24.07.2024 | 16:03
614
Xitoy yaqin 5 yilda pensiya yoshini oshirishni rejalashtirmoqda
Xitoy hukumati aholining qarishi fonida rasmiy pensiya yoshini oshirishni rejalashtirmoqda. Keksa odamlar ulushining oʻsishi va tugʻilish darajasining pasayishi pensiya tizimidagi inqiroz xavfini oshirishi qayd etildi.

Islohot mamlakatda kuchayib borayotgan demografik inqirozga qarshi kurash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning bir qismidir. Xitoyda hozirgi pensiya yoshi erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun sanoatda ishlaganda 50 yosh va ofis xodimlari uchun 55 yosh.
“Biz pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutuvchi islohotni oʻylangan holda amalga oshiramiz”, — deyiladi agentlik koʻrib chiqqan hujjatda.
Islohot 2029-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Ishchilar hujjatda koʻrsatilgan yoshga yetgandan keyin ishlashni davom ettirish toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari mumkin.
2021-yilga kelib, Xitoyda oʻrtacha umr koʻrish 78 yoshni tashkil etgan boʻlsa, keyingi chorak asrda bu koʻrsatkich 80 yoki undan koʻproqqa oshishi kutilmoqda. Prognozlarga koʻra, 60 yoshdan oshgan fuqarolar soni yaqin oʻn yil ichida hozirgi 280 milliondan 400 millionga koʻpayishi kerak.
Tugʻilish darajasining pasayishi sharoitida toʻlovlari pensiya tizimini qoʻllab-quvvatlaydigan ishchilar qatlamining qisqarishi kutilmoqda. Agar hozirda har bir pensionerga 5 nafar mehnatga layoqatli fuqaro toʻgʻri kelsa, 2030-yilga borib bu raqam 4 nafarga, 2050-yilga kelib esa ikki nafarga kamayishi kutilmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 31 ta provinsiyadan 11 tasida pensiya jamgʻarmasi taqchilligi kuzatilmoqda. Xitoy Fanlar akademiyasi mamlakat pensiya tizimi 2035-yilga borib inqirozga yuz tutishini bashorat qilmoqda.
BMT Aholi taraqqiyoti jamgʻarmasining katta maslahatchisi Maykl Xerman rejalashtirilgan islohotni “standart yechim” deb atadi. Shu bilan birga, u uni bosqichma-bosqich amalga oshirish va yondashuvlarda moslashuvchanlikni – masalan, masofaviy ish va yarim kunlik ishlarni kengaytirish orqali muhimligini taʼkidladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
167
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
157
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
361



