06.07.2024 | 12:35
351
ZOMIN TOG‘LARIDA ILHOM JILVASI
“Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyati ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, boy ma’naviyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz”.
Shavkat MIRZIYOYEV

– “Kelajak – yoshlar qo‘lida” degan gap galdagi shior ham, tantanavor gap ham emas. Bu – aniq fakt.
Mavjud olamning muqarrar qonuniyatiga ko‘ra vaqt beto‘xtov o‘taveradi, eski avlod o‘rniga yangisi kelaveradi, bu abadiy jarayon. Yangi kelgan va kelayotgan avlod eskisidan aqlli, bilimli va jur’atli bo‘lishi shart. Aks holda xalqning, davlatning va mamlakatning kelajagi xavf ostida qoladi. Chunki hozirgi globallashgan dunyoda kechayotgan shafqatsiz raqobatga chidash, unda g‘olib chiqa olish uchun matonatli va ma’naviyatli avlod zarurdir.
Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu – yoshlarni har tomonlama malakali va ma’naviyati yuksak qilib tarbiyalash, ularning bilim olishi va samarali faoliyat yuritishi uchun davlat hamma shart-sharoitni yaratib beradi, deganidir. Buni yoshlarga berilayotgan o‘ziga xos qarz deb tushunmoq lozim. Qarz esa to‘lovi bilan go‘zaldir. Yoshlarimiz bunday g‘amxo‘rlikka munosib bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Zomin seminari ham shunday g‘amxo‘rlik namunasi bo‘lib, o‘zbek adabiyotining kelajak nihollarini tarbiyalash, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, badiiy adabiyotning buyuk missiyasini uqtirish maqsadida o‘tkaziladigan go‘zal va muntazam tadbirlardan biridir. Ma’lumki, seminar ijodkor yoshlarni topish, eng munosiblarini tanlash borasida Yozuvchilar uyushmasi olib borgan ishlarning yakuniy bosqichi bo‘lib, unda ishtirok etishning o‘ziyoq ham baxt, ham mas’uliyatdir.
Men bunda ishtirokchilar, ular siymosida butun ijodkor yoshlarning mas’uliyati haqida gapirmoqdaman. Bugun hayot, Vatanimiz O‘zbekiston yangilanayotgani kabi badiiy adabiyot ham yangilanmoqda, jahonning hozirgi vaziyatiga mos badiiy adabiyot zarurati paydo bo‘lmoqda. Sir emas, hozirgi kunda jahonda destruktiv, buzg‘unchi kuchlarning xuruji mislsiz darajada avj oldi. Buzg‘unchilik birinchi navbatda yoshlarga, ularning axloqi va ma’naviyatini izdan chiqarishga qaratilgan. Bunday xurujga qarshi kurashmoq uchun toza qalb, yuksak ma’naviyat sohiblari yarata oladigan sog‘lom adabiyot darkor. Va bu adabiyotga baho beradigan, o‘rni kelganda yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladigan adabiy tanqid zarur.
Adabiyotshunos bo‘lganim bois, adabiy tanqid, unda yoshlarning ishtiroki haqida biroz so‘zlasam. Yosh shoirlar, adiblar, hatto dramaturglarimiz bor, yo‘q emas. Lekin faloncha deb tilga olishga munosib yosh munaqqidimiz yo‘q. Bunday taqchillikni ko‘rgandan so‘ng munaqqidlik noyob kasb va iqtidor ekaniga qat’iy ishonch hosil qildim. Ayni yoshlardan tarkib topgan faol adabiy tanqidsiz adabiyot taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yoshlar tomonidan yaratilgan adabiy mahsulotga yosh munaqqidlar baho bersagina, ya’ni baho bera oladigan darajada bo‘lsagina, chinakam yangi adabiyot mavjudligiga ishonish mumkin.
Zomin seminari boshqa janr yo‘nalishlari qatorida yangi, yosh, iqtidorli munaqqidlarni kashf qiladi deb umid qilamiz.
Suvon MELI,
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
filologiya fanlari doktori
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
100
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
611
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
608



