22.07.2024 | 03:37
406
Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi
Jozef Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlarida noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashmaslikka qaror qildi.

“So‘nggi 3,5 yilda millat sifatida katta yutuqlarga erishdik. Bugun Amerika dunyodaning eng kuchli iqtisodiyotga ega. Biz millatimizni tiklash, keksalar uchun dori-darmonlar narxini pasaytirish va rekord darajadagi amerikaliklar uchun arzon tibbiy xizmatni kengaytirishga tarixiy sarmoya kiritdik.
Zaharli moddalarga duchor bo‘lgan millionlab faxriylarga o‘ta zarur yordam ko‘rsatdik. 30 yil ichida birinchi qurol xavfsizligi qonunini qabul qildik. Birinchi afroamerikalik ayolni Oliy sudga tayinladik. Dunyo tarixidagi eng muhim iqlim qonunchiligini qabul qildik. Amerika hech qachon yetakchilik qilish uchun hozirgiday yaxshiroq mavqega ega bo‘lmagan.

Bilaman, bularning hech biri sizsiz, Amerika xalqisiz amalga oshmasdi. Birgalikda biz asrda bir marta bo‘ladigan pandemiya va Buyuk depressiyadan keyingi eng yomon iqtisodiy inqirozni yengdik. Demokratiyamizni himoya qildik va saqlab qoldik. Butun dunyo bo‘ylab ittifoqlarimizni qayta tikladik va mustahkamladik.
Sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish hayotimdagi eng katta sharaf bo‘ldi. Men qayta saylanish niyatida bo‘lgan bo‘lsam-da, o‘z partiyam va mamlakatim manfaatlariga ko‘ra, nomzodimni rad etishim va qolgan muddat davomida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga e’tibor qaratishim kerak deb hisoblayman”, — deydi u.
U vitse-prezident Kamala Harrisni Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatishni taklif etdi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
71
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



