19.07.2024 | 13:04
228
Qirgʻizistonda Cobalt, Onix va Tracker ishlab chiqarila boshlaydi
Qirgʻizistonning Ak-Suu shahrida 18-iyul kuni yengil va yuk avtomobillari hamda avtobuslarni ishlab chiqaradigan TULPAR MOTORS zavodining ochilishi boʻlib oʻtdi.

Loyiha “UzAuto Motors” AJ va “SamAvto” MCHJ tomonidan Qirgʻizistonda avtomobil va tijorat texnikasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga muvofiq amalga oshirildi.
Zavod 4,7 gektar maydonni egallaydi, shundan 2,8 gektar maydon SKD ishlab chiqarish uchastkalari uchun ajratilgan.
Birinchi bosqichda yiliga 10 ming dona avtomobil texnikasini ishlab chiqarish, kelgusida esa 30 minggacha kengaytirish rejalashtirilgan.
Ayni paytda TULPAR MOTORS ishlab chiqarish quvvatlarida General Motors (SKD) texnologiyasidan foydalangan holda Chevrolet Cobalt, Damas, Labo, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
Ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning raqobatbardosh ustunligi qulay va muvozanatli narx nisbati, funksionallik va sifatida boʻlishi qayd etildi.
Bundan tashqari, yangi korxonada Samarqand avtomobil zavodining tijorat texnikalari: ISUZU NPR75L va ISUZU NMR77H shassilaridagi yuk mashinalar, ISUZU D-MAX pikaplari, shuningdek, past sathli SAZ LE60 shahar avtobusi va SAZ HD50 shaharlararo avtobuslari yigʻiladi.
Kelgusida TULPAR MOTORS zavodining modellar qatori 20 dan ortiq turli avtomobil texnikasini, xususan, yengil avtomobillar, krossoverlar, pikaplardan tortib yuk avtomobillari va avtobuslarni oʻz ichiga qamrab olishi qoʻshimcha qilindi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
85
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
325



