Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.06.2024 | 19:26

img572

TOZA MA’RIFAT SUVI

Bu – Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning 1914-yilda yozilgan “Adabiyot nadur?” degan manifest xarakteridagi maqolasida qo‘llangan ibo­ra. Adabiyotshunos Naim Karimov haqida maqola yozarkanman, ushbu ifodaga duch kelib qoldim va menga nihoyatda yoqdi.

Cho‘lpon “Adabiyot nadur?” deb o‘zi qo‘ygan savolga: “qonlarimizga qadar singigan qora balchiqlarni tozalaydurgon, o‘tkur yurak kirlarini yuvadirgon toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirgon, chang va tuprog‘lar to‘lgan ko‘zlarimizni artib tozalaydurgon buloq suvidur”, deb javob beradi. Bu jadid ma’rifatparvarlik adabiyotining butun mundarijasi va maqsadlarini o‘ziga obrazli tarzda qamrab oladi. Ma’rifatli jadid adabiyotining toza ma’rifat suvi Cho‘lpon, Qodiriy, Fitrat, Behbudiy, Ibrat, Avloniylarga qanchalar aloqador bo‘lsa, nainki ularga, ushbu tashbehni “burjua” adabiyotining buloqlari va ma’rifati deb tushuntirishga uringan ilk jadid adabiyotshunosi Abdurahmon Sa’diyga ham nechuk aloqasi bo‘lsa, ularning keyingi barcha izdoshlari va xususan, akademik Naim Karimovga ham shunchalik yaqin va tig‘iz aloqadordir. Akademik Naim Karimovning barcha yozganlarini shu qamrovdor ibora bilan tushuntirmoqchi bo‘lsam, o‘quvchilar ham buning ustida o‘yla­nish bosqichiga chiqishlariga ishonchim komil.

“Toza ma’rifat suvi” bizning milliy adabiyotimizning mazmun doirasi va yo‘nalishini aniq-ravshan belgilaydigan ibora. Unda milliy adabiyotimizning asos g‘oyasi mujassam. Adabiyotshunoslarimiz milliy mustaqillik uchun kurash va nihoyat milliy mustaqillik davridagi badiiy adabiyotimiz va san’atimizning bosh va yetakchi maqsadlarini belgilash uchun bir qancha g‘oya va fikrlarni o‘rtaga tashlaganlar. Bu jihatdan akademik Naim Karimov bilan doimo yonma-yon va hamqadam bo‘lib ishlab kelgan bilimdon adabiyotshunos olim Begali Qosimovning bir ajoyib fik­rini ta’kidlab o‘tgim keladi. U “Mustaqillik adabiyotshunosligi” degan qimmatli asarida, chunonchi, shunday deb yozadi: “Mustaqillik davri adabiyotshunosligi­ning o‘tgan 12 yil davomida qo‘lga kiritgan eng katta yutug‘i ko‘p asrlik adabiyotimizni milliy-estetik asoslarda o‘rganish va baholashning yo‘lga qo‘yilgani bo‘ldi”. Olim yangi davr adabiyotining bosh va bundan ke­yin ham ko‘p zamonlar yetakchi bo‘lib qola­digan xususiyatini milliy estetik asos deb belgilayotgani bu mash’um “sosrea­lizm”dan batamom xalos bo‘lganimiz, qutulganimiz va umumjahon adabiyotining izlanish­lar yo‘liga chiqqanimiz hamda unga batamom hayot daryosi kabi qo‘shilayot­ganimizni bildiradi.

Akademik Naim Karimovning mus­ta­qillik davrida yozgan barcha ilmiy-nazariy, tadqiqotchilik yo‘nalishidagi asarlari mana shu milliy estetik tahlil yo‘nalishini aks ettiradi. O‘quvchilarga yaxshi ma’lumki, adabiyotshunoslikdagi bu yo‘nalish Gʻarb va umuman, dunyo adabiyotlarida keng tarqalgan va uning Irving Stoun, Stefan Sveyg, Luis Borxes, Andre Morua kabi ajoyib namoyandalari mashhur. Akademik Naim Karimov o‘zbek adabiyotshunosligida ilmiy estetik biografik romanning salmoqli namunalarini yaratdi. Men uning Cho‘lpon, Shayxzoda, Mirtemir, Qodiriy va Hamid Olimjonga bag‘ishlangan asarlarini qiziqib o‘qiganman. Ayniqsa, Hamid Olim­jon va Oybek haqidagi asarlarini mubolag‘asiz adabiyotshunoslikning shoh asarlari deb sanaganman.

Naim Karimov zamonlarning ko‘p alg‘ov-dalg‘ovlarini ko‘rdi, boshidan kechirdi. Lekin u Oybek, Zulfiya, Zarifa Saidnosirova, Gʻafur Gʻulom, Izzat Sulton, Matyoqub Qo‘shjonov, Ozod Sharafuddinov singari ustoz-murabbiy­lar yonida yurib, ular bilan hamnafas bo‘lib, yana Naim Karimovligicha qoldi. O‘ziga xos olim, adabiyotshunos ekanligini tinimsiz namo­yon qilib turdi.

Naim Karimov o‘zbek adabiyotshunosligida uzoq samarali yo‘lni bosib o‘tdi. U jadid va sho‘ro ada­biyotshunosligini ich-ichidan yori­ta­digan materiallar, ma’lumotlar, rang-­barang faktlarni xuddi dono xa­zinabon kabi yillar davomida sinchiklab, avaylab, ardoqlab yig‘ib bordi. Yillar o‘tib u chin qomuschi olimga aylandi. Uning ke­yingi o‘ttiz-qirq yillarni qamrab oladigan asarlari xuddi ensiklopedik asarlar kabi o‘qiladi. Men ayniqsa, uning “Adabiyot va tarixiy jarayon”, “Uch buyuk siymo: Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek” deb nomlangan fundamental asarlarini juda qadrlayman. Hozirgi ada­biyotshunoslik shunday yuqori ilmiy nazariy saviyada yozilishi kerak deb hisoblayman.

Istiqlol davrida Naim Karimovning talanti ochildi. Unga xudo ilhom berdi. Tinimsiz kompyuterda o‘tirib, muk tushib yozdi. Tinmay adabiy targ‘ibot bilan shug‘ullandi. Yoshlarni adabiyotga qiziqtirdi. Turli jamiyatlarda ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar o‘qidi. Jadid adabiyoti g‘oyalarini o‘quvchilar ongi­ga singdirib bordi, o‘zi kabi g‘ayratli, ilmga berilgan yosh olimlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Akademik Naim Karimovning “Qa­tag‘on qurbonlari xotirasi” dav­lat muzeyini tashkil etishdagi taklif-tashabbuslari tahsin va e’tiborga loyiqdir. Hozirgi muzey bo‘limlari va ekspozitsiyalari­ning yuksak talqinlarida akademik Naim Karimovning jonbozligi, salohiyati ufurib turadi.

U adabiyotshunoslik ilgari hech qachon istifoda qilolmagan, bu­ning hech qanday imkoniyati ham bo‘lmagan, ammo tarixan nihoyatda qimmatli faktlar, voqea-hodisalarni axtarib topdi va o‘z asarlarida aks ettirdi. Bu jihatdan u Izzat Sulton kabi ulkan adabiyotshunoslar izidan bordi. Zavol bo‘lgan adabiy nomlar, tahqirlangan taqdirlarni tikladi. Pirovardida olim jadid madaniyatining yirik mutaxassislaridan biriga aylandi. Uning mehnatlari davlatimizning qator-qator unvonlari va mukofotlari bilan munosib taqdirlandi.

Zahmatkash olimimizning asarlari faktlarga nihoyatda boyligi bilan ajralib turadi. U o‘zbek adabiyotshunosligining xalqaro miq­yos­­larga chiqishi uchun ham jon kuydirar, olmon, ozarbayjon, turk, rus, tatar olimlari bilan muloqotlar olib borardi.

U yangilanayotgan o‘zbek adabiyoti “jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanadi” deb qattiq ishonar va shu yo‘lda ter to‘kardi. Olim unutilgan adabiy muhitlarni tiriltirdi, jonlantirdi, ularga yangi zamonlar­ning hayot nafasini bag‘ish­ladi. Men uni Iso alayhissalomga mengzamoq­chi emasman. Ammo milliy adabiyotimizga u Iso nafasini olib kirdi va qora tup­roq tagida qolganlarga so‘zi bilan jon bag‘ishladi.

Ibrohim GʻAFUROV,

O‘zbekiston Qahramoni

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 21-iyun | 26-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605