Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.03.2025 | 15:05

img468

KIM AJRASHAMAN DESA, O‘SHA ALIMENT TO‘LASIN!

Bugungi kunda er va xotin o‘rtasidagi munosabatlar anchayin nomutanosib pallaga kelib qolganga o‘xshaydi. Oilada ayol o‘zining o‘rnini yo‘qotib qo‘yayotgani, erni hurmat qilmayotgani oddiy holga aylanib qolmoqda.

Milliy fojiaga aylanayotgan oilaviy ajrimlar dilimizni xufton qilishi bilan birga, nima yoki kim tufayli ajrim bo‘layotgani va uning sababi kabi masalalarga yechim topishga ham undaydi.

Buzilib ketayotgan turmushga jimgina tomoshabin bo‘lib o‘tirgan ota-ona aybdormi yoki oddiy anglashilmovchilikni olamshumul muammoga mengzayotgan yoshlarning o‘zi?

Ammo ajrimning bosh sababi oyma-oy erkaklar tomonidan to‘lanishi muqarrar bo‘lgan aliment puli ekanligi negadir hech kimning xayoliga kelmaydi.

Bir kuni ish yuzasidan Fuqarolik sudiga bordim. Bordim-u, bir mahalla xotin-xalajni ko‘rib, hayron qoldim.

Navbatim kelishini kuta boshladim, shu paytda beixtiyor ko‘p narsaning guvohi bo‘lib qoldim. Ayollarning baqir-chaqiri, shang‘illashlaridan boshim og‘rib ketdi. Andishani yerga ko‘mgan bu ayollarning gapini eshitgan ilon po‘st tashlashi aniq. “Erimning xorijga chiqolmasligi uchun shikoyat arizasi bilan keldim. Oyog‘imga bir tiz cho‘ktiray!”

“Men erimni besh kunga qamatmoqchiman. Oxirgi paytda aliment pulini to‘lolmay qoldi. Maza qilib yeb-ichib yurgandim, shuni ham ko‘p ko‘rdimi, bilmayman, pul bermaydigan bo‘lib oldi. MIBga murojaat qilgandim, uyidagi gilamigacha sotib, aliment pulini berib ketdi. Nimasini sotsa sotsin, mardikorlik qilib bo‘lsa ham pul olib kelsa bo‘lgani…”

Bu gaplarni eshitib, boshimga tog‘ qulagandek bo‘ldi. Ulardan birining o‘rniga xotinimni qo‘yib ko‘rdim. Ajrim paytida bir igna ustida talashgani, o‘z uyidan millionlab pul o‘g‘irlab, xorijga ketib qolgani, voyaga yetmagan bola tarbiyasi bilan shug‘ullanmagani uchun bekor qilingan aliment to‘lovini qayta tiklatib, kamiga yana bir necha million so‘mni bo‘ynimga qarz qilib ilgani yana ko‘z o‘ngimda gavdalandi. Go‘yoki bor nafratimga ro‘paramdagi ayollar sababchidek beixtiyor ularga savol berdim: “Aliment to‘lovi bo‘lmaganda, ajrashmasdingizmi?”

Javob esa quyidagicha bo‘ldi: “Yo‘q, albatta, aliment bo‘lmaganida aslo ajrashmasdik!!! Yaxshiyam baxtimizga shu aliment bor ekan, qizlarimizga ham zo‘r bo‘ldi, erga tegib olib, bitta-ikkita tug‘ib olishadi-da, yashamayman, deb alimentga berishadi, vassalom, ham bolani olishadi, ham aliment pulini. To‘g‘ri-da, xo‘jayin nimaga kerak?! Xohlagan joyimizga boramiz, xohlagan libosimizni kiyamiz!”

Bu ayollarni oilaning tanazzulga uchrashi emas, bolaning yetim qolishi emas, oyma-oy olinishi muqarrar bo‘lgan aliment puli shunchalik qiziqtiradimi?! Bas, bu masalalar bir o‘ylab ko‘rilishi, alimentni esa xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol, ajrashaman degan taraf to‘laydigan qilish kerak. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, shundagina oilaviy ajrimlar soni keskin qisqarishi aniq.

Halim MALIK
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-martdagi 11-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img91

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img134

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img327