Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


26.11.2026 | 10:48

img134

ULKAN XAZINA

Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurovning farzandi Zulayho ALIMOVA bilan suhbat

– Zulayho opa, atoqli adabiyotşunos, tarjimon va adib, san’at arbobi Ibrohim Ğafurov nomidagi Tarjima va ijod maktabining kutubxonasi biz uçun faqat suhbat manzili emas, balki boş mavzumizdir. Uşbu maskan Özbekiston davlat jahon tillari universitetida joylaşgan. Keling, suhbatimizni ziyoli kutubxonasi mavzusidan boşlaylik…

– Odatda, dadam haqida söz ketsa, u kişining şaxsiyati, ijodi, xotiralar haqida söraladi. Lekin “Jadid” gazetasi doimgidek yangiça yöldan bordi. Şuning uçun ham dadam naşrlaringizni sevib öqir edi.

Bilasizmi, buyuk allomalar merosini anglaşda ularning öz asarlaridan taşqari, özlari öqigan, yiqqan asarlar ham muhim örin tutadi. Qani endi, bugun bizda Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino kabi ajdodlarimizning kutubxonalari bölsa… Bu uç daho saroylarga faqat bir maqsad – bebaho kutubxonalardan foydalaniş uçun yaqinlaşgan. Mirzo Uluğbek yaratgan kutubxona vafotidan keyin ham Samarqandning ilm olamidagi qudratini saqlab turgan. Manbalarda Zahiriddin Muhammad Bobur Hirotga borganida, Alişer Navoiy kutubxonasini körgani, undan foydalangani keltiriladi. Bu neçoğlik baxt! Şu orqali Ğiyosiddin öğli Alişer qanday qilib Navoiy darajasiga kötarilganini anglaş mumkin.

Kutubxonalarning ahamiyati şundaki, bosqinçilar qaysi xalqni ğorat etmoqçi bölsa, öşa joydagi kutubxonalarga öt qöygan. Oqibat? Fizika böyiça Nobel mukofoti sohibi Pyer Kyuri ta’sirli javob bergan: “Musulmonlar Andalusiyasidan bizga bor-yöği 30 ta kitob qoldi, xolos. Ularni öqib, atomni parçalaşga erişdik. Agar biz öşa buyuk islom sivilizatsiyasiga tegişli kitoblarni yoqib yubormay, saqlab qolganimizda, bugun galaktikalar aro sayr qilib yurgan bölardik”.

XX asr boşida jadidlar oliy maqsadlari sari ilk qadamlarni Eski şahardagi “Turon” kutubxonasidan boşlagani ham bejiz emas. Ötgan asrda özini ziyoli ahliga daxldor sanagan odamlarning uyida şaxsiy kutubxonasi bölgan. U yerda seriyali kitoblar, katta gazeta-jurnallar va hokazolarni uçratiş mumkin edi. Ayniqsa, obuna bölib olinadigan asarlarni bir tokçaga tersangiz, unça-munça bezakdan köra ziynatli bölib turardi. Ammo açinarli tomoni – aksar hollarda, bu faqat haşam uçun xizmat qilgani ham bor gap. Şuning uçun ba’zi jildlar bir marta ham oçib körilmasdi.

Bunga zid ravişda asl ziyolilarning xonadonidagi kitoblar uringan, ezilgan, ta’mirlangan, sahifalari qaydlar, xatçöplar bilan töla bölardi. Masalan, bugun ham Oybek, Abdulla Qahhorning uy-muzeyiga borsangiz, birorta “soğ” jildni topolmaysiz. Ana şu xazina saqlab qolinganining ahamiyati adiblarning asarlari saqlab qolinganidan kam emas. Marhamat, bugun qiziquvçilar borib körsin: Oybek hazratlari nima asar öqigan? Qahhorning qalami qaysi çarxlarda ötkirlangan?

Hermann Hessening “Jahon adabiyoti kutubxonasi” degan zalvorli essesi bor. Unda adib umr böyi öqib, saralagan asarlarini yod etib, ularning ahamiyatini qisqaça keltirib ötgan. Ana şu qisqa röyxatning özidan yuzga yaqin muallif sanaladi. Demak, nobelçi adib osmondan tuşmagan ekan. Navoiyning “Majolis un-nafois” risolasi undan-da salmoqli qomusdir. Bu ham uluğlar kutubxonasi haqida, kitobxonlik madaniyati haqida tasavvur uyğotadi.

Dadamning esse va mansuralarida ham köplab mualliflar, asarlar nomi va iqtiboslar keltiriladiki, bu ham Ibrohim Ğafurov fenomeni haqida tasavvur beradi.

– Demak, asl ziyoli ijodkorlar nafaqat kutubxonalarni boyitadi, şu bilan birga, özlaridan ham avlodlar uçun muhtaşam kutubxona qoldiradi.

– Dadamning vafotidan keyin u kişi naqadar ulkan xazinani tasarruf etganini anglab yetdik. Bu kitoblarni saqlaş va foydalaniş masalasi zimmamizga katta mas’uliyat yukladi.

Universitetda tarjima maktabi oçilgaç, kutubxonani töliq köçirib keliş maqsadi bor edi. Jarayon boşlangaç, dadamning boyligiga yetarliça baho bermaganimiz ma’lum böldi. Şuning uçun uşbu maktabni birinçi bosqiç deb qabul qildik. Kelgusida kitoblar, qölyozmalar va dadamga tegişli boşqa buyumlarni özida jamlagan uy-muzey oçiş niyatimiz bor. Ana şu dargohning salmoqli qismi, albatta, Ibrohim Ğafurov kutubxonasiga ajratiladi. Olimlar, ijodkorlar, kitobxonlar va barça qiziquvçilar bu ma’naviy merosdan bahramand bölişi mumkin. Bizga doim sokin, orasta turadigan muzey emas, tadqiqotçilar, adiblar iş bilan maşğul böladigan, adabiy uçraşuvlar, bahs-munozaralar ötadigan adabiy maskan kerak.

Muhtaram Prezidentimizning adabiyotga, kitobxonlik madaniyatiga katta e’tibor qaratayotgani ezgu niyatlarimizga qanot bağişlamoqda. Töğri, uy-muzey uçun yer oliş, imorat tiklaş, rasmiyatçilik işlari kutib turibdi bizni. Biroq men işonamanki, bu masalalarda bizga töğri yöl körsatadigan, yordam beradigan yurtdoşlarimiz topiladi. Çunki xalqimiz dadamni neçoğli hurmat qilişini çuqur his qilaman. Qarang, qanday gözal kutubxonalar oçilyapti. Ular safiga yana biri qöşilsa, nur ustiga nur böladi. Tarjima maktabidagi kutubxona ham gavjum. Talabalar doim şu yerda.

Ilm insonni yaxşilikka çorlar ekan. Yaxşi işlar tizimli va bardavom bölişi kerak. Maşhurlarning farzandi böliş faqat imtiyoz yo şon-şuhrat emas, balki milliy mas’uliyat ham. Baholi qudrat, dadamning ilmiy-ijodiy merosini tarğib etişda davom etamiz. Bu işlarimiz tarjimonlarga, tarjimaşunoslarga kömak bölsa, boşimiz osmonga yetadi. Yangi avlod mutarjimlarining şakllanişiga hissa qöşsak, dadamning ruhlari şod böladi. Zero, ilm maskanlarining obodligi u yerga taşrif buyuruvçilarning soni va salohiyatiga boğliq.

Şukurki, kutubxona oçilişi xayrli boşlandi. Tadbirda taniqli olimlar, yozuvçilar, yoşlar iştirok etdi. Hatto, çet ellik mehmonlarimiz ham böldi.

– Xorijliklar tarjimon kutubxonasidan qanday taassurotlar oldi?

– Kutubxonaga kelgan mehmonlarimiz malayziyalik ekan. Körib juda quvonişdi. Ularga Ibrohim Ğafurov jahon adabiyotining önlab mumtoz namunalarini, xususan, Dostoyevskiy, Mopassan, Xeminguey, Markes, Joys, Aytmatov kabi adiblarning maşhur asarlarini özbek tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilib, badiiy tarjimaçilik sohasida öziga xos ijodiy maktab yaratganini aytdik. Oçiği, hayratdan bir-biriga qarab öz tillarida “Ofarin”, “Fantastika bu”, “Ulkan jasorat” deb xitob qildi. “Biz siz sanagan adiblarning asarlarini yozilgan tilida öqib ham tuşunişga qiynalganmiz. Inglizça, fransuzça tarjimalarni anglaşda ham köp ter tökkanmiz. Agar Ğafurov “Aka-uka Karamazovlar”, “Uliss”, “Buzrukning kuzi”ni öz tiliga ögirib, xalqiga manzur qila olgan bölsa, haqiqiy qahramon ekan”, deyişdi samimiy hayrat bilan.

Kamina ularga Ibrohim Ğafurov rostdan ham Özbekiston Qahramoni, san’at arbobi, tarjimonlar uçun ta’sis etilgan Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotning ilk sohiblaridan ekanini aytganimda, hayratlari ön çandon ziyoda böldi. Çunki davlat miqyosida tarjimonga bunça e’tiborni ular özlari borgan biror davlatda körişmagan ekan. Yozuv maşinkasini körib, jild-jild kitobni şu qurilmada teriş, yana özi ham asarlar yozişga toqat qilgani, qayta-qayta köçirganini eşitib, özbekona aytganda, igna bilan quduq qaziş maşaqqati oldida boş egişdi. “Agar imkoniyatimiz bölganida mana şu universitetlarda öqirdik, mana şu joylarda tarjima bilan şuğullanardik”, deyişdi. Bular, albatta, yoruğ yuz bilan aytadigan gaplar.

– Katta avlod ijodkorlaridan ziyoli deganda Asqad Muxtor siymosi köz oldimizga kelardi, degan sözni köp eşitganmiz. Bizning zamonamizda esa ziyoli deganda Ibrohim Ğafurovni tuşunadiganlar juda köp. Ibrohim Ğafurov nafaqat kutubxona qoldirdi, balki özi ham bir kutubxonaga yetgulik kitoblar yozdi, tarjimalar qildi. Agar ustozning turli yillarda va tillarda çiqqan kitoblari jamlansa, bir neça javonga jam bölişi, şubhasiz. Ustozning “Adabiyot dunyosi” ruknida 8 jildlik “Asarlar”i çop etildi va katta qiziqiş bilan kutib olindi. Nazarimizda, buning davomi ham bölsa kerak?

– Filologiya fanlari doktori Şahnoza Nazarova naşrga tayyorlagan köp jildlik dadamning mualliflik kitoblaridan tuzilgan. “Joziba”, “Yurak – alanga”, “Şeriyat – izlaniş demak”, “Dil erkinligi”, “Hayo – xaloskor”, “Mangu latofat”, “Parivaşlar majlisi”, “Oltin qoziq” asarlari sotuvda qolmagan, kutubxonalarda ham ehtiyoj paydo bölgan edi. “Yangi asr avlodi” naşriyoti hamda saxovatli insonlar kömagida uşbu loyiha amalga oşirildi. Quvonarlisi, dadam şu kunlarni kördi. Hali köp jildlikning davomi sifatida 12 kitobga möljallangan “Tarjima dunyosi” rukni ham rejalaştirilgan. Qolaversa, Ibrohim Ğafurovning ilmiy asarlari, keyingi yillarda yozilgan maqolalari, taqrizlari, nutqlari, xatlari, qaydlari va qölyozmalari ham yana beş-olti jildga yetadigan material böladi. Dadam haqidagi ustozlari, jahon adiblari, zamondoşlarining xotiralari ham salmoqli. Oldinda mana şu kitoblarni naşrga tayyorlaş, çop etiş, olimlarimiz bilan hamkorlikni davom ettiriş, loyihalarni moliyalaştiriş kabi katta maqsadlarimiz turibdi. Rejalar ulkan, imkon qadar ularni amalga oşiramiz.

– Sizga kuç-quvvat va muvaffaqiyat tilab qolamiz. Ibrohim Ğafurov kutubxonasi kengayib boraversin. Samimiy suhbatingiz uçun rahmat.

Zarnigor IBROHIMOVA suhbatlaşdi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 47-sonida


TARIX PARÇALARI

“1865-yilda Toşkentni bosib olgan çor qöşini janubga köz tikdi, 1867-yilda yonginadagi Xovosni egallab, Samarqandga qarab siljidi. Mamlakat bosqinçi oyoği ostida qoldi… Normuhammad hoji qattiq taşvişga tuşdi”… Bundan söng ötgan asrning 30-yillarini tasavvur qiling. Andijonlik Egamnazarboy “quloq” qilinib, Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun bölyapti. Şu yerda qiziq hodisa röy beradi. Akasi Beknazar söfining öğli Rahmatqul: “Egamnazarboy amakim […]

26.11.2026 | 09:21

img142

SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI

Joriy haftada poytaxtimizdagi “Akademiya” galereyasida Özbekiston xalq rassomi, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi, Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Javlon Umarbekovning “Absurdlar” nomli körgazmasi bölib ötdi. San’at arbobi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan asarlar muallifning zamonaviy dunyoga munosabati va inson tafakkuridagi evrilişlar xususidagi muşohadalarini aks ettirgani bilan e’tiborlidir. AKSDAGI ASL KIM? Bugun inson hayotiga kirib […]

25.11.2026 | 16:02

img212

ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI

HAYOTI 1930-yil 15-dekabrda Fransiyaning Bulon-Biyankur şahrida tavallud topgan. Milliy kimyo oliy maktabi va Sorbonna universitetini bitirgan. 1954-yildan 1962-yilgaça Milliy ilmiy tadqiqotlar markazida (CNRS) işlagan. 1960-yilda doktorlik darajasini oldi. Bir neça yil Alen Oro qöl ostida ilmiy xodim bölib işladi va Fransiya kollejida laboratoriya direktorining örinbosari böldi. 1967-yilda Orse şahridagi Parij-Sud universitetining Fanlar fakultetida tadqiqot guruhini […]

25.11.2026 | 09:24

img226