Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.05.2024 | 20:56

img282

Ular rost so‘zlashga intilmoqda

Mana, O‘zbekistonning bugungi yosh futbolchilari mamlakat tarixida birinchi marta jahon arenalarida o‘ynay olishini isbotladilar! Balki, oldingi o‘yinchilar bularga havas qilayot­gandir. Yoki “Biz ham yomon o‘ynamasdik, bularga nasib etdi-da”, deyishar­mikin? Xuddi shunday! Bularga nasib etdi, uloq yoshlarda ketdi. Ochig‘i, men doim yosh avlodni kuzatib kelaman. Albatta, tadqiq qilish darajasida emas, shunchaki hozirgi yoshlarning fikrlashiga qiziqaman. Yaqin-yaqinlargacha diqqatimni tortganlari deyarli bo‘lmagan. Faqat biznes yo boshqa sohalarni aytmayapman, ijtimoiy sohalarni nazarda tutyapman. Ongimiz moddiylashgan bozor mezonlariga moslashgan bo‘lsa kerak. Negaki, mustaqillikning ilk davridayoq 70-80-yillarda tug‘ilgan avlod bozor, ko‘cha-biznes, pul bilan tanglayi ko‘tarildi. Yaxshiyam mustaqillikdan keyin tug‘ilganlar davrida media rivojlandi va ular texnologiyalarning, keyinroq tug‘ilgan avlod esa bilimning qadriga yeta boshladi. Poytaxtdan ko‘chib, 2000-yildan buyon boshqa shaharda ishlay boshlar ekanman, mutolaaga yanada qattiqroq berildim. O‘sha paytlar bir samarqandlik domla Moskvadan olib kelgan amerikalik muallif Rendi Geyjning kitobini harislik bilan o‘qib chiqdim, deyarli hammasini daftarimga ko‘chirib oldim. Men uchun yangi gaplar edi… N.Kozlovning “Философские сказки” kitobini internetdan yuklab olib, qayta-qayta o‘qidim. Bu kitoblar fikrlashimni o‘zgartirardi. Bilasizmi, biz sharqona an’anaviy tafakkur tarzidan sovetcha fikrlashga o‘tgan va shunda qotib qolgan avlod ekanmiz. Shuncha yashab, fan nomzodi bo‘lib ham-a? Ha! Sofi Lorenning kitobidagi “Работа – отдых” degan iborani ancha paytgacha shunday bo‘lishi mumkinmi, deb hazm qilolmay yurganman. Axir, biz bir umr qiynalib, ozib-to‘zib orzulariga yeta­miz degan o‘yni me’yor deb bilardik. Rendi Geyjning kitobida yozilgan qoidalar-chi? “Hech narsa yig‘mang, berib yuboring, yangisini oling, aylantirish kerak. Hamma narsani, hatto energiyani yangisiga almashtiraverish kerak, modellar, fasonlar, moda o‘zgaradi…” Yo‘g‘-e, qanaqasiga, olgan mulkimizni-ya? O‘lay deb olgan kompyuterni yangilash… “Boylarga yana berilaveradi, kambag‘aldan bori ham tortib olinadi…” Nahotki, qani adolat? Ha, janoblar, biz kapitalistik tizimga kirib kelyapmiz. To‘rvangizni yig‘ishtiring! Shunga ko‘ra ong, fikr ham o‘zgarishi kerak. Istasak-istamasak… Biz o‘sha paytlar xuddi feodal asrlardagi kabi kanonik deb bilardik san’atni, adabiyotni… Nikolay Kozlov Moskvaga gastrolga kelgan Xitoy balerinalari baletini tomosha qilib o‘tirarkan, san’at saviyasining yuksakligi bir yoqda qolib, o‘zgacha fikrlagani-chi? “Balerinalar rosa maza qilishdi-yu, uch soat bir joyda o‘tirib mening “ketim” og‘rib ketdi”, emish. Sovetlar poytaxti Moskvada yuz minglab adadda bosilib chiqqan kitobda shunaqa yozilsa-ya… Ha, poytaxtdagi ruslar “sovetcha shinel”larni tezroq uloqtirishdi. “Inson o‘zi uchun yashash vaqti keldi!” deyishdi. Yana nimamish, “endi uyni bezab ichiga kirib o‘tirib olish yo‘q, uyni qalbga ko‘chirib chet ellarda yaxshi hayot va valyuta izlash uchun ketish kerak”. Ammo 2000-yillardagi ancha yopiq mamlakatimizda hali biz uy qurmoq va eskicha yashamoq bilan ovora edik. Mening ichimda esa g‘a­layonlar… Shunga ko‘ra talabalarga aytardim: “Hayotingiz kodlarini o‘zgartiring, doira ichida aylanib qolmang, yotoqxona – o‘qish, yotoq­xona – o‘qish… ertaga esa – uy – ish, uy – ish. Hayotingizni spiral tarziga o‘tkazing. Yuksaling, hayotning keyingi aylanasida nav­batdagi ulkan maqsadlarga erishing, doimo o‘zgaring… Agar birortangiz o‘zini o‘zgartira olsa, hatto bir kishi bo‘lsayam, men domlalik burchini bajargan bo‘lardim. Har kuni o‘zgaring, gurunglarni to‘xta­ting, shu menga kerakmi, deng. Kerakli kitobni, kursni, hunarni tanlang. Keling­lar, o‘zgaraylik…” Talabalarimdan biri shunday deb qoldi: “O‘ylab ko‘rsam, kunlarim bir xil o‘tarkan, darsdan kelamiz, qizlar bilan gurung, g‘iybat qilamiz, aylanamiz, shu… Har kun shunday, sinov, nazoratlarni amallab topshiramiz, tumanga uyga borib kelamiz va yana o‘sha ahvol. Men so‘zlaringizdan ta’sirlanib, o‘zimni o‘zgartirishga chog‘landim. Gurung-hangomalarni yig‘ishtirdim, kurslarga yozildim, badiiy kitoblar o‘qiy boshladim. Qat’iy reja tuzdim. Qizlarning, ho, o‘zgarish zo‘r-u, deganiga parvo qilmasdim. Ammo o‘n kun bo‘lmay yangi tartibdan qattiq charchadim. Biroz o‘zimni bo‘sh qo‘yishga qaror qildim. Suhbatlari­ga qo‘shilay desam, qiziqmas, keraksiz gap-so‘zlar ekanini, men endi mutlaqo avvalgidek yashay olmasligimni angladim”. Keyinchalik o‘sha sobiq talabamni ko‘rib qoldim. Ilmiy ishi chet el bilan bog‘liq ekan. Oq yo‘l, azizam! O‘zim ham o‘zgarishga harakat qilardim. Doimo xuddi Toshkentdagilardan orqada qolib ketgandek, tinmay o‘qirdim. Va baribir qaytaman deb niyat qilardim. Kitob javonimga “Mashaqqat­lar bilan yulduzlar sari” deb yozib qo‘ygandim. “Nega mashaqqat bilan?” – eskicha fikrlash! Yaxshi hayotda sevib ishlash bilan, de. Qachon o‘zgarasan, ey Sharq?! Ammo baribir inson o‘zligini anglashi ­ke­rak! Agar o‘zimiz o‘zligimizni anglasak, millat o‘zligini anglaydi, milliy o‘zlik anglansa, mus­taqilligimiz metindek bo‘ladi, 10-15 yildan so‘ng bu anglanish vujudimizga singib, tomirimizda qon bo‘lib oqa boshlaydi, deb ma’ruza o‘qirdim u paytlar… Bo‘lmadi… bir necha urinishdan so‘ng qayt­dim poytaxtga – oilamni ikki bo‘lib (dastlab), yosh bolalarim bilan sudralib, deganday! Ammo yangi hayotga ishonch kuchli edi. U yoqda adabiyotmas, tarix va boshqa ijtimoiy fanlardan dars beraverib ancha “o‘sgandim”. O‘zimcha. Ammo yana hammasini “nol”dan boshlash, yangi qurgan uyimni “qalbga joylab” “spiralning keyingi aylanasi”ga o‘tish… Toshkentga kelsam, men izlagan Toshkent yo‘q. Fayz ketgan. Men ishlab yig‘lab xayrlashib ketgan O‘zR FASHI rahbari o‘zgargan, qayta isloh arafasida… U yerdagi ulug‘ ustozlar “u yoqqa” ketishgan, bu dunyodagilari esa… Hamma tanishlar tirikchilik deb 2-3 joyda ishlab chopgan… Qanaqa “o‘zlikni anglash”, qanaqa “tafakkurni yangilash”… It egasini tanimaydi go‘yo… Qani adabiy davralar, ilmiy suhbatlar? “Vaqt yo‘q-da”. “O‘zlikning bekatlari” she’riy kitobimni chop ettirdim, keyinroq “Tan yurti”ni. Shu… Urinardim, oliy dargohda adabiyotdan emas, ijtimoiy fanlardan dars berganim, bahonada yangi bilimlarni o‘zlashtirganim (diplomga ham o‘qib olgandim) foyda berib, ilmim oila yuritish, bola tarbiyasida katta yordam qilardi. Yaqin-yaqinlargacha psixolog­larning chiqishlarini ruscha “vidik”larda ko‘rardim. Ammo jamiyat o‘zgargan, biroq yuksalmagan, sharafga intilmasdi. Ammo… Istab intilganim, Vatanni, qora ko‘z talabalarimni tashlab bir ilmiy muhitga kira olmadim. Xo‘sh, xatom nimada edi? Men, singlimning so‘zicha “kitobga kirib ketib” hayotni, odamlarni bilmagan ekanman. Va haqiqatdanam shunday edi. Jamiyatning xatosi-chi? Qalbga mustaqil vatan tushunchasi singdi, ammo vatan… Yoshlarga kelsak…Bir kuni qarasam, “oynada – nur”. Hozirgi yoshlar yangicha fikrlayapti. Dastlab… Ha, davr o‘zgardi, yoshlar bor bilimlarni yangicha matematik modellarga solib qayta o‘zlashtiryapti, yangicha baholashyapti. Bu – ta­biiy axir, deb o‘ylardim. Yo‘q, ularni yetarlicha baholamasdim. Keyingi paytda ruslardan o‘rganganim, chet el yoshlari fikriga xos “самооценка”, “саморазвитие”, “emotsional-ruhiy tarbiya”, “psixologik yordam” kabilar yaqin besh-o‘n yillardan beri o‘zbek yosh yigit-qizlari hayotiga kirib kelib ancha o‘sgan, ijtimoiy tarmoqlarning vositachiligi esa katta edi. Va nuqul “mafkurani boshiga quyish ­kerak” degan qolip ish bermay, yoshlarning o‘zi til o‘rganish yo‘li bilan, ayrimlari chet ellarda o‘qishi kabi omillar ilmli barkamol yoshlarni ulg‘aytirdi. E’tirof etish kerak – bunda xususiy o‘quv markaz­larining roli katta!!! Baribir zamondan orqada qoldim. Agar Samarqanddagi men qadriga yetmagan oliy dargohda ishlayverganimda, balki bu qadar o‘ksimasmidim. Ammo internet orqali o‘z-o‘zini rivoj­lan­ti­rayot­gan yoshlarimiz ko‘ngillarimizga umid uchqunlari olib kiradi. Ular nafaqat tarixni va olamni qayta o‘rganishmoqda, chuqurroq o‘ylab qaralganda, eski avlod ko‘tarmagan masalalarni o‘rtaga tashlamoqda, ochiq va rost so‘zlashga intilmoqda. Mening aziz tengdoshlarim, biz yana ozginadan keyin aaancha orqada qolib ketishimiz mumkin. Mamlakatimiz ahli dunyoqarash masa­lasida turli toifalarda, afsuski. Dunyoqa­rash va g‘oyalar ichki atom kabi qaltisdir. Hozirgi tushunchamiz bor paytda yoshlarni qo‘llaylik, ularning erkinlikka va ochiqlikka intilgan tafakkur tarzini to‘g‘ri qabul qilaylik va kelajakka ishonch bilan boqib, xuddi futbolchilarimizga dunyoviy g‘alaba olib kelishiga umid bildirganimiz singari duolar bilan yoshlarni olqishlaylik!

Gulshan RAHIM, filologiya fanlari nomzodi
Facebook
“Jadid” gazetasi 2024-yil 3-may 19-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599