Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.04.2024 | 18:16

img363

SOHIBQIRON SHA’NIGA GARD YUQMASIN

“Jadid” gazetasining shu yil 12-aprel sonida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori, akademik Shuhrat Egamberdiyevning “O‘zbe­kistonda astronomiya: Renessansdan Renessansgacha” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Ushbu maqolada o‘zbek astro­nomiya maktabining shonli o‘tmishi va bugungi rivoji haqida e’tiborga molik da­lil va raqamlar tilga olinib, salmoqli fikrlar bildirilgan. Biroq hurmatli olimi­mizning buyuk Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati­ga oid bir mulohazasi kami­nada e’tiroz uyg‘otib, qo‘limga qalam olishga undadi.  Shuhrat Egamberdiyev shunday yozadi: “Tarixda ko‘plab shaxslarning nomlari haqo­ra­t­o­­muz laqablardan kelib chiqqan bo‘lsa-da, keyinchalik asl ma’nosini yo‘qotib, tarixiy shaxs­ning ismiga aylangan. Xuddi shunday holat Amir Temurning “Temur lang” (Oqsoq Temur) laqabidan kelib chiqib, keyin­chalik bu laqabning ma’nosi unutilib, Yevropada “Tamerlan”ga aylangan…” Bu fikrga ko‘p izohlar berish mumkin. Yana maqolani o‘qishda davom etamiz: “…Tamerlan” – bugunda Amir Temurning dunyoda qabul qilingan ismi. Biz buyuk bobokalonimizni Amir Temur deb atayveramiz, lekin uni boshqa xalqlar Tamerlan, deb atashsa, buni haqorat deb qabul qilmasligimiz kerak…” Bu fikrga zinhor qo‘shilib bo‘lmaydi. Bu tarixiy haqiqatga ziddir. Avvalo, laqab hech qachon inson ismining o‘rnini bosolmaydi. Har bir kishining ota-onasi qo‘ygan ismi bo‘ladi va u muqaddas hisoblanadi. Kerak bo‘lsa, ism, nom – or-nomus masalasidir. Amir Temur­ning padari buzrukvori Amir Tarag‘ay va pirlari Shayx Shamsiddin Kulol bo‘lajak jahongir tug‘ilganida unga Temurbek deb ism berishgan. Uni birov o‘zgartira olmaydi! Sohibqiron davrida g‘alamis dushmanlar tarqatgan bu haqoratli laqab Amir Temurning o‘zini ham bag‘oyat g‘azablantirar edi. Shunday ekan, bu laqabni “haqorat deb qabul qilmasligimiz”ning o‘zi haqoratni tan olish bilan barobardir. Siz-u bizning, Amir Temur avlodlarining beparvo­ligi, “aytsa aytar” qabilida e’tiborsizligi tufayli bugun jahon ommaviy axborot vositalarida, ensik­lopediyalarida Amir Temur turlicha nomlar bilan atab kelinyapti. 1992-yilda Yangiyo‘ldagi sharob korxonasi “Tamerlan” degan konyak chiqargan ekan. Insofli adiblarimiz darhol bunga qarshi o‘z fikrlarini bildirishgan va bu noxush qadam­ni to‘xtatishga erishgan edilar. Yaqinda buyuk Sohibqiron abadiy orom olib yotgan Samar­qand shahrida ham shunday haqoratli nomda sharob ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, hatto bir tadbirkor korxona ochib, uni “Tamerlan” deb ham atabdi! Xo‘sh, buni qanday tushunish mumkin? Bu shovvozlar bilib-bilmasdan ulug‘ jahongir bobomizning sha’nini oyoqosti qilayotganini nahotki anglamasa! Xo‘p, ularning bunga aqli yetmasa, shu ishga mas’ul bo‘lgan idoralar, hokimliklar qayoqqa qarayapti?  Shu o‘rinda tarixga bir nazar solaylik. 1404-1405-yillarda Samarqandga kelib Amir Temur qabuliga musharraf bo‘lgan, yurtimizda behad izzat-u e’zoz ko‘rgan ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo ham Sohibqironning laqabi masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi. U o‘z kundaligida shunday yozadi: “…Temurbekning asl ismi biz ataganimizdek Tamorlan emas, Temurbekdir. Chunki Temurbek ularning o‘z tilida “Temir podsho” degani, podsho esa ularning tilida “bek”. Tamorlan yuqoridagilarga batamom teskari ma’noni ang­latadi. Uni tahqirlash ma’nosida Tamorlan, ya’ni oqsoq Temur, deb ataydilar…” (ta’kid bizniki – M.A). Mana, Yevropa fuqarosining Amir Temurga xolis bahosi! Sohibqiron Amir Temur milliy davlatchiligimizning asoschilaridan biri, xalqimizning faxr-iftixori bo‘lgan buyuk tarixiy siymo hisoblanadi. Ul zotning bebaho shaxsiyati haqida fikr yuritganda hushyor bo‘lmog‘imiz, bu masalaga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondoshmog‘imiz va unga doimo hurmat-ehtirom ko‘rsatmog‘imiz shart. Toki ulug‘ ajdodimizning sha’niga, nomiga dog‘ tegmasin!  

Muhammad ALI,

Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi

“Jadid” gazetasi 2024-yil 19-aprel 17-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600