Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.05.2024 | 20:36

img313

O‘RTADA BEGONA YO‘Q

Turkiy xalqlar jahon tamadduniga, xususan, dunyo adabiyoti va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgani barchaga ma’lum. E’tiborli jihati, bu jara­yon bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. Turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy hamkor­likni rivojlantirishga qaratilgan salmoqli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Turkiy davlatlar tashkilotining adabiyot sohasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilgani, 2020-yilda Xiva shahri turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilingani ma’naviy hayotimizda unutilmas ­voqea bo‘ldi. Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda ham ushbu yo‘nalishda nufuzli xalqaro tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Joriy yilning 17-19-aprel kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan turkiy tilli davlatlar yosh ijodkorlari forumi ham ana shunday hamkorlikning uzviy davomi bo‘ldi. Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyush­masi, Buxoro viloyati hokimligi hamda TURKSOY tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur xalqaro tadbirda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yosh shoir va yozuvchilari, san’atkor­lari ishtirok etdi. Anjuman uchun Buxo­ro shahri tanlangani ham bejiz emas. 2022-yili bu yerda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti­ning yosh lider­lar forumida Buxoro shahri “Turkiy dunyo yoshlari poytaxti” deb e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan “Turkiy dunyo yoshlari bog‘i” tashkil etilgan. Qolaversa, azim Buxoro jahoniy shuhrat tutgan sayyohlik shaharlaridan biri sifatida qardoshlarimizni qiziqtirishi, shubhasiz. Anjumanda turkiy dunyo madaniyatini ravnaq toptirishga hissa qo‘shish, xalqlarimiz o‘rtasida adabiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, ijodning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan anjumanning rasmiy ochilish marosimida TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, O‘zbekiston Respub­likasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murod Maji­dov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Botir Ergashev so‘zga chiqdi. Xususan, Sulton Rayev o‘z chiqishida bugungi yoshlar tinimsiz ijod qilish bilan birga, qardosh xalqlar adabiyotini ham chuqur o‘rga­nishi, tafakkur bilan o‘qish va uqishi zarurligini alohida qayd etdi. U kishining bir necha turkiy tillarda so‘zlagani, ulug‘ shoirlarimiz ijodidan iqtiboslar keltirgani ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi.  – Barchamiz bir daraxtning baquvvat shoxlari sifatida dunyo taraqqiyotiga chinakam xizmat qiladigan, inson qalbiga malham bo‘ladigan yuksak asarlar yaratishimiz lozim, – dedi u.   Shu kuni turkiy xalqlar san’atining yosh vakillari tomonidan o‘z elining asriy qadriyatlari, do‘stlik, birodarlik va sadoqat tarannum etilgan ajoyib kuy va qo‘shiqlar, betakror raqslar ijro etildi. Darhaqiqat, inson qalbi hamisha yaxshilikka, go‘zallikka talpinadi, ezgu orzu-umidlarini so‘z va ohanglar, harakat va ishoralar orqali bayon etishga intiladi. Ajabki, bunday hissiyotlarning, tuyg‘ularning, sevgi-muhabbatning, odamiylikning millati yo‘q. Olti qardosh mamlakatning yosh shoir­lari sahnaga bir paytda chiqib, o‘z tilida she’rlar o‘qishdi. Navqiron shoirlarning o‘z nigohi, o‘z qarashlari, o‘z topilmalari va dilini qiynayotgan o‘z iztiroblari borligi ayon bo‘ldi. She’riy ohang­lar, ijodiy yondashuvlar har millatda o‘ziga xos, o‘zgacha ekani yaqqol namoyon bo‘ldi. Anjuman doirasida Buxoro viloyati musiqali drama teatrida Qirg‘iz xalq yozuvchisi Sulton Rayev­ning “Ovsar” dramasi asosida sah­nalashtirilgan pyesasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Mash­hur adib Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanidan o‘rin olgan “Nayman ona qissasi” asosida yozilgan ushbu drama iqtidorli adib Abdug‘ani Abdug‘afurov tomonidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilingan. Unda ma’naviy tanazzulga yuz tutishning ayanchli oqibatlari, millatning ma’naviy qiyofasini boy berishi va azaliy qadriyatlar topta­lishining sabab va oqibatlari ta’sirchan yo‘sinda ochib berilgan. Teatr ijodkorlarining ushbu salmoqli asarni yuqori saviyada, o‘ziga xos talqinda sahnaga olib chiqqanini alohida ta’kidlash lozim. Drama turkiy tilli mam­lakatlar yosh ijodkorlariga bir­dek manzur bo‘ldi. Anjumanning ikkinchi kunida Bu­xo­­ro viloyati markaziy kutubxonasida o‘tgan yili hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek tilida nashr etilgan “Turkiy adabiyot durdonalari” 100 tomlik majmua­sining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda mazkur to‘plamni yaratish jarayoni va unda jamlangan asarlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar ushbu to‘plam turkiy xalqlar adabiy merosini aks ettiruvchi noyob ma’naviy majmua bo‘lganini alohida qayd etishdi. Shuningdek, “Turkiy tilli davlatlar yosh ijodkorlarining dunyo ma­daniyatidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qardosh xalq­lar madaniyatini asrab-avaylash va rivoj­lantirish, yuksak saviyali asar­larni o‘zaro tarjima qilish kabi masalalarda fikr almashilib, foydali takliflar o‘rtaga tashlandi. E’tiborli jihati, mu­loqot jarayonida qirg‘izistonlik Qam­chibek Uzoqboy o‘g‘li hamda qozog‘istonlik Davron Tilovxonning o‘z­bek tiliga o‘girilgan she’rlari asliyati bilan qiyosiy solishtirilib, atroflicha muhokama qilindi. Kelgusida bu an’anani izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.  Tabiiyki, anjuman doirasida Buxo­ro shahridagi noyob me’moriy yod­gorliklar, ulug‘lar ziyoratgohlariga sayohatlar tashkil etildi. Xususan, mehmonlar Amir Sayyid Kulol va Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lib, ushbu muqaddas zaminda abadiy qo‘nim topgan ulug‘ valiylar, olim-u fozillarning haqqiga duo qildi­lar. Buxoro amirining arki va yozgi rezidensiyasi bilan tanishuv ham unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Shahardagi o‘zining tarixiy qiyofasini saqlab qolgan har bir obida ijodkorlarning hayrat va hayajoniga sabab bo‘ldi. Mehmon va mezbonlar yo‘l-yo‘lakay o‘zaro do‘stlashib, muntazam hamkorlik qilishga, ijtimoiy tarmoqlar orqali ijodiy muloqotlarni davom ettirishga kelishib olishdi. – Qiziqki, mehmonlar bilan muloqot chog‘ida tarjimonga sira hojat bo‘lmadi. Agar yana uch kun birga yurganimizda, bir-birimizni bemalol tushunib, qiyinchiliksiz muloqot qilar edik, – deydi anjumanda mezbon maqomida ishtirok etgan iqtidorli yosh shoira Feruza Xayrullayeva.   Buxoro shahridagi Nodir devonbegi madrasasida tashkil etilgan qabul marosimida o‘zbek xalqi san’atining bebaho durdonasi hisoblangan go‘zal kuy va qo‘shiqlar, raqslar guldastasi hamda hunarmandchilik ko‘rgazmasi tom ma’noda mehmonlarni sehrlab qo‘ydi. Qolaversa, shahardagi Labi hovuz majmuasi va “Turkiy dunyo yoshlari bog‘i”ga uyushtirilgan sayohatlar, “Buxoro shahri – birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” monu­menti atrofida kechgan maroqli suh­batlar ham unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Anjumanda qardosh xalqlar o‘rta­sidagi ishonch va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlash, ma­daniy-gumanitar sohalarda ham­­­­korlikni rivojlantirish bo‘­yicha qiziqarli taklif va tashab­buslar o‘rtaga tashlandi. Bu bo­­­rada birgalikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. Xusu­san, iste’dodli yosh ijodkorlar­ning sara asarlarini bir necha turkiy tilda chop etishga ixtisos­lashgan adabiy jurnal ta’sis etish hamda turkiy tillarda ijod qilayotgan yoshlarga o‘zbek adabiy tilini o‘rgatadigan elek­tron platforma yaratish g‘oyasi barchaga birdek manzur bo‘ldi. Buxoro anjumani qatnashchilari yanada faol ijod qilib, kelgusida qardosh xalqlarning umumiy farovonligi va ravnaqiga, qolaversa, butun dunyoda ezgulik keng tomir yoyishiga xizmat qiladigan tengsiz asarlar yaratishiga ishonchimiz komil. Ana shunday ezgu maqsadga erishish yo‘lida bunday xalqaro tadbirlarning ahamiyati beqiyosdir.

Ma’mura ZOHIDOVA, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

“Jadid” gazetasi 2024-yil 26-aprel 18-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img602

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600