Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.06.2024 | 17:08

img422

KIPRIGI BILAN ILM QUDUG’INI QAZIGAN OLIM

Chin ma’nodagi fidoyi tadqiqotchi, “ilmdan boshqasi savatdagi suv” shiorini shogirdlariga, yaqinlariga, farzand-u nabiralariga hamisha uqtirib kelgan Sherali Turdiyev o‘zbek jadid adabiyoti tarixining ko‘p sirli qulflariga kalit topa olgan olim edi. U o‘zining ilmiy ijod yo‘lida o‘tkir qalami bilan jonkuyar, izlanuvchan va haqiqatgo‘y tadqiqotchi bo‘lib tanildi.

1947-yildan to umrining poyonigacha o‘zbek hamda qardosh xalqlar matbuotida ko‘plab ilmiy maqolalari, taqriz va tarjimalarini e’lon qildi.

U o‘z vaqtida “O‘zbek adabiyotining 20-yillardagi hikoyachiligi” mavzusida nomzodlik disserta­t­siya­sini yoqladi. Shuningdek, jadid adabiyoti, jadidlar tarixi, qata­g‘on qurbonlarining hayot va ilm yo‘li, qismati borasida kiprik bilan ilm qudug‘ini qazib, adabiyot muhiblari­ga “obi hayot” taqdim etdi. Olim nodir fondlarda umrini o‘tkaz­di. O‘zbekistondan tashqari Germaniya, Avstriya, AQSh, Turkiya, Yaponiya kutubxona hamda arxiv­larida tadqiqotlar olib bordi. Xusu­san, 20-yillarda xorijga o‘qishga yubo­ril­gan talabalar taqdiri bilan qiziqdi. Qatag‘onga uchragan juvonmarg ziyolilarning izlarini izladi va oila a’zolarini topib, ular bilan suh­batlar uyushtirdi. Shu tadqiqotlar­ning bir qismi o‘laroq “Ular Germa­niyada o‘qigan edilar” kitobini yozdi. Bu kitob vaqtida juda mashhur bo‘lib ketdi. O‘zbek kinoijodkorlari ushbu noyob ilmiy tadqiqot asosida ikki se­riyadan iborat hujjatli film ham yaratdilar.

Bir holatga hayron qolaman: bugun turli adabiy-ilmiy anjumanlarda ma’ruza qilgan ba’zi tadqiqotchilar, shu mavzuda badiiy asarlar yaratayotgan yosh adiblar o‘z “topilma”larini bayon qilishadi, “Ular Germaniyada o‘qigan edilar” kitobidan unumli foydalanishadi-yu, biroq afsus­ki, zahmatkash olim Sherali Tur­diyevni eslashni istashmaydi. Hol­buki, ilm xolislik va adolatni ta­lab qiladi.

Bir necha yil oldin akademik Naim Karimov domla bilan suhbatlashganimda: “Sherali do‘stim juda kamtar inson edi. Shunday holatlar bo‘lardi, u kelib: “Qara, Naim, mana bu muallif mening falonchi nashrimdagi fikrlarni shundaygina olgan-u o‘z familiyasi bilan chop qilgan”, deb aytardi. “Bunga chora ko‘rish kerak” desam, “Ha, mayli, kerak emas. Bir kun insofga kelib qolar…”, deb qo‘l siltab qo‘yardi. Biror ilmiy asar, maqola yozishda kimdir yoki kimlardir bilan hammuallif bo‘lsa, albatta, o‘z ism-­sharifini eng oxiriga tirkar edi. Shunda men “Hammasi­ni deyarli o‘zing yozding-ku” deb tanbeh bersam, parvo ham qilmasdi…”. Naim Karimov domla Sherali Turdiyevni zahmatkash, ziddiyatlarni xushlamaydigan, juda mulo­yim, halim va kamtar inson sifatida yodga olgani hamon esimda.

Balki, Sherali Turdiyevga bunday go‘zal insoniy fazilatlar otasidan o‘tgan bo‘lsa kerak. Dehqonchilik, kosiblik ilmining ustasi bo‘lgan Turdiboy ota haqida: “Dadam juda sodda va xokisor bo‘lib, masjidga yangi kalish kiyib borib, eskisiga alishtirib kelar edi”, degan ekan Sherali Turdiyev.

Olim zoti uchun halollik va sof­dillik fazilati juda muhim. “Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin”, degan hikmatni xalqimiz bejiz ayt­gan emas. Sherali Turdiyevning qizi, taniqli bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva “Otam – ustozim” maqolasida yozadi: “Otam agar biror inson ko‘chada qolib, yotishga joy topolmagan bo‘lsa, uyga olib kelar edilar. Zarurati bo‘lsa, musofirning qo‘liga pul tutqazib, ovqatlantirib keyin jo‘natardilar…”.  

Sherali Turdiyev begunoh insonlarning xalq dushmanlari sifatida qoralangani va qatl qilinganiga befarq qarab tura olmadi. Arxivlardan haqiqat izladi; umrining ko‘p yillari­ni tarixiy manbalar ustida ishlash bilan o‘tkazgan olimning “Sherali arxiv” laqabi ham bor edi. Olim­ning izla­nishlari Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyini tashkil etish­da, uni eksponatlar bilan boyi­tishda juda qo‘l keldi.

Olim respublika va xalqaro anjumanlarda ishtirok etib, ilm ahli bilan hamisha do‘stona aloqalar o‘rnatdi. Uning shaxsiy arxivida mingga yaqin maktub, tab­riknoma va taklifnoma, iltimos xatlari va tashakkurnoma­lar bor. Yozishmalarda xorijlik olimlar, tadqiqotchilar Sherali Turdiyevdan asosan arxiv manbalari, jadidlar mavzusiga tegishli fotosurat nus­xa­lari, o‘z asarlariga taqrizlar yubo­rishni iltimos qilgan. Iltimosnomalar bilan birga ilmiy simpozium, anjuman, seminar, forumlarga taklif xatlari ham juda ko‘p. Sherali Turdiyevning ilmiy tadbirlar o‘tkazilishida, kitoblar yozishda, muzeylarni boyi­tishda qo‘shgan beqiyos hissasi e’tirof etilgan tashakkur xatlari yozishmalar ichida miqdor jihatidan eng salmoqlisidir.

Adabiyot, tarix, tarjimashunoslik sohalarining muxlisi va ma’lum ma’­noda “kaliti” bo‘lish bilan birga, olim inson sifatida benazir va ardoqli edi. U juda samimiy do‘st, ustozlari­ga sadoqatli shogird, izdoshlariga ustoz, farzandlariga uzoqni ko‘ra biluvchi maslahatgo‘y mehribon ota, nabiralariga sevimli va rahnamo bobo edi. “Yordamini, vaqtini, ilmi­ni hech qizg‘anmaydigan olijanob inson edi. Mehnatkash, kamtarin, xokisor, oddiy va buyuk edi…”

Sherali Turdiyevni tanigan-bilganlarning barchasi bu benazir inson haqida aynan shu fikrni takror va takror ta’kidlashadi.

Hulkar TURDIYEVA,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
“Jadid” gazetasi | 2024-yil 7-iyun | 24-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img79

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593