05.07.2024 | 20:42
324
Oʻtgan iyun oyi Oʻzbekistonda kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyunlar beshligidan joy oldi
2024-yilning iyuni kuzatuv yillari uchun eng issiq iyunlar beshligiga kirdi. Eng issiq harorat 27−28-iyun kunlari kuzatildi, +43 darajagacha issiq qayd etildi, oyni ekstremal quruq oy deb tavsiflash ham mumkin.

XXI asrda ko‘pgina iyun oylari kabi bu yilning iyuni ham issiq bo‘lib, o‘rtacha oylik harorat me’yordan 1−2,5 darajaga ko‘p bo‘ldi.
Toshkentda o‘tgan iyun oyi 2021- va 2023-yillarning iyunlaridan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi, ular me’yordan 2,8−3,2 darajaga issiqroq bo‘lgan.
Oy davomida harorat foni deyarli tekis bo‘lishi qayd etildi. Respublikaning katta qismida iyun oyida maksimal harorat asosan +32…+37, janubda va cho‘l hududlarda +36…+41 daraja atrofida bo‘ldi.
Eng issiq ob-havo 27−28-iyun kunlari kuzatildi. Ushbu kunlarda harorat +39…+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha ko‘tarildi. Bu iyun oyi uchun eng yuqori harorat qiymatlari emas.
Iyun oyidagi maksimal havo harorati rekordlari +42…+44 darajani, janubda va cho‘l hududlarda +45…+47 darajani tashkil etadi. Xususan, Toshkentda 154 yillik meteorologik kuzatuvlar uchun 1914-yil iyun oyining mutlaq maksimal harorati +43 daraja bo‘lgan.
Ko‘pincha yoz faslida kuzatilgani kabi 2024-yil iyun oyida yog‘ingarchilik juda notekis bo‘ldi. O‘zbekiston hududining katta qismida o‘tgan iyun oyi ekstremal quruq oy deb tavsiflanishi mumkin. Oy davomida yog‘ingarchilik miqdori 0−4 mm ni, ayrim joylarda 6−11 mm gachani tashkil etdi.
Faqat Andijon, Farg‘ona viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonning shimolida yomg‘ir yog‘ishi jadalroq bo‘ldi. Oy davomida yog‘ingarchilik miqdori ba’zi joylarda 15−22 mm ga yetdi. Yomg‘ir juda kamdan kam hollarda yog‘di (oyida 1−3 kun) va qisqa muddatli xarakterga ega bo‘ldi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar tez-tez kuzatildi va ayrim kunlarda yomg‘ir kuchli — bir necha soat ichida 10−20 mm gacha bo‘ldi. Bir oy davomida yog‘ingarchilikning umumiy miqdori 25−35 mm ga yetdi, Farg‘ona viloyati tog‘larida va Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarining baland tog‘li hududlarida 60−100 mm gacha bo‘lishi kuzatildi.
Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida jala hisobiga sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keldi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha esdi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim jylarida shamolning kuchayishi 22−25 m/s ga yetdi. Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamolning ko‘chayishi changli bo‘ronlar bilan qayd etildi, ko‘rinuvchanlik 1000 metrgacha yomonlashdi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
55
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
319



