Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.07.2024 | 12:35

img352

ZOMIN TOG‘LARIDA ILHOM JILVASI

“Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyati ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, boy ma’naviyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz”.
Shavkat MIRZIYOYEV

– “Kelajak – yoshlar qo‘lida” degan gap galdagi shior ham, tantanavor gap ham emas. Bu – aniq fakt.

Mavjud olamning muqarrar qonu­niyatiga ko‘ra vaqt beto‘xtov o‘tave­radi, eski avlod o‘rniga yangisi kelaveradi, bu abadiy jarayon. ­Yangi kelgan va kelayotgan avlod eskisi­dan aqlli, bilimli va jur’atli bo‘lishi shart. Aks holda xalqning, davlatning va mamlakatning kelajagi xavf ostida qoladi. Chunki hozirgi globallashgan dunyoda kechayotgan shafqatsiz raqobatga chidash, unda g‘olib chiqa olish uchun matonatli va ma’naviyatli avlod zarurdir.

Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyo­sati darajasiga ko‘tarilgan. Bu – yoshlarni har tomonlama ma­lakali va ma’naviyati yuksak qilib tarbiyalash, ularning bilim ­olishi va samarali faoliyat yuritishi uchun davlat hamma shart-sharoitni yaratib beradi, deganidir. Buni yoshlarga berilayotgan o‘ziga xos qarz deb tushunmoq lozim. Qarz esa to‘lovi bilan go‘zaldir. Yoshlari­miz bunday g‘amxo‘rlikka munosib bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Zomin seminari ham shunday g‘amxo‘rlik namunasi bo‘lib, o‘zbek adabiyotining kelajak nihollarini tarbiyalash, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, badiiy adabiyotning buyuk missiyasini uqtirish maqsadida o‘tkaziladigan go‘zal va muntazam tadbirlardan biridir. Ma’lumki, seminar ijodkor yoshlarni topish, eng munosiblarini tanlash borasida Yozuvchilar uyushmasi olib borgan ishlarning yakuniy bosqichi bo‘lib, unda ishtirok etishning o‘ziyoq ham baxt, ham mas’uliyatdir.

Men bunda ishtirokchilar, ular siymosida butun ijodkor yoshlar­ning mas’uliyati haqida gapirmoq­daman. Bugun hayot, Vatanimiz O‘zbekiston yangilanayotgani kabi badiiy adabiyot ham yangilanmoq­da, jahonning hozirgi vaziyatiga mos badiiy adabiyot zarurati paydo bo‘l­moqda. Sir emas, hozirgi kunda jahonda des­truktiv, buzg‘unchi kuchlarning xuruji mislsiz darajada avj oldi. Buzg‘unchilik birinchi nav­batda yoshlarga, ularning axloqi va ma’naviyatini izdan chiqarishga qaratilgan. Bunday xurujga qarshi kurashmoq uchun toza qalb, yuksak ma’naviyat sohiblari yarata oladigan sog‘lom adabiyot darkor. Va bu adabiyotga baho beradigan, o‘rni kelganda yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladigan adabiy tanqid zarur.

Adabiyotshunos bo‘lganim bois, adabiy tanqid, unda yoshlarning ishtiroki haqida biroz so‘zlasam. Yosh shoirlar, adiblar, hatto drama­turglarimiz bor, yo‘q emas. Lekin faloncha deb tilga olishga munosib yosh munaqqidimiz yo‘q. Bunday taqchillikni ko‘rgandan so‘ng munaqqidlik noyob kasb va iqtidor ekaniga qat’iy ishonch hosil qildim. Ayni yoshlardan tarkib topgan faol adabiy tanqidsiz adabiyot taraq­qiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yoshlar tomonidan yaratilgan adabiy mahsulotga yosh munaqqidlar baho bersagina, ya’ni baho bera oladigan darajada bo‘lsagina, chinakam yangi adabiyot mavjudligiga ishonish mumkin.

Zomin seminari boshqa janr yo‘nalishlari qatorida yangi, yosh, iqtidorli munaqqidlarni kashf qiladi deb umid qilamiz.

Suvon MELI,

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
filologiya fanlari doktori


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img101

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img612

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img609