Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.04.2024 | 13:44

img336

MILLATIMIZ OYDINLARIDAN BIRI

Jadidlik harakati namoyandalaridan biri, atoqli pedagog Ismatulla Rahmatullayev Samarqanddagi “Dorul odob maktabi”ning asoschisi bo‘lgan. U 1883-yili Samarqand shahri yaqinidagi Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘iladi. Yosh Ismatulla ilk ta’limni mashhur pedagog Abduqodir Shakuriyning onasi Bibi Roziya ayadan oladi. Keyin tatar pedagoglardan biri tashkil etgan yangi usul maktabida o‘qiydi. 1905-yildan boshlab Abduqodir Shakuriy tomonidan asos solingan jadid maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Ayni paytda Samarqand shahridagi rus-tuzem maktabida rus tili, matematika, geometriya va geografiya kabi fanlarni o‘rganadi.

Ismatulla Rahmatullayev faoliyati davomida jadid maktablar uchun darsliklar, jumladan, alifbe, o‘qish kitoblarini yozish va nashr etish bilan ham shug‘ullanadi. Samarqanddagi xalq maorifi organlarida rahbarlik lavo­zimlarida ishlab, maorif sohasida kat­ta tashkilotchilik ishlarini olib boradi. 1919-yilning o‘zida Samarqand shahrida 35 ta yangi maktabni tashkil etishda bosh-qosh bo‘ladi.

U 1915-yili pedagogik tajribalariga tayan­gan holda, shu bilan birga, jahon­ning ilg‘or pedagoglari va adib­lari ijodi ta’siri ostida “Alifbe ta’limi yoxud rahbari maktab” kitobini yozadi. To‘qson soat dars uchun mo‘ljallangan ushbu kitobning muqovasida muallif “Johil farzandning gunohi ota-ona­ning zimmasidadir” deb, bolaning tarbiyasi, avvalo, oiladan boshlanishiga ishora qiladi. Shu bilan birga, kitobdagi “Bi­lim – yorug‘likdir, nodonlik – qo­ron­g‘ulikdir” kabi ibratli so‘zlar ham o‘quvchini ilm olishga da’vat etadi.

1922-yili Samarqandda mahalliy o‘qi­tuv­chilar tayyorlaydigan qisqa mud­­datli kurslar, bilim yurti (Инпрос, ya’ni Институт просвещения)ni tashkil etadi va 1926-yilgacha direktor, o‘qituvchi vazifalarida ishlaydi. Ushbu bilim yurti faqat o‘qituvchilar tayyorlaydigan o‘quv dargohi emas, balki madaniyat va fan sohasidagi bir guruh o‘zbek ziyolilari­ni yetishtirib bergan ta’lim maskani ham edi. Ular orasida shoir, bastakor, ­aktyor, pedagog, fan arboblari, professor va akademiklar, jumladan, Hamid Olimjon, Tolibjon Sodiqov, Fotih Niyoziy, Muzayyana Alaviya, Razzoq Hamroyev, Vohid Abdullayev kabi atoqli ziyolilar bor edi.

1926-yili O‘zbekistonda ilk bor tash­kil etilgan “O‘zbek Davlat Kitob pala­ta­si”ga Ismatulla Rahmatullayev direktor etib tayinlandi va ushbu muassasada 1933-yilgacha olib borgan faoliyati dav­ri­da katta ilmiy-bibliografik ishlarni amal­ga oshirdi. 

Qatag‘on mashinasi Ismatulla mual­­lim taqdirini ham chetlab o‘tmadi. Ismatulla Rahmatullayev “xalq dush­mani” sifatida 1937-yilda 10 yillik qa­moq jazosiga hukm etilib, NKVDning lageriga surgun qilindi. O‘sha yil­lar­ning dahshatli manzarasi xususi­da muallimning qizi filolog-murabbiy Xolida Rahmatullayeva quyidagi voqealarni ko‘zda yosh bilan so‘zlab bergandi: “Otam nihoyatda kelishgan, ko‘rkam, yuksak madaniyatli, xushfe’l inson edi. Tabiatan yumshoq, mehri­bon, shijoatli va shu bilan birga sabotli, bolalarni, va ayniqsa, ular­ga ta’lim berishni yaxshi ko‘rardi… O‘n yildan so‘ng otam jazo muddatini o‘tab la­ger­dan qaytib kelgach, “Endi xotirjam yashaymiz, otam har doim biz bilan birga bo‘ladi, endi uni hech kim olib ketmaydi”, deb o‘ylar edim. Afsuski, 1949-yilda otamni yana olib ketishdi. O‘sha qora kun hamon esimda. Ular otamni hibsga olishdi, bizlar esa ortlari­dan dod deb qolaverdik… O‘sha yillari (1949-yil) men 19 yoshda ­SAGU(O‘rta Osiyo Davlat universiteti)ning filologiya fakulteti 2-kurs talabasi edim…

Ota mehriga, diydoriga endi to‘yay deganda, taqdir bizni yana o‘n yilga ayirdi…”.

Onamning aytishicha, buvim hamisha qo‘rquvda yashagan, doim sekin, deyarli pichirlab gapirar, suhbat mavzusi nomaqbul tuyulsa “Jim…”, der ekan. Bu qo‘rquv onamni ham tark etmagan. Ikki marta nohaq qama­lib, “xalq dushmani” deb ayblangan bobomning 1957-yil reabilitatsiya qili­nishi ham ularga bu qo‘rquvdan xalos bo‘lishga yordam bermadi… Faqat mustaqillikka erishganimizdan keyin onam va ularning Samarqanddagi ukalari, opalari bobomning ruhlarini shod qilaylik deb, nomini oqlashga, ezgu ishlarini yuzaga chiqarishga bel bog‘lashdi…

Samarqanddagi Qizil Ravot ko‘chasi, bobom asos solgan bilim yurti ham Ismatulla Rahmatullayev nomi bilan yuritila boshlandi. Hozirgi kunda jadid adabiyoti bo‘yicha yangi izlanishlar olib borilishi sababli I.Rahmatullayev hayoti va faoliyatining yangi qirralari, yangi faktlar yuzaga chiqmoqda. Zero, fidoyi ustoz Ismatulla Rahmatul­layev hayoti va faoliyatini o‘rganish, ezgu ishlarining yosh avlod tomonidan davom ettirilishi muhim ahamiyatga ega.

Xurshida JALILOVA, filologiya fanlari nomzodi, O‘zMU dotsenti

“Jadid” gazetasi 2024-yil 19 -aprel 17-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604