Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.05.2024 | 05:40

img2169

OPOQI

“Opoqi” deb Farg‘onada bobo, Toshkentda yoshi katta ayolga nisbatan aytiladi. Shuningdek, shevalarda: opoyi, opog‘oyi, opog‘acha, opog‘dada kabi shakllari ham bo‘lib, ular: xola, amma, yanga, opa, buvi, bobo kabi ma’nolarga ega. Xo‘sh, bu tizimdagi atamalar nega ham erkak, ham ayol qarindoshlarga nisbatan ishlatiladi? Ularni umumlashtiruvchi “opo(g‘)-” qo‘shimchasi nimani bildiradi?

 “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da “opog‘oyi//opoyi//opoqi” so‘zlariga umumiy qilib bir izoh keltirilgan, ya’ni bu atamalar: “āpāq” sifati va “āyi” otidan tuzilgan birikmaning bir so‘zga birlashuvidan yuzaga kelgan”, – deyiladi lug‘atda (O‘TEL. I t. 255-bet). Ushbu iqtibosda keltirilgan “āpāq” – hozirgi tili­miz­dagi “oppoq” bo‘lib, Kosh­g‘ariy bobomiz “Devonu lug‘otit-turk”da bu so‘zni: “āp” – ta’kid va kuchaytirish ko‘makchisining “āq” (“oq”) so‘ziga qo‘shilishidan yasalgan va “ap-aq” (oppoq) – “judayam oq” ma’nosini bildiradi, deb tushuntiradi (DLT.I t.1960.70).

To‘g‘ri, keksa kishilarga nisbatan “oqsoqol”, “mo‘y­safid”, “nuroniy” deymiz, ammo “judayam oq” ma’no­sidagi “oppoq” so‘zini yoshlar va ayollarga nisba­tan ham qo‘llanishi g‘aliz tuyuladi. Qolaversa, “oppoq” o‘tmishda hech qachon izzat-hurmat ma’nosini tashimagan. Mayli, “opog‘ oyi”, “opog‘ dada”, “opog‘ acha” kabi so‘z birikmalari “oppoq” ishtirokida yasalgan deb faraz qilaylik, ammo “opoqi”ni qanday tushuntirish mumkin?

Bizningcha, bu atamalarning rang­ni bildiruvchi “oppoq” so‘ziga mutlaqo aloqasi yo‘q va “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da ularga berilgan izoh to‘g‘ri emas. Bu atamalar, shuningdek hozirgi tilimiz­dagi “opa” so‘zi ham, qadimgi turkiydagi bir o‘zakka – “aba//apa” arxetipiga borib taqaladi. 

“Devonu lug‘otit-turk”da “aba” so‘zi shunday izoh­lanadi: “aba – ona (o‘g‘uzcha). Qarluq turkmanlari qat­tiq پ bilan apa deydilar” (DLT.I t.1960.113). Shuning­dek, “Devon”ning o‘sha betida “aba”ning ikkinchi ma’nosi ham keltiriladi: “aba – ota (tubutlar tili­da). Bu arab tilining izi bo‘lsa kerak. Chunki tubutlar Yamandan qochib, turklar shahriga kelib, bola-chaqa qilib qolgan bir kishidan tarqaganlar. Ular Banu Sobitning avlodlaridir”.  

To‘g‘ri, arab tilida “ab” – “ota”, uning ko‘pligi esa – “aba” yoki “obo”, ya’ni “otalar” ma’nosida, ammo turkiy “aba//apa” arxetipining islomdan oldin ham mavjud bo‘lganligi va “ota”, “bobo”, “ajdod” ma’nolarini bildirganligi uning arab­cha “obo” ga aloqasi yo‘qligini bildiradi. Arabcha “obo”ni yozma adabiyotda ba’zan uchratish mumkin, xususan, Navoiy “Saddi Iskandariy”da: “Chu obog‘a bu nav’ ber­ding sifot” [“Otalar (ya’ni, yetti qat osmon)ga shunday sifatlar berding”], – deb yozganda arabcha “otalar” ma’nosi­dagi “obo”ni qo‘llagan. 

Arabcha “ab”, turkiy “aba” kabi so‘zlarning ham shakl, ham ma’no jihatidan o‘xshashligining bosh­qa sababi bor. Gap shundaki, ko‘pgina tillarda ota, ona va boshqa qon qarindoshlik atamalari bir-biriga o‘xshab ketadi. Buning sababini shunday tushuntirish mumkin: odatda, go‘daklar kattalardan so‘z o‘rganadi, ammo ota, ona kabi qon qarindosh­lik atamalarining kelib chiqishi, mutaxassislarga ko‘ra, aksincha, ya’ni aba, apa, appa, ava, ana, ama kabi so‘zlar go‘daklarga taqlidan, go‘dak tilidan olingandir, shu bois ular mushtarak tuyuladi.

“Этимологический словар тюркских языков” (ESTYA) lug‘atida turkiy “aba” dan “apa” (“appa”) shakli qadimiyroq, degan fikr aytiladi. “Apa” qadimda “ota”, “bobo”, “ajdod” ma’nosida ishlatilgan. Xususan, VIII asr yodgorligi – Kultegin bitiktoshida “yečü apa” birikmasi – “ajdodlar” ma’nosiga ega. Shuningdek, mazkur lug‘atda “aba//apa” arxetipi qadimgi turkiydagi “yoshi katta bo‘lmoq” ma’nosi­dagi “ab-” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, degan fikr ham aytiladi. Ya’ni, “apa//aba” deb yoshi katta qarindoshga nisbatan ishlatilgan. “Apa” so‘zi qadimda ba’zi unvonlarga ham qo‘shib aytilgan, xususan “apa tarqan” (“katta tarxon”), “apa tutuq” (“katta harbiy voliy”) kabi atamalarda “apa” qarindoshlikni emas, balki unvon darajasi­ni bildirib kelgan.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida “апа оғланы” so‘z birikmasiga ko‘p duch kela­miz, bu ibora “odam bolasi”, “bani odam” ma’nosiga ega: “апа оғланы көрсә арқыш саны”, – ma’nosi: “odam bolasini ko‘rsang, karvon sana (hisobla)”. Ya’ni, ushbu o‘rinda “apa” – “odam, eng qadimgi ajdod, Odam Ato” ma’nosida kelgan.

“Этимологический словар тюркских языков” lug‘atida yozilishicha, “apa//aba” arxetipi turkiy tillarda keyinchalik ikki yo‘nalishda: ham erkak, ham ayol qarindoshlik atamalari tizimi yo‘nalish­larida rivojlangan. Mazkur arxetipdan o‘sib chiqqan atamalar hozir ham ba’zi turkiy til va lahjalarda: ota, bobo, amaki, aka kabi ma’nolarni bildirsa, ba’zilarida: ona, opa, buvi, singil kabi ma’nolarda ishlatiladi.

Alqissa, hozirgi o‘zbek tilidagi “opa” so‘zi ham aynan shu o‘zakdan. “Opoqi”ning “bobo” ma’nosi esa, “apa//aba” arxetipi “ota”, “bobo” ma’nosida qo‘llanadigan turkiy lahjalar orqali tilimizga ko‘chgan. “Yoshi katta ayol” ma’nosidagi “opoqi” esa mazkur so‘zni muannas shaklida qo‘llovchi shevalarda paydo bo‘lgan. “Apa+q” shaklidagi “-q” qo‘shimchasi, ESTYAda yozilishicha, kichraytirish, erkalash ma’nosini tashiydi. “Devonu lug‘otit-turk”da shu usulda yasalgan boshqa bir so‘z – “ataqi”ga shunday izoh beriladi: “ataqї – otaginam, otajonim ma’nosida mehribonlikni bildiruvchi so‘z” (DLT.I t.1960.155). “Bobo” ma’nosi­dagi “opoqi” ham aynan shu shaklda yasalgandir.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasi 2024-yil 17-may 21-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599