08.07.2024 | 19:30
455
Prezident Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Xitoy parlamenti rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Xitoy raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani bilan qayd etildi.
O‘zbekiston prezidentining joriy yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda. Ostona shahridagi SHHT sammiti doirasida o‘tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar natijalari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirildi.
Xitoy O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish dasturini, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va «yashil» energetika sohalarida strategik hamkorlik dasturlarini qabul qilish rejalarini qat’iy qo‘llab-quvvatlayotgani tasdiqlandi.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi qayd etildi. Jadal hududlararo aloqalarga yuqori baho berildi. Kelgusi yilda ikkinchi Hududlar forumi o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda Xitoy oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, professional ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Konfutsiy instituti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Kelgusi yilda ikkinchi Ta’lim forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuv yuzasidan fikr almashildi. Parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, parlament a’zolari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun ijodkorligi tajribasini o‘rganish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish nazarda tutilgani qayd etildi.
Toshkentda Chjao Letszi, shuningdek, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashdi. Parlament doʻstlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, parlament qoʻmitalari oʻrtasida yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
86
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
325



