Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.04.2024 | 14:03

img630

DOIMIY HARAKATDAGI HAYOTIY DASTUR

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023-yil so‘ngida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida davlatimiz rahbari soha vakillari va ziyolilar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan o‘ta jiddiy va dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Ayniqsa, o‘tgan asr boshlarida millat kelajagi uchun qayg‘urgan, xalqning ma’rifatli, dunyoviy bilimlar egasi bo‘lishini orzu qilgan ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishini, xalqimiz jadidlar ko‘rsatgan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerakligini alohida ta’kidladi.
Keyingi yillarda asrlar davomida jadidlar intilib kelgan ezgu g‘oyalar ro‘yobga chiqmoqda. Prezidentimiz “Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak. Chunki ularning g‘oya va dasturlari yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir”, deganida ayni haqiqatni aytgan edi.
Bundan sal oldinroq poytaxtimizda Milliy massmediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada ham jadidlik ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida e’tirof etilib, uning g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganish, jadidlarning milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari borasida fikr almashilgan edi.

TARIX – O‘TMISHDAN SO‘ZLAB, KELAJAKNI ANGLATADI

Bugungi kunda tavallud sanasining 149 yilligi nishonlanayotgan Mahmudxo‘ja Behbudiy O‘zbekistonning yaqin tarixida chuqur iz qoldira olgan va butun umrini millatni uyg‘otish g‘oyasiga bag‘ishlagan, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatini safarbar etgan buyuk shaxs, Turkistondagi jadidlik harakatining g‘oyaviy rahnamosi va shubhasiz, yetakchisi sifatida e’tirof etilishga loyiq.
Jadid adibi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tarixda bo‘lib o‘tgan voqealarni chuqur mulohaza qilish, undan o‘rnak olish va eng asosiysi – yo‘l qo‘yilgan kamchilik yoki xatolarni qayta takrorlamaslikka ishora qilib “Moziyg‘a qaytib ish ko‘rmak xayrlik, deydilar” degan sermazmun gapni aytgan edi. Darhaqiqat, Sharq jadidligining g‘oyaviy otasi bo‘lgan Ismoil Gʻas­prali ta’biri bilan aytganda, ta­rix o‘tmishdan so‘zlab, kelajakni ang­latadi. Ya’ni, insonlar o‘z tarixini, bosh­dan kechirganlarini o‘rganish va tahlil qilish barobarida kelajakda yana nimalar boshiga tu­shishi mumkinligini taxmin qilishni, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikni o‘rganadi.

UCHINCHI RENESSANSNI JADIDLAR AMALGA OSHIRISHI MUMKIN EDI

Oxirgi yillarda katta minbarlardan yangrayotgan “Yangi O‘zbekiston”, “Uchin­chi Renessans” kabi tushunchalar mam­lakatimiz hozirda ijtimoiy-siyosiy jihat­dan yangi bir bosqichga ko‘tarilayotganidan darak bermoqda. 
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida butun Sharq mamlakatlari bo‘ylab yoyil­gan islohotchilik harakati chor Ros­siya­si qo‘l ostida bo‘lgan Turkiston o‘lkasiga ham kirib keldi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida siyosiy xaritada paydo bo‘lgan 1991-yildan hozirga qadar olib borilgan tadqiqotlarda jadidlik harakati­ning mohiyati turlicha tadqiq va tahlil qilindi, uning ko‘lami hamda harakatga keltirgan shaxslar hayoti, ijodi, jamiyatga bo‘lgan ta’siri masalalari yoritildi. Ammo bu mavzu hanuz to‘laligicha ochib berilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 30-sentyabr­da O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ziyolilarga tabrigida jadid­lik harakati, shaxslari haqida to‘xtaldi va “Mamlakatimizda Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi”, degan fikrni aytib o‘tdi. Darhaqiqat, agar tarixiy vaziyat imkon berganida edi, yurtimizda ana shu Uyg‘onish fenomeni amalga oshgan bo‘lardi. Buning yanada chuqurroq izohini Prezidentimiz so‘zlari bilan aytadigan bo‘lsak, “Bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar”.
Bugun Behbudiy, Munavvar qori, Avloniy, Fitrat, Ibrat kabi jadidlarning millat kelajagi, mamlakat taraqqiyoti va eng muhimi, uning mustaqilligi, erki uchun qilgan xizmatlarini aholining keng qatlami, xususan, yosh avlodga boricha yetkazib berish yangidan kun tartibiga chiqdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy bosh­chiligida Munavvar qori va Avloniy istiqlol, ozodlik, erkinlik uchun qilgan fidokorligi, milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishdagi hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Ularga hukumat tomonidan ko‘rsatilgan bunday yuksak e’tiborni qilinadigan ishlarning debochasi deb qabul qilishimiz lozim.

HAR KIM O‘ZGARISHI KERAK

Jadidlik harakatining o‘rganilishi, tar­g‘ib qilinishi, nafaqat kerak, balki muhim, havoday zarurdir. Biz Uchinchi Renessansni strategik vazifa deb qarab, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqchi bo‘lsak, jadidlarimiz ta’kid­laganidek, “Har kim o‘zgarishi kerak. Har kim o‘zgarishni o‘zidan boshlashi kerak”. Bu o‘rinda, ayniqsa, ziyolilar, mansabdor ma’murlar o‘zgarishni o‘zlaridan boshlamas ekan, biz oldimizga qo‘ygan yuksak strategik vazifani uddalay olmaymiz.

YANGI UYG‘ONISH DAVRINING TAYANCH USTUNLARI

Jadid maktabi, bugungi istilohlar bilan aytadigan bo‘lsak, innovatsion va “smart” (aqlli) maktab edi. Unda joriy qilingan “tovush” usuli bugungi ta’limning asosi, ke­rak bo‘lsa, tamal toshidir. Islohotlar­ning boshlang‘ich maktabdanoq joriy qilinishi ham bejiz emas edi. Chunki maktab – rivojlanishning poydevori, u mukammal bo‘lmas ekan, millat taraqqiyoti haqida gapirish ham befoyda. Shu sababdan ham Uchinchi Renessans bo‘sag‘asida turgan Yangi O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘lg‘usi Renessansning uzviy halqasi, jadidlar “arkoni millat” yoki “millat ustunlari” deb bilgan ziyolilar esa “yangi Uyg‘onish davrining tayanch ustuni” deb qabul qilindi.
Behbudiy “maktabimiz, do‘konimiz, kor­xonamiz, madrasamiz va har nimarsamizni zamoncha islohi lozimdur” degan shior bilan islohotni maktabdan, aniqrog‘i, boshlang‘ich maktabdan boshladi. Maktabni “taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas” degan aqidani ilgari surgan Behbudiy bosh­liq turkistonlik jadidlar boshlang‘ich ta’limni ona tilida berishga mo‘ljallangan maktablarning umummilliy institutini yara­tishga qaratilgan dasturni taklif etdi. E’tibor bering: boshlang‘ich ta’lim bolaning ona tilida berilishi kerak! Jadidlar bola boshlang‘ich savodini o‘z ona tilida chiqarishi unga millat, milliyat tushunchalarining chuqurroq singdirilishini ta’minlaydi, deb bildilar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy quyi va yuqori maktabning isloh etilishi millatning isloh etilishiga olib kelishini ta’kidlar ekan, millatga “o‘qumoq, o‘qutmoq kerakdur. Bolalarga otalardan ilmi diniy va ilmi zamoniy meros qolsun”, deya murojaat qildi. Millatning isloh etilishini umummilliy g‘oya deb bildi. Unga ko‘ra, millatni ulug‘lash, maqsadlarni yuqori ko‘tarish, millatning haqiqiy birligini ta’minlash – bu “umummilliy g‘oya”ning tub mohiyatini tashkil etadi. Mana Behbudiy taklif qilgan milliy g‘oya.

MILLIY G‘OYA

Behbudiyning “umummilliy g‘oya”si targ‘iboti uchun milliy matbuot kerak edi. Jadidlar ana shunday matbuotga asos soldi. Jadid matbuoti tom ma’noda fikr almashish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni targ‘ib qilish, bahslashish maydoniga aylandi. Jadid matbuoti demokratik qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan, fikrlar qarama-qarshiligini ko‘tara oladigan, ijtimoiy-siyosiy mavzularda tanqid qila oladigan matbuot edi. Birgina Behbudiyning “Oyina” jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatish yo‘lida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir turli maqolalar e’lon qildi, bu yo‘nalishda keng bahslar uchun minbar vazifasini o‘tadi.

Turkiston jadidligining yirik tad­qi­qot­chilaridan biri Begali Qosimovning fikriga ko‘ra, o‘lkamiz ma’rifatparvar­lari­ning gazeta, xayriya jamiyatlari ta’sis etish, yangi usul maktablarini yoyish, teatr ishlari va boshqa barcha harakatlari bir milliy g‘oya uchun xizmat qildi. Uning ta’kidlashicha, har bir g‘oya milliy g‘oyaga aylanishi uchun ikki talabga javob berishi kerak: 1) g‘oya millatning haqiqiy ehtiyojidan, turmush tarzidan, asriy an’analaridan va albatta, imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak; 2) ushbu g‘oya millat tomonidan anglab yetilishi, boshqa so‘z bilan ayt­ganda, milliylashtirilishi kerak. Ya’ni g‘oya millatning har bir vakili yuragiga yetib borishi lozim.
ZAMONAVIY BILIMLARDAN XABARSIZLIK BARCHA
SIYOSIY HUQUQLARNI YO‘QQA CHIQARADI

Behbudiy milliy g‘oyasining yana bir targ‘ibot quroli bu – adabiyot edi. Jadid­lar buyuk Navoiy, Fuzuliy, Sa’diyni chuqur bilgani holda adabiyotni xalqqa, ommaga yaqinlashtirdi, uning tilida yozishga hara­kat qildi. Va bu ishni uddaladi. Bugungi kunda istalgan yetuk badiiy asar bilan bellasha oladigan Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”i, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani, she’rlari shu tariqa paydo bo‘ldi. 1916-yilda Toshkentga kelib, sobiq Kolizey konsert saroyi sahnasida “Turon” truppasining qator spektakllarini ko‘rgan rus sharqshunosi A.N.Samoylovich bejiz: “Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Yangi adabiyotning markazi – Samarqand… Yosh qalamkashlar­ning bosh ilhomchisi samarqandlik muftiy Mahmudxo‘ja Behbudiydir”, deb yozmagan edi.
Behbudiy boshliq barcha jadidlar xalqni isrofli tadbirlardan voz kechib, ularga sarf qilinadigan mablag‘ni milliy iqtisodiyotning bar­cha tarmoqlarida milliy kadrlar tayyorlash uchun, davlat va xorij ta’lim muassasalarida yoshlar­ning tahsili uchun yo‘naltirishga da’­vat etdi. Behbudiy bu harakatni umummilliy ishlar, oliy maqsadlar, xohish­lar va intilishlar deb atadi. Bunga esa iroda, aniqroq aytadigan bo‘lsak, siyosiy iroda kerak edi. Behbudiy XX asr boshidagi Turkistonning yirik siyo­siy arbobi sifatida Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishidan 11 yil avval, 1906-yili “Tur­kiston milliy-madaniy muxtoriyati” loyi­hasini ishlab chiqqan va uni yuqori miq­yosda muhokama qilinishi uchun Rossiya davlat Dumasiga yo‘llagan edi. Bu loyihada Behbudiy ta’lim-tarbiya, ayniqsa, yer masalasini qat’iy qo‘ydi va rus muhojirlari­ni ko‘chirib kelmaslik, hosildor yerlar mahalliy aholining ixtiyorida qolishi kerakligi haqida yozdi.

Behbudiy o‘zining ma’naviy ustozi Ismoil Gʻasprali kabi musulmonlarga siyosiy huquqlar berilishi mavjud muammoni hal qilmaydi, deb hisobladi. Unga ko‘ra, za­mon tili bo‘lgan rus tili va mavjud qonunlari­ni bilmaslik va eng asosiysi – musulmonlarning zamonaviy bilimlardan xabarsizligi qo‘lga kiritilgan barcha siyosiy huquqlarni yo‘qqa chiqaradi. Shunday ekan, Behbudiyning “Haq olinur, berilmas… Gʻayrat ila olinur” degan chaqirig‘i, eng avvalo, millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil dav­lati­ni o‘rnatmaguncha ijtimoiy adolatni tik­lab bo‘lmasligini anglatadi.

ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q!

Shu o‘rinda jadidlarning yosh avlodi to‘g‘risida Behbudiyning fikrlarini keltirib o‘tish joiz. Unga ko‘ra, jadidlarning yosh avlodi orasida g‘oyaviy jihatdan ixtilof bor edi. Behbudiy yoshlarni tezroq o‘zaro kelishuv yo‘lini topishga va yo‘qotilgan ishonchni qaytarishga chaqiradi. Chunki “umummilliy g‘oya” yo‘lida bir bo‘lib harakat qilmaslik millatning bo‘linishiga va ayrim umummilliy loyihalarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib kelishi mumkin.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Mah­mudxo‘ja Behbudiy “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas” degan shiorni hayotiy e’tiqod deb bildi. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin deb hisob­ladi”.
Yana shuni qayd etish kerakki, bugungi murakkab davrda O‘zbekistonda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, mustaqil fikriga ega hamda fidoyi va vatanparvar avlodni yetishtirishda Mahmud­xo‘ja Behbudiy targ‘ib qilgan g‘oyalar o‘ta muhim va dolzarbligini yo‘qotmagan.
Turkistondagi jadidlik harakatining min­­ta­qadagi munosib o‘rnini ko‘rsatish, ular­ning faoliyati va ijodini chuqur o‘rga­nish, keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va targ‘ib qilish maqsadida yetuk ma’rifatparvar, siyosatchi, adib, noshir, publitsist, jurnalist Mahmudxo‘ja Beh­budiy nomi bilan ataladigan Jadid tadqiqotlari akademiyasini tashkil qilish fursati yetdi. Chunki jadidlik harakati va jadidlar zamonaviy o‘zbek jamiyati va davlatchiligi shakllanishiga munosib hissa qo‘shdilar. Ularning boy ilmiy va ijodiy merosi bugungi murakkab davrda O‘zbekistonda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, mustaqil fikri­ga ega fidoyi va vatanparvar avlodni tarbiyalashda o‘ta muhim va dolzarb hisoblanadi. Shu bois Behbudiy, Munavvar ­qori, Fitrat, Cho‘lponlarning g‘oya­viy merosi “biz uchun ­doimiy harakatdagi hayo­tiy dasturga aylanishi kerak”.

Zaynobiddin ABDIRASHIDOV,

Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti professori, filologiya fanlari doktori

“Jadid” gazetasi 2024-yil 19 -aprel 17-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596