Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 16°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


25.11.2026 | 11:31

img97

BARI BOLA BIRDAY

20-noyabr – Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya qabul qilingan kun. Ayni paytda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligi sanasi yaqinlaşmoqda. Har ikki hujjatning markazida inson qadri, haq-huquqi turibdi, jumladan, bola huquqi ham. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 44-moddasiga asosan, bolalar mehnatining bolaning soğliği, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanişiga xavf soluvçi, şu jumladan, ta’lim olişiga tösqinlik qiluvçi har qanday şakllari taqiqlandi. Birinçi marta ta’lim taşkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bölgan bolalar uçun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanişi 50-modda bilan alohida mustahkamlandi. Eng muhimi, “Oila, bolalar va yoşlar” deb atalgan yangi bob Boş Qomusimizdan joy oldi.

Oliy hujjatning 77-moddasiga köra, ota-onalar va ularning örnini bosuvçi şaxslar öz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqiş, ularning tarbiyasi, ta’lim olişi, soğlom, tölaqonli kamol topişi xususida ğamxörlik qilişga majburdir. Davlat va jamiyat yetim hamda ota-ona vasiyligidan mahrum bolalarning har tomonlama kamol topişini ta’minlaydi, şu maqsadda xayriya faoliyatini rağbatlantiradi. 78-moddada esa bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş hamda himoya qiliş, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan tölaqonli rivojlanişi uçun eng yaxşi şart-şaroitlarni yaratiş davlatning majburiyati ekanligi alohida körsatilgan.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada bolaning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kafolatlaş va ta’minlaş qonunçilikda öz ifodasini topmoqda. Jumladan, Oila kodeksining 68-moddasi qaror qabul qilişga vakolatli bölgan organlar va mansabdor şaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilişda bolaning fikrini, uning yoşidan qat’i nazar, körib çiqişi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib çiqqan holda qarorlar qabul qilişi kerakligi töğrisida yangi mazmundagi jumla bilan töldirildi. Özbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonuniga voyaga yetmagan şaxslarning murojaatlarini körib çiqişning öziga xos xususiyatlari böyiça yangi modda kiritildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida”gi farmoni imzolanişi jamiyat hayoti va milliy qonunçiligimizda yangi davrni boşlab bergan edi. Özbekiston Respublikasining “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonunining qabul qilinişi esa xalqimiz kutgan voqea böldi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning uşbu qonunga munosabati ham hujjatning tarixiy ahamiyatini körsatib beradi: “Yoş bolaga nisbatan zöravonlikka aslo toqat qilib bölmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bölişi şart. Özbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa – u xoh ta’lim muassasasi xodimi bölsin, xoh yaqin qarindoşi – javobgarlikka tortiladi. Bolaning ölimiga sabab bölgan jinoyatlar uçun berilgan jazo aslo yengillaştirilmaydi. Bundan buyon 14 yoşga tölmagan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday oğir jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş muddatida çeklov bölmaydi. Yoş bolaning xavfsizligi şart-şaroit yoki vaziyatlarga boğliq bölişi mumkin emas. Bolalar hayoti, soğliği, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qoçib qutula olmasligini bilişi şart”.

* * *

Davlatimiz rahbari Özbekiston bolalariga murojaat qilib şunday deydi: “Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eşiklarini oçadigan kalit ham, umr yöllaringizda paydo böladigan murakkab savollarning yeçimi, sinov va maşaqqatlarni yengib ötişning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Gözal yoşlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, ğoya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil örganing. Izlaniş va harakatdan heç qaçon töxtamang”.

Diyorbek SOATALIYEV tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 47-sonida


SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI

Joriy haftada poytaxtimizdagi “Akademiya” galereyasida Özbekiston xalq rassomi, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi, Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Javlon Umarbekovning “Absurdlar” nomli körgazmasi bölib ötdi. San’at arbobi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan asarlar muallifning zamonaviy dunyoga munosabati va inson tafakkuridagi evrilişlar xususidagi muşohadalarini aks ettirgani bilan e’tiborlidir. AKSDAGI ASL KIM? Bugun inson hayotiga kirib […]

25.11.2026 | 16:02

img81

ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI

HAYOTI 1930-yil 15-dekabrda Fransiyaning Bulon-Biyankur şahrida tavallud topgan. Milliy kimyo oliy maktabi va Sorbonna universitetini bitirgan. 1954-yildan 1962-yilgaça Milliy ilmiy tadqiqotlar markazida (CNRS) işlagan. 1960-yilda doktorlik darajasini oldi. Bir neça yil Alen Oro qöl ostida ilmiy xodim bölib işladi va Fransiya kollejida laboratoriya direktorining örinbosari böldi. 1967-yilda Orse şahridagi Parij-Sud universitetining Fanlar fakultetida tadqiqot guruhini […]

25.11.2026 | 09:24

img117

SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI

Hayoti Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tuğilgan. Tokio universitetida tahsil olgan. 1958-yilda doktorlik işini muvaffaqiyatli himoya qilgaç, AQŞga köçib ötgan. Avval Milliy okeanografiya va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasida işlagan, bir muddat Yaponiyada yaşagaç, yana Prinston universitetiga qaytib kelgan. Hozirda şu universitetda faxriy meteorolog. 2007–2014-yillarda Nagoya universitetida maxsus taklif qilingan professor sifatida işlagan. Kaşfiyoti Insoniyat uçun hayotiy […]

19.11.2026 | 09:08

img791