02.05.2024 | 17:42
568
MA’RIFAT ULASHAYOTGAN ADIBLAR

Shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarida taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilyapti. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba va o‘quvchilarni mutolaaga undash, badiiy didini oshirish, ularni vatanparvarlik va yurt kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, adiblarimizni ularga tanitishdan iborat. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 156 nafar taniqli a’zosi respublikamizdagi 202 ta oliy ta’lim muassasasi va 606 ta umumta’lim maktabiga biriktirilib, har ikki oyda bir marta uchrashuv va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish belgilandi. Tadbirlarga maktablar joylashgan mahalla fuqarolari ham jalb etiladi. Mazkur loyihaning ta’sirchanligi va natijadorligini ta’minlash maqsadida barcha tadbirlarga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rilyapti. Ijodiy uchrashuvlar shu yilning aprel oyi ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, may oyining oxiriga qadar davom etadi. Xususan, loyiha doirasida kuni kecha taniqli ijodkorlar Abdunabi Boyqo‘ziyev va Zebo Mirzo bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qatnashdik. Shoirlar o‘z hayoti va ijod yo‘li haqida yoshlarga so‘zlab berdi. Ijodiy muhit, kitob mutolaasi, ustoz shoirlarning ibratli umri, bugunning adiblari haqida so‘z bordi. Uchrashuv mushoiraga aylanib ketdi. Adiblarga rassom talabalar tomonidan chizilgan o‘zlarining portretlari sovg‘a qilindi. Bu kabi qizg‘in tadbirlar yurtimiz bo‘ylab yuksak saviyada o‘tkazilyapti. Adiblar bilan bo‘layotgan uchrashuvda ularning suratlari, tarjimai holi katta ekranlarda namoyish etilib, ular to‘g‘risida roliklar ta’lim muassasasining veb-sahifasi va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinyapti. Yozuvchi-shoirlarning asarlariga bag‘ishlangan onlayn viktorina, “Munozara” klubi, “Zakovat” intellektual o‘yini, spektakl, mushoira kechasi va chellenjlar uyushtirilyapti. “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilyapti, gulxan atrofida suhbatlar bo‘lib o‘tyapti. Bu loyihada qatnashayotgan shoir va adiblarni moddiy rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilgan. Ularning ijodiy safari bilan bog‘liq barcha xarajatlar – borib-kelish yo‘l chiptalari, mehmonxona va ovqatlanishi taklif qiluvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplab berilyapti. 2023–2024-o‘quv yilida adiblar bilan 808 ta uchrashuv o‘tkazish hamda ularga 326 ming nafar (50,6 foiz) talaba, 303 ming nafar o‘quvchini qamrab olish nazarda tutilgan. Talabalarga o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi 150 ta asari o‘qish uchun tavsiya qilinib, 49 ta film, 29 ta spektakl namoyish etish rejalashtirilgan. “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar barcha turdagi ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib borilyapti. Oliy o‘quv yurtlarining ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirayotgan ishlari doimiy monitoring qilinib, maxsus reyting tizimi orqali baholab boriladi. Bir kalendar yili davomida eng yuqori ball jamg‘argan 20 ta oliygohni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, eng past ball to‘plagan 20 ta oliygoh rahbarlariga nisbatan iqtisodiy jazo qo‘llash nazarda tutilgan. Tadbirlar davomida ijodkor talaba va o‘quvchilarning badiiy asarlari saralanib, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan to‘plam shaklida nashr qilinadi. O‘quvchilik kezlarim maktabimizga shoir Mengnor Ollomurod ijodiy uchrashuvga kelgandi. Shunda u bizga “Yuragimda yig‘lab turgan qiz” kitobini sovg‘a qilgan. O‘sha uchrashuv va adibning kitobi mening xotiramda bir umrga muhrlanib qoldi, shundan boshlab shoirlarning ijodi va hayotiga havasim uyg‘ondi. Yuksak tuyg‘ular murg‘ak yuraklarda olovlanadi, deb shunga aytishsalar kerak. Ijodkor bo‘lib yetishishimga o‘sha uchrashuv sabab bo‘lsa, ajab emas. Bugun yurtimizdagi ta’lim maskanlarida uyg‘oq qalb va teran tafakkur sohiblari bo‘lmish adiblar bilan o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi ijodiy uchrashuvlar ham millionlab qalblarni uyg‘otishiga, ming-minglab talaba va o‘quvchilarda millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini alangalatishiga ishonaman.
Fozil FARHOD, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
“Jadid” gazetasi 2024-yil 26-aprel 18-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



