Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


26.11.2026 | 09:21

img141

TARIX PARÇALARI

“1865-yilda Toşkentni bosib olgan çor qöşini janubga köz tikdi, 1867-yilda yonginadagi Xovosni egallab, Samarqandga qarab siljidi. Mamlakat bosqinçi oyoği ostida qoldi… Normuhammad hoji qattiq taşvişga tuşdi”…

Bundan söng ötgan asrning 30-yillarini tasavvur qiling. Andijonlik Egamnazarboy “quloq” qilinib, Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun bölyapti. Şu yerda qiziq hodisa röy beradi. Akasi Beknazar söfining öğli Rahmatqul: “Egamnazarboy amakim uzoq yerlarga ketyapti, öğli yöq, unga kömakçi kerak. Joyi jannatda bölgur otam bir kuni, kenja öğlimni senga öğil qilib beraman, deganlarini öz quloğim bilan eşitganman”, deya yigirma ikki yoşli ukasi Ahmadqulni qöşib yubormoqçi böladi – “Ham otamning aytganini bajaramiz, ham amakimga şerik böladi, dastyorlik qiladi, qaraşadi musofir yerlarda…” Oqibatni qarang, “quloq” bölgan amakiga navqiron yigitni qöşib yuborişmoqçi.

“Katta Farğona kanali qurilarkan… Quşqönoq qişloğining yonidan ötarmiş. Bizning kolxozga Quşqönoq bilan Gumxona qişloqlari örtasidan joy tegibdi. Qazir ekanmiz. Ertaga borib öşa yerni körib kelaman… Keyin xotin-u erkak, butun kolxoz köçib boramiz. Vazifa qattiq…” Keyin esa kutilmaganda uruş boşlandi. “Rahmat rais yigitlarni frontga jönatiş taşvişlari bilan qöl-oyoği boğlangandi. Voyenkomatdan söraşib, odamning hol-joniga qöyişmaydi. Çaqiriq borsa, uyidan qoçib ketadiganlar ham çiqib qolardi… Öttiz ikki yoşli otam uruşga jönaş haqida öylay boşladi”. Faqat raisga aytdiki, “Bahri xolaga yordam bering… Şu beçoraning bolasini olib qoling, aka! Uning işini ham bizga buyuring!” Keyin-çi? “Bir paytlar yuz kilo yukni dadil yelkaga kötara olgan, pisand qilmaydigan pahlavon otam, endi ramaqijon holda, ozib ketgan, nogiron bölib Beşkalga qaytib keldi”. Xöş, şu bilan hamma narsa “omon-omon” bölib ketdimikan? Qayda, deysiz. “Otamning peşanasida bor ekan, jöjabirday oilasidan ayrilib, Sibir degan Xudo qarğagan sovuq joylarda Kemerova viloyatining Stalino şahrida qamoq muddatini ötay boşladi…”

“Toşkentda köp binolar qurildi, ular zilzilada boşpanasiz qolgan oilalar uçun bunyod qilinişi belgilab qöyilgandi. Lekin köp uylarga yordam berişga kelgan quruvçilarning özlari joylaşib olganlari ham ma’lum böla boşladi”. “Yurt boşiga balolar yoğilişda davom etardi… Şarof Raşidov vafotidan keyin (bu siymo yurtga bir qalqon-u soyabon bölib turganligini keyin bildik) “Özbek işi”, “Paxta işi” degan uydirma, tuhmatlar boşlanib ketdi”…

Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Ali qalamiga mansub “Umrlar gulşani” asarini öqir ekansiz, har bir inson taqdiri özi mansub bölgan xalq tarixi bilan çambarças boğliq ekanini yana bir bor anglab yetasiz. Adibning öz hayoti, ajdodlari, oilasi haqidagi har bir lavha sizga taniş tuyulişi ham şundan. Bir sulola taqdiriga xos bölgan voqealar xalqning umumiy tarixini töldiruvçi muhim fragmentlardir. “Roman-esse real voqealarga, aniq hujjatlarga asoslangan”, deya eslatib ötadi muallif. Kitobning har bir satrida tarix xulosalari bilan birga, bağrikeng va mehnatkaş, sodda va oliyjanob xalqimizga bölgan samimiy mehr tuyğulari yaqqol sezilib turadi.

“Erkin buva öşa Xizrni qidirardi. Agar bir odam bilan bir kunda ikki marta uçraşsa ham, har safar baribir boşmoldoqni tekşirib körardi… Men bilan körişganda ham buva neça bor boşmaldoğimni mahkam siqib körgan, lekin mendan Xizr çiqmagan”, deya lutf qiladi muallif bir örinda. “Beşkal” nomi bilan boğliq qişloq hazillariga e’tibor bering: “Odam Ota bilan Momo Havoning eng suyumli farzandlarigina kallik martabasiga erişganlar”, “Köplar qanday kal bölsam ekan, degan orzuda yuradi. Kallikni ham Xudo beradi! Hamma ham bunga erişavermaydi”, “Öşa aqlli odamning kimligini suriştirib körmadingizmi?.. Suriştirib köring, öşa albatta kal bölib çiqadi”… Bu söz öyinlarida kimningdir ustidan kuliş emas, aslo, avvalo, qadrdon qişloqqa bölgan farzandlik muhabbati mujassam ekanini sezasiz.

“Otam pişirgan oş” lavhasi ham öquvçiga zavq beradi. Ota farzand va nabiralar jam bölganidan şodlanib, “özim bir oş pişirib beray”, deb qolsa-ku. Topşiriqlar boşlandi: “öğlim, sen öt yoq”, “qizim, sen piyozni tayyorla”, “sen sabzini töğra”, “sen guruçni tozala”, “sen qozonni qözğab tur”, “suvni sol”, “ötni tort”, “tuzini körib ber”… Xullas, oşpaz qozon qolib, naq dunyoni qovurib yuboray deydi. Heç kimda tin yöq. Bir payt ota kapgirini topolmay qoldi. Qozonda göşt kuyib ketay deb turibdi. Ana endi köring tomoşani. Hamma sarosimada. Nihoyat, kapkir topildi – oşpaz uni özining belboğiga qistirib olgan ekan. Ota yengil tortib jilmaydi: “Yaxşiki, şu yerga qöyibman, bölmasa, yöqolib qolişi aniq edi”. Butun uy ahli aralaşgan oş tayyor böldi. Ota onaga aytdiki, “endi oşni özing suz, katta çarx tovoqqa solgin”. Oş mazali çiqqan, hamma otaga maqtov aytdi. Ota ham mamnun dedi: “Özing pişirgan oşga ne yetsin!..”

Taniqli adibimiz Muhammad Alining öz ajdodlari, ota-onasi taqdiriga, şu asno xalqimiz tarixiga atab bitgan qiziqarli asari – “Umrlar gulşani” roman-essesi “Yangi asr avlodi” naşriyotida ming nusxada naşr etildi.

Nigina ISKANDAROVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-noyabrdagi 47-sonida


ABDULLA GULŞANIY KIM EDI?

Bir ijodkor döstim kuyinib aytib qoldi: “Yaqinda tumanimizda ötkazilgan adabiyot öqituvçilarining yiğilişida qatnaşar ekanman, öqituvçilardan: “Abdulla Gulşaniy haqida ham öquvçilarga ma’lumotlar berasizlarmi?” deb söradim. Avvaliga ular ajablanib bir-birlariga qarab olişdi. Keyin köksiga “a’loçi” nişonini taqqan muallim menga qarab dedi: “Anovi “Zarbulmasal”ni yozganni aytyapsizmi?..” Indamadim, ammo iç-içimdan bir nima uzilib ketgandek böldi. Ey, döstim, mana, yurtimiz […]

26.11.2026 | 16:02

img86

ULKAN XAZINA

Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurovning farzandi Zulayho ALIMOVA bilan suhbat – Zulayho opa, atoqli adabiyotşunos, tarjimon va adib, san’at arbobi Ibrohim Ğafurov nomidagi Tarjima va ijod maktabining kutubxonasi biz uçun faqat suhbat manzili emas, balki boş mavzumizdir. Uşbu maskan Özbekiston davlat jahon tillari universitetida joylaşgan. Keling, suhbatimizni ziyoli kutubxonasi mavzusidan boşlaylik… – Odatda, dadam haqida söz […]

26.11.2026 | 10:48

img133

BARI BOLA BIRDAY

20-noyabr – Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya qabul qilingan kun. Ayni paytda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligi sanasi yaqinlaşmoqda. Har ikki hujjatning markazida inson qadri, haq-huquqi turibdi, jumladan, bola huquqi ham. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 44-moddasiga asosan, bolalar mehnatining bolaning soğliği, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanişiga xavf soluvçi, şu jumladan, ta’lim olişiga tösqinlik qiluvçi har qanday […]

25.11.2026 | 11:31

img177