24.04.2024 | 15:23
403
ULAR BOSHQA YO‘LDAN KETISHDI
Ellikka yaqin jadid bobolarimiz hayotini o‘rgangan va ular haqida turkum eshittirishlar tayyorlagan jurnalist sifatida bilganlarimni sizlarga ham aytib qo‘ymoqchiman.
Jadidlarning hammasi o‘z zamonasining boylari bo‘lgan. Ular to‘rtta xotin olishi, haftada emas, har kuni choyxonama-choyxona yurib oshxo‘rlik qilishi, o‘n ming qo‘yini yigirma ming, mingta otini o‘n mingta qilishi mumkin edi. Ammo ular boshqa yo‘ldan ketishdi. Otalari topgan mol-mulkka o‘z sarmoyasini qo‘shib maktab qurishdi, xorijdan dastgohlar olib kelib kitob-u gazet chiqarishdi. Jadidlarning maqsadi Vatanni ozod ko‘rish, millatni o‘qimishli qilish edi. Ular Millat, Vatan deya jonlarini fido qilishdi. “Kitob o‘qimayman”, “Gazet kerakmas”, deya mol, ot, qo‘ylarini ko‘paytirishganlarida edi, Stalin qatag‘onidan omon qolishlari mumkin edi ehtimol…O‘z nafsini emas, balki Millat, Vatan taqdirini o‘ylab, shu yo‘lda shahid ketganlarning joylari jannatda bo‘lishi uchun duodaman.
Sharofiddin TO‘LAGANOV
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



