25.11.2026 | 16:02
85
SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI
Joriy haftada poytaxtimizdagi “Akademiya” galereyasida Özbekiston xalq rassomi, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi, Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Javlon Umarbekovning “Absurdlar” nomli körgazmasi bölib ötdi. San’at arbobi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan asarlar muallifning zamonaviy dunyoga munosabati va inson tafakkuridagi evrilişlar xususidagi muşohadalarini aks ettirgani bilan e’tiborlidir.

AKSDAGI ASL KIM?
Bugun inson hayotiga kirib kelgan sun’iy ong nafaqat mehnat jarayoni, axborot oliş va muloqot usullarini, balki fikrlaş tarzimizni ham özgartirmoqda. U matn yozadi, tasvir yaratadi, musiqa bastalaydi, savollarga javob beradi, qaror qabul qilişda kömaklaşadi. Biroq u nimani anglaydi? Uning imkoniyatlari qayergaça boradi? Inson özi yaratgan aql bilan qanday munosabat örnatişi kerak?
Javlon Umarbekov bu savollarga tayyor javob berişga şoşilmaydi. “Men sun’iy intellektni na tahdid, na najot deb qabul qilaman. Men uçun uning hayotimizga qanday kirib kelayotgani va uning tuzilişini sezilmas tarzda özgartirayotganini kuzatiş qiziqroq”, deb yozadi rassom körgazmaga ilova qilingan katalogda. Rassom zamonaviy texnologiyalarni insoniyatning ming yillik tafakkuri, afsonalari va madaniy xotirasi bilan qiyoslaydi. Natijada ötmiş va bugun, tabiiylik va sun’iylik, inson va maşina örtasidagi murakkab munosabatlar ranglar, obrazlar va ramzlar orqali namoyon böladi.
“Sönggi nigoh” asarida qadimgi yunon mifologiyasining maşhur qahramoni Narsiss obrazi zamonaviy texnologik muhit bilan boğlanadi. Ma’lumki, Narsiss suvdagi öz aksini körib, unga mahliyo bölib qoladi. U özini kuzatar ekan, asl va aks örtasidagi çegarani yöqota boradi. Umarbekov talqinida esa qahramon qarşisida ulkan orbital stansiya paydo böladi. U bir vaqtning özida maşina, qal’a va yangi ong timsolini eslatadi. Rassom bu obraz orqali sun’iy intellekt özini inson deb öylayotganini ta’kidlaydi. Axir, uning xotirasi, bilimi, tili va xatolari ham inson tomonidan yaratilgan-ku. U bizning ma’lumotlarimiz asosida örganadi, fikrlaş uslubimizni özlaştiradi. Biroq vaqt ötişi bilan insonning özi ham maşina javoblari, tavsiyalari va qarorlari orqali dunyoga qaray boşlaydi.
Şunda qiziq bir savol tuğiladi: maşina insonning aksimi yoki inson tobora maşinaning aksini köra boşlayaptimi? “Men bu yerda kim asl, kim aks ekanini bilmayman. Balki bir payt kelib bu savolning özi ahamiyatini yöqotar”, degan mazmundagi rassom muşohadasi asarning falsafiy mohiyatini oçadi.
QÖRQUVMI YOKI RAQIB?
“Mutafakkir” asarida inson va maşina bir-biriga qarama-qarşi qöyiladi. Maşina ekranlar, hisoblaş tizimlari va axborot muhiti bilan qurşalgan. Inson esa uning qarşisida öz tafakkuri va anglaş qobiliyati bilan namoyon böladi. Rassom inson bir fikrga keliş uçun yillar sarflaşi, maşina esa bir soniyada millionlab variantlarni tahlil qilişi mumkinligini ta’kidlaydi. Ammo tezlik hali anglaş degani emas.
“Raqs algoritmi” asarida ham ana şu muammo boşqa bir badiiy obraz orqali ifodalanadi. Qadimgi Hind falsafasida olamning harakati, yaratiliş va vayron böliş jarayonlari bilan boğliq Şiva raqsi zamonaviy algoritmlar bilan yonma-yon keladi. Bu yerda harakat, özgariş va yangilaniş ramzi bölgan qadimiy obraz zamonaviy texnologiyalar bilan uyğunlaşadi. Rassom uçun muhim masala: taşqi ritm qançalik tezlaşmasin, inson özining içki markazini saqlab qola oladimi?
“Sönggi istak” asarida Olovuddin va jin haqidagi qadimiy afsona zamonaviy ma’no kasb etadi. Rassom jin obrazini insonning hali öz xohişlarini boşqarişni örganmagan holda, ularning ijrosini talab qilişi bilan boğlaydi. Bugun sun’iy intellekt ham köplab sörovlarga javob beradi, yeçimlar taklif qiladi, başoratlar qiladi va inson topşiriqlarini bajaradi. Biroq uning muhim xususiyati bor: u berilgan topşiriqni bajarişi mumkin, ammo uning ortidagi insonga xos ma’noni anglaşi şart emas.
“Raqib illyuziyasi” asarida Don Kixot va Sanço Pansa obrazlari orqali insonning noma’lum narsaga munosabati yoritiladi. Don Kixot tegirmonlarni devlar deb qabul qilgani kabi, bugun ham inson sun’iy intellektga turliça munosabatda bölmoqda. “Qörquv köpinça voqelikdan köra aniqroq manzara çizadi”, degan iqtibos bu asarning eng muhim xulosalaridan biridir.
Şuningdek, “Qoçqinlar” asarida ham inson va algoritm munosabati boşqa bir nuqtayi nazardan körib çiqiladi. Inson sun’iy intellektga yöl tanlaşni işonib topşirişi mumkin, ammo algoritm köplab yönalişlarni körsatgani bilan ularning qaysi biri haqiqatan töğri ekanini inson örnida hal qila olmaydi. Rassom bu borada şaxsiy tanlov va mustaqil nigohni saqlab qoliş zarurligini ta’kidlaydi.
JAVOB EMAS, SAVOL MUHIM
Körgazma katalogi sahifalarida “Ğalaba kodi”, “Keçirim qiyofalari”, “Aqlli insondan keyin” va “Özimga maktub” kabi asarlar nomlari ham uçraydi. Ularning nomlanişidayoq insonning özligi, kelajak, xotira, ma’naviy tanlov va öz-özi bilan muloqot qiliş kabi keng mavzularga işora bor. Ayniqsa, “Aqlli insondan keyin” nomi insoniyat sivilizatsiyasining keyingi bosqiçi haqida öylaşga undaydi.
Javlon Umarbekovning “Absurdlar” körgazmasidagi eng muhim jihat şundaki, rassom tomoşabinga muayyan xulosani singdirişga urinmaydi. Uning uçun bugungi davrning eng muhim hodisasi – insoniyat va özi yaratgan yangi ongning uçraşuvidir. “Men javob izlamayman. Savolning qanday özgarayotganini kuzataman”, deydi muallif.
“Absurdlar” – bu faqat sun’iy intellekt haqidagi körgazma emas. Bu insonning özi yaratgan dunyo oldidagi mas’uliyati, tezlaşib borayotgan zamonda özligini saqlaşga intilişi va kelajak bilan yuzlaşuvi haqidagi badiiy mulohazalardir. Ehtimol, körgazmaning eng muhim savoli ham şu: biz yangi ong yaratyapmiz, ammo uning qarşisida öz insoniyligimizni saqlab qolişga qançalik tayyormiz?
Muyassar IBROHIMOVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 47-sonida
BARI BOLA BIRDAY
20-noyabr – Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya qabul qilingan kun. Ayni paytda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligi sanasi yaqinlaşmoqda. Har ikki hujjatning markazida inson qadri, haq-huquqi turibdi, jumladan, bola huquqi ham. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 44-moddasiga asosan, bolalar mehnatining bolaning soğliği, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanişiga xavf soluvçi, şu jumladan, ta’lim olişiga tösqinlik qiluvçi har qanday […]
25.11.2026 | 11:31
97
ZIYOLI MAS’ULIYATI
Har bir millatning ma’naviy qiyofasi, tafakkur darajasi va kelajakka intilişida ziyolilarning örni alohida. Ular jamiyatdagi voqea-hodisalarni teran anglaydigan, bilim va tajribasi bilan atrofdagilarga yöl körsata oladigan, ezgulik va adolat mezonlarini hayotda qaror toptirişga intiladigan insonlardir. Şu bois, xalq azaldan ziyolilarga hurmat bilan qaragan, ularning fikriga quloq tutgan, hayotiy tajribasi va ma’naviy qaraşlaridan ibrat olgan. Biroq […]
24.11.2026 | 15:39
195
XARAKTER MUSAVVIRI
Yaqinda iste’dodli adib Şuhrat Matkarimning “Ijod Nashr” naşriyoti tomonidan ikki jildga jamlangan asarlari bosilib çiqdi. Kitoblar mundarijasiga nazar taşladim. Öqimaganimdan öqiganlarim köp. Birinçi jilddan ellikdan ortiq hikoya joy olibdi; ikkinçi jildga kiritilgan önga yaqin hikoya, bir neçta qissa va bitta drama – bularning bari Şuhrat Matkarimning keyingi davr ijod mahsuli. Ikki jildlik kitob tarkibidan iste’dodli […]
24.11.2026 | 12:25
153



