29.06.2024 | 23:34
699
“UMUMTURKIY LUG‘AT” YARATILADI
Joriy yilning 24-25-iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asari 950 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada YUNESKO, Turkiy Akademiya, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa qator xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev “Devoni lug‘otit turk” asarini ilmiy doiralar va jamoatchilik tomonidan chuqur o‘rganish lozimligini ta’kidlab, uning zamonaviy turkiy tillarning rivojlanishidagi alohida ahamiyatini qayd etdi. Shuningdek, “Devoni lug‘otit turk” asosida “Umumturkiy lug‘at” yaratishni taklif qildi.
Ma’lumki, “Devoni lug‘otit turk” asari turkiy xalqlarning tili, tarixi, geografiyasi va madaniyatiga oid ilk yozma ensiklopediya hisoblanadi. Devon o‘z davridagi turkiy qabilalarning lug‘atini izohlab, ular orasidagi farqlarni ko‘rsatib bergan. Ayniqsa, ushbu asar turkiy xalqlarning shakllanishi va taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, bugun tilimiz lug‘ati ajnabiy so‘zlar bilan boyib, o‘ziga xosligi, o‘z ifoda yo‘sinidan begonalashayotgan bir paytda “Devoni lug‘otit turk”ka tayanib chetdan o‘zlashayotgan so‘zlarning muqobilini topish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
Mahliyo XURRAMOVA
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



