07.07.2024 | 17:37
495
YAPONCHA ISSIQ-SOVUQ yoxud yaponlarning semirmaslik siri
Assalomu alaykum, hurmatli o‘qirmanlar. Mana shu o‘g‘lim qo‘lida ushlab turgan matoh yaponchada “Suito” deyiladi. Bizning qishloqda “Termos” deyilar edi. Tushunganingizdek issiqni issiq, sovuqni sovuq ushlab turadigan matoh. Keling, bugun mana shu maqola tugaguncha shu matohni- “Issiq-sovuq” deb atab turaylik.

Xullas, ana shu “Issiq-sovuq” Yaponiyadagi bolalarga bog‘chadaligadayoq majburiy qilib qo‘yiladi. Har bitta bolada shu matoh bo‘lishi shart. Oddiy ko‘chaga o‘ynagani chiqsa ham hamma yapon bolasining qo‘lida bor.
Ertalab uydan chiqayotganda to‘ldirib berib yuborasiz, tugab qolsa, bog‘cha opalari qaytadan to‘ldirib qo‘yishadi. Natijada, bola kun bo‘yi juda ko‘p suv ichadi. Bu matohni ko‘tarib yurish odati, yaponlarda bog‘cha, maktab, universitet, hattoki ishlaydigan kap-katta odamlarda ham shakllangan. Bog‘cha, maktabdan o‘rganib katta bo‘lgan yapon ishxonasida ham o‘sha matohni ko‘tarib yuradigan, ko‘p-ko‘p suv ichadigan bo‘ladi.
Xullas, oddiy suv ichish odati Yaponiyaning har bitta burchagida sezilib turadi. Xohlagan yemakxonaga kiring, birinchi bo‘lib muz solingan suv olib keladi. Dasturxon tuzatishda ham kola, fanta, soklar emas, suvga urg‘u beriladi.
Bu odatni bizda ham shakllantirish kerakmi deyman-da. Bizda oddiy suv ichish uncha yaxshi shakllanmagan. Xohlagan birorta bolachaga nima olib beray desangiz, “Kola”, “Pepsi”, “Sprayt” deydi. Yaponning bolasi esa “Suv” deydi.
Ba’zida chanqab ketib, nimadir olay desam, o‘g‘lim: “Suv oling” deb tayinlaydi. “Sen Yaponiyada tug‘ilgandirsan, men O‘zbekistonda tug‘ilganman” degim keladi. Pul sarflagandan keyin, qandaydir suv olgim kelmaydi. Albatta, nimadir zararli ichimlik olishim shart.
Siz ham oshxonaga kirganingizda, nima ichimlik buyurtma qilishingizni bir eslab ko‘ring…))
Xulosai kalom, suv ichish kerakligini men aytmasam ham hamma biladi. Ammo, madaniyat sifatida shakllanishi uchun bolalikdan, bog‘chalarimizdan boshlash keragov. Balkim, shunda yaponlardek uzoqroq yashab, qand kasalligi, semizlik, yurak kasalliklari kabi ko‘p kasalliklar kamayarmidi…
Hurmatli ayollar, postni o‘qishingiz bilanoq, bolangizning sumkasiga “Issiq-sovuq” idishidan solib qo‘ying. Eringizni esa issiq-sovuq qilib qo‘ying va laykni issiq-issig‘idan bosib keting.
Bahodir ISKANDAROV
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
594
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
592



