organlarining ruxsatisiz 720 dan ortiq köp qavatli uy qurilgani haqida xabar tarqaldi. Unga Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatovning Qonunçilik palatasidagi “Hukumat soati”da bergan javobi asos bölgan. Vazirlik 22-oktyabrdagi rasmiy tuşuntirişida bunday köp qavatli uylar soni 61 ta ekanini bildirdi. Ötkazilgan tekşiruvlarda 320 dan ortiq noqonuniy obyekt aniqlangan, […]
18.11.2026 | 14:02
179
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
263
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
210



