Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.06.2024 | 21:56

img489

UNUTILMAS XOTIRALAR

Sherali Turdiyev bilan 1994-yil yoz oylarida uchrashgandim. Men avvaldan olimning ilmiy maqolalari bilan tanish edim. Shuning uchun bu uchrashuv meni juda quvontirdi. Sherali aka bilan maktublar orqali ma’lumot va fikrlar almashib turardim. Menga juda ko‘p manbalar taqdim qilgan. Sherali akaning maslahatlari ilmiy tadqiqotlarim uchun bebaho hissa bo‘lib qo‘shilgan.

U kishi juda mehribon, kamsuqum, olijanob inson edi. Bilganlarini fidoyilarcha beminnat ulashar va o‘tkir zakovatlari bilan biz xorijlik tadqiqotchilarning mavzu borasidagi tasavvurimizni yanada kengaytirgan. Sherali aka meni xuddi o‘zining shogirdi kabi qanotlari ostiga oldilarki, bu muruvvatni hech qachon yodimdan chiqarmayman.

Ustoz kutubxona va arxivlarda manba bilan ishlashda ulkan tajribaga ega bo‘lib, ilm ummonidagi gavharlarni men bilan va shubhasiz boshqa hamkasblari, izdoshlari bilan teng baham ko‘rar edi.

Adib XOLID, jadidshunos, professor (AQSh)
___________________________________________________

Dorilfunun darslari kechki 9-10 larda tugardi. Yotoqxonaga kel­dik deguncha Sherali ko‘rinmay qoladigan bo‘ldi. Avvaliga kursdosh do‘stlar uning ko‘rinmay qolishiga hayron bo‘lishdi, keyinchalik o‘rganib ketdik. Bir gal undan so‘rasam, bunday dedi: “Sizga aytib yuradigan 20-yillar jumbog‘ining yechimini topdim. Yotoqxonamiz yer­to‘lasiga keraksiz asarlar – o‘sha davr ro‘znoma va oynomalari keltirib tashlangan ekan, bularni yoqib yuborishmasidan avval o‘rga­nib olay, deyapman”.

Urushdan keyingi qiyinchilik yillari edi. Dorilfunun hovlisidagi bufetda Asya degan ayol talabalarga ro‘yxat bilan ikki yuz gramm­dan non berardi. Keyinchalik bilsak, Sherali o‘sha nonni yemasdan har kuni, yerto‘laning eshik-qopqog‘i ustida o‘tiradigan kampirga keltirib berarkan. Haftasiga o‘n so‘mdan pul ham berib turarkan. Kampir nonni olganidan keyin yerto‘la chirog‘ini yoqib, Sheralining kirishiga ruxsat etarkan. Yana eshikni qulflab, ustiga kursisini qo‘yib, paypog‘ini to‘qib o‘tiraverarkan. Yerto‘lada Sherali “Sharq haqiqati”, “Inqilob”, “Tong” degan nashrlarni varaqlab, o‘zi izlagan davrga oid maqola va badiiy asarlarni mutolaa qilardi…

Olim QO‘CHQORBEKOV, Sherali Turdiyevning kursdoshi,
taniqli jurnalist va yozuvchi
______________________________________________

1992-yil, dekabr oyining oxirgi kunlari edi. “Sharq yulduzi” ilmiy-adabiy jurnali­ning tahrir hay’ati a’zolaridan biri Ortiqboy Abdullayev meni Sherali Turdiyev bilan tanishtirdi. O‘sha kundan boshlab, qachon Toshkentga safar qilsam, Sherali aka bilan, albatta, uchrashar edim. U hamisha mening Fitrat, Cho‘lpon va boshqa ma’rifatparvar jadidlar to‘g‘risidagi savollarimga batafsil javob berar, shuningdek, muhim ma’lumotlar va bebaho manbalarni taqdim qilardi. Masalan, Abdurauf Fitratning “Munozara”, “Adabiyot qoidalari”, Cho‘lponning “Tong sirlari” kitoblaridan nusxalarni ustozdan olganman. Jadidlik harakati va adabiyoti tadqiqotiga o‘zini beminnat bag‘ishlagan samimiy olim sifatida bilaman Sherali akani.

Sherali Turdiyevning yuzlab qator ilmiy ishlari ichida “Среднеазиатские татары: роль и значение в культурной и политической жизни Туркестана первой четверти ХХ в.” (Казань: Панорама-Форум, 1997) nomli maqolasi hamda “Ular Germaniyada o‘qigan edilar” kitobini juda katta qiziqish bilan o‘qiganman. Muallifning o‘zi ularni menga dastxati bilan sovg‘a qilgan.  

Sherali Turdiyevning Sovet davridagi jadid ma’rifatparvarlarining hayoti, ijodi va faoliyatiga bag‘ish­langan chuqur izlanishlarini qadrlayman. Qatag‘on qurbonlari haqidagi faktlarni aniqlash, ularning merosini tiklashda Sherali Turdiyevning o‘rni beqiyosdir.

Hisao KOMATSU,
Tokio universiteti professori

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 7-iyun | 24-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596