04.06.2024 | 16:57
393
NEMISLAR QANDAY QILIB SANITAR TOZALIKKA O‘RGATILGAN?
Germaniyada, xususan, g‘arbiy Bavariyadagi tarixiy Shvabiya aholi hududlarida sanitariya tozalikka rioya etish “tug‘ma” emas, aksincha, majburiy ravishda qadriyat va an’anaga aylantirilgan.
Uzoq vaqt davomida nemislar chiqindi, kul, o‘limtiklar, suyak-sayoq va yuvindilarni devor osha ko‘chaga yoki jamoat joylariga tashlayvergan. Natijada antisanitariya sharoitlarida turli kasalliklar ko‘paygan, qishloq va shaharlarda epidemiya o‘choqlari vujudga kelgan.
XV asrda graf Vittemberg ushbu chiqindilar qo‘lansasidan kasal bo‘lib qoladi va u odamlar va chorva mollarining chiqindilarini qishloqdan chetroqqa yoki tungi vaqtda daryoga oqizish to‘g‘risida farmon qabul qiladi.
Albatta, farmon shartlarini nazorat qilish oson ish emasdi. Politsiyani har bir xonadonga yoxud fermerga biriktirish qimmat tadbir bo‘lib, huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun korrupsiyani keltirib chiqaruvchi boshog‘rig‘i edi.
Shundan so‘ng graf yangi farmon chiqardi, natijada Shvabiya shaharlari to‘satdan toza bo‘lib qoldi. Farmonning mohiyati quyidagicha edi: agar qo‘shningiz bir necha hafta davomida chiqindisini tozalamagani, devordan ko‘chaga uloqtirgani yoxud belgilanmagan joyga tashlagani haqida xabar bermasangiz, unda nafaqat u, balki siz ham aybdor sanalasiz. Agar siz tegishli idoraga xabar bersangiz, unda siz qo‘shningiz mulkining bir qismiga egalik huquqini qo‘lga kiritasiz.
Natijada hamma qo‘ni-qo‘shni nazaridan hayiqib, o‘z mulkining daxlsizligini o‘ylab, har shanba kunlari hovlisi va shaxsiy hududini tozalab, chiqindilarni qat’iy belgilangan joyga sarishtalik bilan eltishga odatlandi.
Ushbu holatni bir tomondan, chaqimchilikka majburlash, shaxs erkinligini bo‘g‘ish deb talqin qilish mumkin. Boshqa tomondan esa shvabiyaliklar qisqa muddatda o‘z qishloq va shaharlarining sanitar holatini risoladagidek tartibga keltirib, butun nemis xalqiga namuna ko‘rsatdi. Natijada ma’lum vaqtdan so‘ng graf Vittembergning majburiy farmoni Germaniya milliy urf-odati va an’anasi tarkibiga ozodalik va sarishtalik fazilatini olib kirdi.
Islom XUSHVAQTOV sahifasidan olindi.
“Jadid” gazetasi | 2024-yil 31-may | 23-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



