05.07.2024 | 19:55
270
ZOMIN TOG‘LARIDA ILHOM JILVASI
“Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyati ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, boy ma’naviyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz”.
Shavkat MIRZIYOYEV

– Adabiyotga muhabbatli yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizga yaxshi ma’lumki, har yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jizzax viloyati hokimligi, “Do‘stlar klubi” doirasida aksiyadorlik tijorat Xalq banki hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari o‘tkazib kelinadi.
Mamlakatimizda adabiyotga, xususan, yosh ijodkorlarga bo‘layotgan e’tiborlarning samarasi o‘laroq, yildan yilga yoshlarning badiiy ijodga qiziqishi oshib, seminarning qamrovi ham kengayib bormoqda. Talab va istaklarga muvofiq anjuman ahamiyatini yanada oshirish maqsadida tashkiliy masalalarda ham yondashuv tubdan o‘zgarmoqda. Prezidentimiz qaroriga binoan bu yilgi anjumanda yurtimizdagi atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablarining har biridan besh nafardan iqtidorli o‘quvchilar hamda bir nafardan kuzatuvchi ustozlar ishtiroki ham ko‘zda tutilgan. Shu bois, hududiy bosqichlarda qatnashib, Zomin seminarining Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan sakson olti nafar yoshlarga ijod maktablarining ijodkor o‘quvchilari ham qo‘shildi.
Anjumanning bu galgi rasmiy qismi ham odatdagiday poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidan, buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yish bilan boshlandi. Bir guruh ustoz adiblar, adabiyotshunos olimlar hamda yuz nafardan ziyod yoshlar o‘zbek adabiyoti pirining g‘oyibona duolari bilan Zominga yo‘l olishdi. U yog‘i katta taassurotlarga boy, hech qachon unutilmaydigan, uch kuni uch asrga arzirli O‘riklisoyning muazzam bag‘ri.
Anjumanda nazm, nasr, publitsistika, bolalar adabiyoti, badiiy tarjima, dramaturgiya va adabiy tanqid yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbek adabiyotining zabardast vakillari O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov, O‘zbekiston xalq shoirlari Sirojiddin Sayyid, Usmon Azim, Mahmud Toir, Kengesbay Karimov, adabiyotshunos olimlar Qozoqboy Yo‘ldoshev, Suvon Meli, Nurboy Jabborov, shoirlar Nikolay Ilin, Eshqobil Shukur, Kavsar Turdiyeva, Aziz Said kabi ustozlar uch kun mobaynida yoshlarning ijodi bilan yaqindan tanishib, kerakli maslahatlar berishdi. An’anaga ko‘ra, ustozlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan iqtidorli yoshlarning ijodiy ishlari “Birinchi kitobim” loyihasida bir necha ming nusxada chop etiladi.
Yakunda yoshlarga anjumandagi ishtiroklarini tasdiqlovchi sertifikat, seminarning maxsus statuetkasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda hamkorlarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Botirjon ERGASHEV,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
606
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
604



