18.04.2024 | 09:35
4695
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING YOSH AVLODGA MUROJAATI

Tarixdan ma’lumki, buyuk jadid bobolarimiz o‘z zamonasining fidoyisi, bo‘lg‘usi ozod jamiyatning faol targ‘ibotchisi bo‘lishlari barobarida, yosh avlod uchun ibrat namunasidir. Ana shunday jadidlarning yorqin namoyandasi, shubhasiz, Mahmudxo‘ja Behbudiy sanaladi. Taniqli jadidshunos olim Begali Qosimov o‘z davrida jadid bobomizni shunday tavsiflagan edi: “Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidagi Turkistonning orzu-armonlaridan biri sifatida maydonga keldi. U o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy harakatlarida faol qatnashgan eng yirik namoyandasi, yangi zamon o‘zbek madaniyatining asoschisi edi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramachiligini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist edi”. Ma’rifatli oilada voyaga yetgan, davrning yetakchi ziyolilaridan tahsil olgan, aql-zakovatda benazir Behbudiy, avvalo, ilm-ma’rifatni chuqur o‘rgandi, ko‘p yurtlarga sayohat qildi, har bir millat taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan omillarga daqiq nazar tashladi. Ko‘rgan-bilganlarini har tomonlama tahlil qilib, millat kelajagi uchun keng mushohadali fikrlarini jamlab maqolalar, asarlar bitdi. Darhaqiqat, jadid bobomiz yangi davr maktabini ochishning tashabbuskori bo‘ldi va qator darsliklar yozdi. Qalbida ma’rifat va vatanparvarlik ziyosi porlab turgan Mahmudxo‘ja Behbudiy yosh avlodni istiqlolga tayyorladi, she’r va maqolalar, sahna asarlari orqali ular ongiga milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga sa’y-harakat ko‘rsatdi. Shu ma’noda allomaning “Yoshlarg‘a murojaat” nomli maqolasi e’tiborga molikdir. Ushbu murojaatning mazmun-mohiyatiga razm solinsa, avvalo, yoshlarni manfaatli ilm olishga, foydali kasb-hunar o‘rganishga chorlovni ko‘rish mumkin. Bunda jadid bobomiz, agarki yoshlar zamon talabidagi ilmlarga va kerakli kasb-korga ega bo‘lishsa, birovlarning qo‘liga qaram bo‘lmasliklarini aytadi. Muhimi, Behbudiy bunday dunyoviy ilmlarga ega bo‘lishga Islom dini ham qarshi emasligini yetarlicha dalillar bilan isbotlaydi. Hatto bunday manfaatli ilm va kasb-hunarga ega bo‘lish orqali pul topish din va millatga ko‘proq foyda keltirishini urg‘ulaydi. Shu o‘rinda Mahmudxo‘ja Behbudiyning “A’molimiz yoyinki murodimiz” nomli maqolasida ko‘tarilgan masalaga e’tibor qarataylik. U yozadi: “Agarda to‘y va ma’rakag‘a qadimgidek oqcha to‘kmasak, ul oqchani na qilmoq kerak? Munga javob berilurki, to‘y va ma’raka qilinsun. Ammo hozirgidek isrof etmasdan qilinsun. Va mumkin qadarincha kichik qilinsun. Va ortuqcha pul ila bolalarni musulmon va rusi yaxshi o‘qitulsun. To‘y-u ma’rakag‘a sarf qilinaturg‘on oqchani eski madrasa va mozoru masjid hamda maktablarni shikast-rextlarig‘a sarf qilinsun. To‘y va ma’raka oqchasidan bolalarni hukumat maktablarig‘a berilsun va bu oqchadan talabalarni Makka, Madina, Misr, Istanbul va Rusiya dorilfunun va dorulsanoatlarig‘a yuborilib, diniy va dunyoviy va zamonaviy odamlar yetishdurmoqg‘a sa’y qilinsun. Bizni Turkistonda muallim ozdurki, to‘y-u ma’rakag‘a sarf qilinaturg‘on oqcha ila Kafkaz, Qirim, O‘runburg va Qozong‘a usuli ta’lim o‘rganmoq uchun bola yubormoq kerakdur. Hukumat maktablarig‘a kirmoq uchun ruscha bilmoq va imtihon bermoq lozim. Va bu imtihonni bermoq uchun har bolani ikki sana ruscha o‘qutub, tarbiyat etmoq kerak”.
Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa jadid ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning purma’no va ezgu g‘oyalarini jamiyatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlarga og‘ishmay tatbiq etishimiz, men va men singari tengqurlarimizning umr mazmuni, yorug‘ maslagi bo‘lib qolmog‘i zarurdir.
Odina MAHMUDOVA,
O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi magistranti
“Jadid” gazetasi 2024-yil 22 -mart 13-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



