09.07.2024 | 21:13
432
Toshkentdan deyarli barcha poyezdlar 1 oy davomida Janubiy vokzaldan jo‘naydi
Toshkentning Markaziy (Shimoliy) vokzaliga keladigan va jo‘naydigan deyarli barcha yo‘lovchi poyezdlari 15-iyuldan 15-avgustga qadar Janubiy vokzal orqali harakatlanadi.

Bu “To‘qimachi” va “Toshkent-Yo‘lovchi” (Markaziy vokzal) bekatlari oralig‘idagi yo‘llarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
Oy davomida Afrosiyob tezyurar poyezdlari, “Sharq”, “Nasaf”, “Toshkent — Andijon”, “Toshkent — Volgograd”, “Dushanbe — Toshkent” poyezdlari qatnovi Janubiy vokzaldan amalga oshiriladi.
Markaziy vokzal tomonidan qabul qilinadigan “Olmaota — Toshkent — Olmaota”, “Toshkent — Novosibirsk — Toshkent”, “Toshkent — Samara — Toshkent” va “Toshkent — Xo‘jakent — Toshkent” yo‘nalishlari bundan mustasno.
Har ikkala vokzaldagi chipta kassalari, shuningdek, Janubiy vokzaldagi uchta xavfsizlik nazorat punkti kuniga 24 soat ishlaydi.
Markaziy vokzalga bilmagan holda yetib borgan yo‘lovchilar uchun Janubiy vokzalgacha bepul avtobuslar harakatlanadi.
Afrosiyob, “Sharq”, “Nasaf”, “Toshkent — Andijon”, “Toshkent — Volgograd” va “Dushanbe — Toshkent” reyslari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yakunlanganidan keyin yo‘lovchi poyezdlarining qatnoviga ruxsat berish uchun avval to‘xtab turishga majbur bo‘lgan yuk poyezdlari to‘xtovsiz harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
33
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
119
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
311



