Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.07.2024 | 12:52

img698

YANGI O‘ZBEKISTON: YETTI YILDA YETISHGANLARIMIZ

YANGI DAVR MOHIYATI

1991-yilning 31-avgusti­gacha Yer yuzidagi davlati yo‘q millatlarning biri edik. Davlatga ega bo‘ldik. Uni qurdik. Dunyoga o‘z so‘zimizni aytishga erishdik. Bizni olam tanidi, biz olamni tanidik. Haqiqatni aytganda, bu darajalarga eri­shish davlatga ham, xalqqa ham oson bo‘lmadi.

 2016-yil sentyabridan O‘z­be­kis­tonimizda yangi davr bosh­landi. Uzoq yillar oliy ta’­lim tizimida ishlagan, bir tuman va ikki viloyatni bosh­qar­gan, 13 yildan oshiq O‘zbe­kis­ton Respublikasining Bosh vaziri bo‘lgan Shavkat Miromo­no­vich Mirziyoyev dav­lat rahbari bo‘ldi. U mamlakat hayotining katta-kichik barcha masalalaridan har taraflama boxabar edi. Muammolar esa tiqilib ketgan, ularni yechishning mexa­nizmlari eskir­­gan yoki tamoman ishla­may qolgan edi. Chigalliklar shun­­chalar ko‘p ediki, bir ma­salani yechishga ikkinchisi monelik qilardi. Aniqrog‘i, hamma masa­la bir kishi orqali bitishi, ammo unga yechimlar haqidagi taklif­larni yetkazishning yo‘li murak­kab­lashib qolgan bir zamon edi.

Lekin xalq ertaga yoki in­dinga emas, aynan bugun baxt­­li yashash­ni istardi.

Xullas, hayot yangicha bir siyo­satni talab qilardi.

ISLOHOT VA YANA ISLOHOT

“Islohot” – “o‘zgarish” de­­ga­­ni. Shuning uchun u – to‘xtovsiz davom etadigan muttasil jara­yon. Daryo suvi bir yerda to‘x­tab tura olmagani singari, odam ham, kishilik jamiyati ham bir yerda turg‘un qolishga haqli emas. Hayot davom etar ekan, u har kuni, har hafta, har oy, har yil… oldi­mizga yangi-yangi vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘yaveradi. Ularni ado etish uchun hammamiz yangi­la­nishga majburmiz.

Shu falsafiy mulohaza­lardan keyin mamlakatimizda keyingi yetti yilda yuz bergan voqea-hodisalarga umum­lash­ma ko‘zi bilan boqilsa, ko‘p narsa oydin­la­shadi. Lekin buning bitta sharti bor: bu o‘zgarishlarga, avvalo, aynan fuqaro ko‘zi bi­lan boqish zarur. Chunki, axir, mamlakatdagi o‘zgarish­lar amal­da fuqaro hayotini yaxshi­lashga xizmat qilishi kerak-da.

Xo‘sh, shu murakkab vazi­yat­dan chiqib ketishning qanday yo‘llari topildi?

Keling, mamlakatimizda shu davrda yuz bergan tub burilishlarni bir-bir eslaylik.

DAVLAT XALQQA XIZMAT QILISHI KERAK

Davlat rahbari tarafidan “O‘zbekis­toni­mizning buyuk kelajagini xalqimiz bilan birgalikda quramiz”, degan shior o‘rtaga tashlandi. “Xalq davlatga emas, davlat xalq­­qa xizmat qilishi kerak”, deyildi. Davlat xalqni eshita boshladi. Xalq qabulxonalari tashkil etildi.

Ammo bu gaplar so‘z bilan emas, amal bilan joriy etilsagina samara berar edi. Shun­­day qilindi ham.

PUL SIYOSATI

Esingizda bordir, oyliklarimiz plas­tik kartaga o‘tkazib berilardi-yu, hamma joy­da ham plastik karta orqali savdo qilish imkoniyati yaratilmagan edi. Hatto banklarda nav­batda turib, maoshimizning muayyan qisminigina naqd qilib olar edik. Qayerda yetishmovchilik, taqchillik bo‘lsa, o‘sha yerda jinoyatchilik tomir ota boshlaydi. Plastik kartadagi haloldan halol maoshingizni usti­ga pora berib naqd qilib olishga to‘g‘ri kel­di ham. O‘zbek so‘mini AQSh dollariga almash­tirish-ku muammo­ning muammosi edi.

Hozir bankka boring, plastik kartangizdagi pulingizni, xohlang, naqd qilib beradi, xoh­lang, dollarga aylantirib.

TASHQI SIYOSAT

Qizingizga sovchi kelmoqchi bo‘lsa, avval mahallaga elchi yuborib, qo‘ni-qo‘sh­nilardan surishtirishadi. Hammamiz ham qo‘ni-qo‘shnisi bilan chiqisholmaydigan oiladan qiz olishdan ehtiyot bo‘lamiz. Diplo­­matiya sohasida bir muddat ishlagan mutaxassis sifatida shuni yaxshi bilamanki, dunyo mamlakatlari ham bir davlat bilan muno­sabatlarni kuchaytirishda xuddi shun­day yo‘l tutadi. Qo‘shnilari bilan yaxshi munosabatlar o‘rnata olmagan davlat bilan hamkorlik qilishdan cho‘chishadi. Yillar davomida shunday bo‘ldi ham.

Shuning uchun davlatimizning keyingi yetti yillik tashqi siyosatida, avvalo, yon qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatlar o‘rna­tish birinchi darajali masala qilib qo‘yildi. Bugun buning samaralaridan biz ham, qo‘sh­ni­larimiz ham birday bahramand bo‘lyapmiz.

Shunga qarab, dunyoning uzoq-yaqin bosh­qa davlatlari bilan munosabatlarimiz darajasi ham ko‘tarildi, ko‘lami ham kengay­di.

“MEN O‘ZBEKISTON FUQAROSI BO‘LDIM!”

Hayot – murakkab jarayon. Taqdiri azal­ning turli iplari orqali O‘zbekis­tonimizda yillar mobaynida yashab kelayotgan qan­cha­dan-qancha chet el fuqarolari yoki fuqa­roligi yo‘q shaxslar bor edi. Birovi shu yerda o‘qib, ishlash uchun qolib ketgan, boshqasi turmushga chiqib kelgan va hokazo. Hammasi shu yurt, shu xalq bilan birga mehnat qilyapti. Ammo huquqlari cheklangan. Shaxs sifatida g‘ururi toptalgan. Axir, saylovda qatnasholmasa, ayrim bosh­qa huquqlardan mahrum bo‘lsa, u har qana­qasiga o‘zini kamsitilgan hisoblashga majbur-da. O‘zbekiston Respublikasi fuqa­ro­ligini berish amaliyoti yo‘q darajaga tushib qolgan edi. Shu kemtiklikka barham berildi: qanchadan qancha insonlar faxr bilan fuqa­rolik oldi. Safimiz shu hisobdan ham kengaydi. Nufusimiz oshdi.

Televizorda siz ham ko‘rgandirsiz – ko‘zi­da sevinch yoshlari bilan: “Men O‘zbe­kis­ton fuqarosi bo‘ldim!” degan shukrona sizni ham to‘lqinlantirgandir…

“MEN XALQIMNI PAXTAGA QULLIKDAN QUTQARAMAN!..”

Biz birinchi sinfda ikki soat o‘qib, maktab yaqinidagi paxta dalasiga chiqar, mashina terimi payti traktorlar aylanib oladigan chekka joylardagi o‘rilgan g‘o‘zalarning ochilgan paxtalarini terib berar edik. 5–10-sinfligimiz payti esa sentyabrdan dekabrning oxiriga­cha uch oyga yaqin kattalar qatori erta­lab­dan kechga qadar paxta terishga maj­bur edik. Bu holat 2016-yilgacha ham da­vom etdi. Oxiri demokratik dunyo qattiq bong urdi. Paxtamizni sotib olmay qo‘ydi. Aynan majburiy mehnat, bolalar, ya’ni ishlash yoshiga yetmaganlar mehnatidan foy­da­la­nilgani uchun!

Hozir-chi? Bir paytlar paxta yig‘im-terimi mavsumida har kecha shtabda maktab direktorini turg‘azib, uni nega falon o‘quvchi yoki o‘qituvchi dalaga chiqmagani uchun tergashar edi. Endi esa maktab direktorini biror-bir o‘quvchi yoki o‘qituvchining paxta terimi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingani uchun tergaymiz.

Bu – katta siyosat, ma’nan keskin, inqi­lobiy o‘zgarish. Endi o‘quvchilarimiz, Yer yuzi­ning boshqa davlatlaridagi kabi, mak­tabda to‘qqiz oy ta’lim oladi. Bu – mam­lakatning kelajagiga fuqarolarning sog‘lig‘i, bilimli bo‘lib yetishuviga qaratilgan siyosat. Hatto 2023-yilning 30-aprelida umum­xalq referendumi orqali qabul qilingan O‘z­be­kiston Respublikasining yangi tahrir­­­da­gi Kons­titutsiyasida o‘qituvchilar haqi­­da max­sus – 52-modda ham kiritildi. Un­da shun­day so‘zlar bitilgan:

“O‘zbekiston Respublikasida o‘qituv­chi­ning mehnati jamiyat va davlatni rivoj­lantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakl­lantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’­na­viy va madaniy salohiyatini saqlash ham­­da boyitishning asosi sifatida e’tirof eti­la­di.

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”.

Muhtaram Prezidentimiz: “Men xalqimni paxtaga qullikdan qutqaraman!” – degan va’da­sida qat’iy turdi.

U birgina shu xizmati bilan ham tarixda qoladi.

AVVALO, BOSHINGDA – BOSHPANANG BO‘LSIN!

Shavkat Mirziyoyev xalq orasidan chiq­qan, mintaqalarimizdan kelib, poytaxtda yashab qolgan barcha ziyolilar kabi uy­siz­­­­lik­ning azob-uqubatlarini boshidan ke­chir­­­gan. O‘z­be­kis­tonimizning eng katta, hatto Gʻarb dav­lat­lari havas qilib yetol­may­digan bir yutug‘i shun­daki, istiqlolning 33 yili mobaynida 21 mil­lion kishi yashay­digan mamlakatdan 37 millionli xalqi bor mamlakatga aylandik. Ammo: “Tuya qan­cha? Yag‘iri – o‘shancha”, de­gan maqoli­miz bekorga to‘qilmagan. Ya’ni ko‘payib borayotgan bu aholi ehtiyoj­lari uchun tinmay yangi uy-joylar bunyod etib borish zarur. Yetti yil burun qurilayotgan uy-joylar miqdori aholi o‘sishi ko‘rsatkichlariga muta­nosib emas edi. Bu yil sayin masalani og‘ir­lash­tirib borayotgandi.

O‘zbekistonning yangi rahbari mam­la­kat­da uy-joy qurilishini son va sifat jihati­dan tamoman yangi darajaga ko‘tarish masa­la­sini davlat va jamiyat oldiga qo‘ydi va bunda aholining xarid imkoniyatlarini hisob­ga olish bosh maqsadga aylantirildi. Million-million kishi bundan bahramand bo‘ldi. Statistik ma’lumotlarga tayanib o‘ti­rish­ning hech keragi yo‘q: keyingi yetti yil­da mamlakatimizda oldingi 25 yilda quril­ga­ni­dan bir necha karra ko‘p uy-joylar bunyod etildi.

Olmazor bekatidan Sergeli tomon yo‘nal­gan yerusti metrosida bir yurib ko‘­ring. O‘zingizni tamoman bosh­qa bir shahar­da­gi­dek his qilasiz. Chunki met­ro bo‘ylab ikki tomonda qad rostlagan yangi ko‘pqavatli uylar ko‘zingizni quv­natadi. Shu yetti yilda Sergelida qad rostlagan yangi uylarga bir million aholi ko‘chib o‘tdi. Oxiri ushbu tuman ikkiga ajratilib, Yangihayot tumani ham tash­kil qilindi.

TALABALAR MAMLAKATI

Shunday davrlar bo‘ldiki, oliy ta’lim muassa­sasi professorining maoshi talaba­ning stipendiyasidan bor-yo‘g‘i ikki karra ortiq edi, xolos. O‘qishga, o‘qitishga muno­sa­bat ham shunga loyiq tarzda bo‘ladi, albat­ta. Boshqacha holatni aslo ko‘z o‘n­gingiz­ga keltirmang. Hatto Alisher Navoiy qur­dir­gan madrasada professor darajasidagi mudar­risning maoshi talabaning eng kam stipen­diyasidan 8, o‘rtacha stipendiyadan 6 va yuqori stipendiyadan 4 karra ko‘p bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’­lim muassasasida eng kichik vazifadan prorek­torgacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tgan, bu sohaning barcha sir-sinoa­tidan boxabar kishi sifatida mamlakatda oliy ta’lim tizi­mi­ni yuksak darajaga ko‘tarishning yo‘l­larini izladi va topdi ham.

Birinchidan, oliy ta’lim muassasasi yoki tash­ki­lot­larining soni, ikkinchidan, mav­jud­larining kvotasi ko‘paytirildi, uchin­chi­dan, yurti­mizda yangi-yangi davlat va nodavlat oliy ta’lim dargohlari, jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining filiallari tashkil etildi.

Bugun oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun yaratilgan shart-sharoit­larga yon-atrofimizdagi davlatlar havas qilyapti. Natija ham shunga mos, albat­ta. Yetti yil burun bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi bitiruv­chi­lar umumiy sonining 9 foizinigina tash­kil etar edi. Bu har 11 nafar bitiruvchining biri­gina o‘qishga kirganini bildirardi. 2023/24-o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 42 foizni tash­kil etdi. Demak, bultur har 10 bitiruv­chining 4 nafar­dan ortiqrog‘i oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘ldi. 2024/25-o‘quv yilida bu borada yana o‘sish bo‘lishi kutilyapti. Chunki 2030-yilga borib ushbu ko‘rsatkichni 70 foizga yetka­zish ko‘zda tutilgan. O‘shanda har 10 bitiruv­chidan 7 na­fari oliy ma’lumot olgan bo‘ladi.

O‘tgan o‘quv yilida mamlakatimizda 1 million 300 mingdan oshiq talaba oliy ta’lim tizimida tahsil oldi. Bu aholining har 28-29 nafaridan biri oliy ma’lumot olayotganini anglatadi. Oliy ta’limdagi bu siljishlar ertaga yo indinga mamlakatda hayotning umumiy darajasi ko‘tarilishiga olib keladi, albatta.

FUNDAMENTAL – FAN RAVNAQI

Ilgariroq Fanlar akademiyasining ko‘p yillik tarixga ega ba’zi institutlari oliy ta’lim muassasalari huzuriga o‘tkazildi. Bu tajriba aslo o‘zini oqlamadi. Fundamental fan orqa­ga ketdi. Ana shu xato ham tuzatilib, o‘sha insti­tut­lar yana Fanlar akademiyasi bag‘riga qayt­di.

Dunyo tajribasi fundamental fanlar bilan ilmiy tadqiqot institutlari shug‘ullanishini ta­qo­zo etadi.

O‘QUV ZALLARI GAVJUM KUTUBXONALAR

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kitob­xon­lik­ka alohida e’tibor berib, bir necha qonunosti hujjatlar qabul qildi. Kitobxonlar o‘rtasida tanlovlar tashkil etildi. Jamiyatni ilm-ma’rifatsiz olg‘a siljitib bo‘lmasligi odam­lar ongiga quyildi.

Hozirgi kundagi bir quvonchli faktni keltiray: ertalab soat 10 dan kech qolsangiz, O‘zbekiston milliy kutubxonasi o‘quv zal­la­ri­da o‘zingizga joy topishingiz amri mahol. Xalq kitob o‘qishga kirishdi. Odamlar tushun­diki, dunyoning bu global raqobat may­do­ni­da o‘qimay turib g‘olib kelishning hech iloji yo‘q.

MA’NAVIYAT – TARAQQIYOT GAROVI

1994-yili tashkil etilgan Respublika Ma’na­­viyat va ma’rifat markazining tuman va sha­har bo‘limlari jamoatchilik asosida ishlar, mabodo hokimiyat mab­lag‘ topib bersa, xodim oylik olar edi. Hozir bu Markazning barcha tuman va shahar bo‘limlari davlat byudjetidan maosh bilan ta’minlangan. Ayrim­lari hatto xizmat avtomobiliga ham ega.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat mar­kazining markaziy apparati tuzilmasi ham yangi-yangi shtatlar bilan boyi­tildi. Uning huzurida hatto Ijtimoiy-ma’naviy tadqi­qotlar instituti ham faoliyat olib boryapti.

XALQNI TOMORQA HAM BOQADI

Mustaqillikkacha biz asosan agrar respublika edik. Keyin sanoatlashgan agrar mamlakatga aylandik. So‘nggi yetti yilda bu borada siyosat ham o‘zgardi. Zotan, xudo bizga bu serhosil yerlarni faqatgina paxta yetishtirish uchungina in’om etgani yo‘q. Nima ekib paxtadan ko‘ra ko‘proq daromad oladigan bo‘lsak, marhamat, shuni ekaylik.

Shu siyosatning tarkibiy qismi sifatida yana bir muhim pozitsiya shunday qattiq tutilyaptiki, buni alohida qayd etmasdan iloj yo‘q. Tomorqa qishloq ahliga ishlab chiqarish maydoni, ya’ni daromad ko‘rish manbasi sifatida berilgan. Axir bu yil bahorda Prezident Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga borib, uyma-uy yurib, kishilarning shaxsiy tomorqalarini ko‘zdan kechirdi. Shu tariqa “Sayxunobod tajribasi” mamlakat uzra yoyildi.

Tomorqachilik bugun bozor iqtisodiga mos­lasha boshladi. Ishonmasangiz, YouTube ijtimoiy tarmog‘ini kuzating, tomor­qada iqtisodiy daromad keltiradigan ekinlar ekib, hosil yetishtirish bo‘yicha qanday ajoyib tajribalar ommalashtirilyapti. Masalan, aksa­riyat viloyatlarimizda shu paytgacha yetishtirib kelingan kam daro­madli uzum toklariga zamonaviy, ilmiy asosda yangi yaratilgan, xaridorgir navlarni yoppa­siga payvand­lash avjiga chiqqan. O‘z tomorqasidagi issiqxonalarda shunday qim­mat­baho nav­larning ko‘chatlarini tayyorlab sotayotgan mirishkorlar paydo bo‘ldi. Uzumning “Avatar”, “Manikyur finger”, “Lom­barjini”, “Amerikanka gigant”, “Xelloin”, “Mersedes” va boshqa eng bozorgir turlari yetishtirilyapti. Dehqon yo bog‘bonlarimiz ilmiy asosda meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini parvarish­layapti.

Hamma narsa niyatga bog‘liq. Bugun O‘zbekistonimizda tomorqachilik misli ko‘ril­ma­gan darajada rivojlanish bos­qi­chiga kir­di. Shu tariqa fuqarolarimiz “Biz­ni davlat boqsin” degan xomxayoldan voz kecha boshladi. Bu – katta yutuq. Chun­ki ongdagi o‘zgarish amalda hamma narsani o‘zgartirib yuborishga qodir kuch hisoblanadi.

INVESTITSIYA FAQAT “PUL” DEGANI EMAS

Odam rivojlanishi uchun ham, mamlakat ravnaq topishi uchun ham to‘rt narsa kerak: birinchisi – aql, ikkinchisi – mab­lag‘, uchinchisi – mehnat, to‘rtinchi­si – bozor. Xalqimizning: “Pul pulni topar, be­pul – dardisar”, degan ajoyib maqoli bor. “Dardisar” degani – “bosh og‘rig‘i”, ya’ni “muammo” degani. Aqlni o‘sti­rish uchun ham mablag‘ kerak, aql esa mab­lag‘­ni ko‘paytirishga asos bo‘ladi.

Investitsiya mamlakatga ham mablag‘, ham aql olib kiradi. To‘g‘ri, mablag‘ Koreya­niki bo‘lishi mumkin, lekin texnologiya, ya’ni aqlni Yaponiyadan keltiradi. Bizda qurilgan har qanday katta korxonada, albatta, xalqimiz vakillari mehnat qiladi. Shu tariqa biz ham kiritilgan ana shu mablag‘dan bahramand bo‘lamiz, ham shu tariqa yangicha ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtiramiz. Inves­tor esa, tabiiyki, bizda ishlab chiqarishni tashkil etishdan oldin bozorni o‘rgangan, mahsulotini ham ichki, ham yaqin tashqi bozorda, ya’ni bizga qo‘shni mamlakatlarda sotishni hisobga olgan bo‘ladi. Shu tariqa biz eksport ham qilamiz. Axir, qaysi mamlakatda eksport hajmi import hajmidan ko‘p bo‘lsa, u yerda taraqqiyot yuz beradi-da.

XALQ, DAVLAT VA PREZIDENT

Xalq, davlat va Prezidentni bir-biridan ajratib qarash mumkin emas. Chunki Prezident – davlatni xalq manfaati yo‘lida boshqarishga mas’ul shaxs. Uni xalq saylagan. Xalq davlat taqdirini unga ishonib topshirgan. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti – har taraflama davlat rahbarining sa’y-harakati, iqtidori, salohiyati va niyatiga bog‘liq.

Har bir davlat rahbari amalda o‘sha mamlakat xalqining sha’ni, sharafi, kerak bo‘lsa, tashrif qog‘ozi ham hisoblanadi. Uning jahon miqyosidagi shaxsiy obro‘-e’tibori tabiiy ravishda mamlakat xalqi­ning obro‘-e’tiborini anglatadi. Shub­hasiz, shu shaxsiy obro‘-e’tibor mam­lakat va uning xalqi uchun katta boy­lik sifatida asqotadi.

Shu ma’noda, Prezidentimizga bugungi O‘zbekistonimizda yuz berayotgan katta o‘zga­rishlarning asosiy tashabbuskori sifati­da qarashimiz lozim.

YANGI O‘ZBEKISTON JAHON NAZDIDA

Keling, endi O‘zbekistonimizda so‘nggi yetti yilda yuz bergan ko‘tarilish davriga dunyoning ko‘zi bilan boqaylik. Jahon bizga jozibador diyor sifatida qaray boshladi. Buni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlarining xalqimiz, davlatimiz va Prezidentimizga samimiy, do‘s­tona va xayrixoh munosabati, bildirgan iliq fikr-mulohazalaridan ham bilib olsa bo‘ladi.

DAXLDORLIK

Mamlakatimizda taraqqiyot eshiklari ochilgan bugungi zamonda yashayotgan har bir fuqaro ana shu umummilliy hara­katga shaxsiy hissasini qo‘shishni o‘ylab yashashi lozim. Shaxsiy hissa qo‘shish, avvalo, uning o‘zini boyitishi, baxtli qilishiga zamin bo‘ladi.

Bu umummilliy harakatdan uzilib qolish­ga hech kimning haqqi yo‘q. Chunki xalqning o‘z milliy davlati va uning rahbari bo‘lmish Prezidentning maqsad va g‘oyalari bilan birligi, yakdilligiga erishishi tarixan eng katta yutuq sanaladi.

Kamina mamlakatimizda ro‘y berayot­gan ulkan islohotlarning yuzdan birini eslab o‘t­dim xolos. Aziz yurtdosh, bu borada sizning ham o‘z dunyoqarashingiz, o‘z nuqtayi naza­ringiz va bahoyingiz bor, albatta. Pirovardida aytmoqchimanki, barchamiz buyuk o‘zga­rishlar davrida yashayapmiz. Shu tarixiy solnomaga biz ham o‘z ulushimizni qo‘shay­lik, el va yurt ravnaqi yo‘lida ulug‘ yetak­chimizga kamarbasta bo‘laylik!

Sultonmurod OLIM,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600