25.07.2024 | 17:17
279
Jo Bayden Amerika xalqiga murojaat qildi
AQSh prezidenti Jozef Bayden xalqqa murojaat qilib, 2024-yilgi saylovlardan chiqish qarorini izohladi.

“So‘nggi haftalarda men o‘z partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon bo‘ldi. Prezident sifatidagi yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim sabab ikkinchi muddatga saylanishimga loyiqman, deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, — dedi u.
“Bu xalqimizni birlashtirishning eng yaxshi yo‘li. Jamiyatda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan odamlar uchun vaqt va joy bor edi. Ammo yangi ovozlar — ha, aynan yosh ovozlar uchun ham vaqt va joy bor. Bu vaqt va joy — hozir”, — dedi prezident.
Bayden, shuningdek, amerikaliklarni tez orada Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgan vitse-prezident Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
U qolgan olti oy ichida o‘zining prezidentlik vazifalariga: iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va boshqalarga eʼtibor qaratishini taʼkidladi. Bayden AQSH Ukrainaga yordam berayotgan davlatlar koalitsiyasini birlashtirish va NATOni mustahkamlashda davom etishini aytdi. G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarga chek qo‘yish va barcha garovga olinganlarni ozod qilish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi. Bayden XXI asrda mamlakati hech bir urushga aralashmagan birinchi AQSH prezidenti ekanini bildirdi.
Avvalroq Kamala Harris AQSH prezidentligiga nomzodini qoʻyish uchun demokratlarning yetarlicha ovozini qoʻlga kiritgani haqida yozgandik. Shuningdek, uning faoliyati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
63
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



