24.07.2024 | 10:06
1784
24-IYUL – ALEKSANDR DYUMA TAVALLUD TOPGAN KUN
Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma 1802-yil 24-iyulda tug‘ilgan. Sarguzashtlarga boy tarixiy romanlari bilan nom chiqargan eng mashhur fransuz yozuvchilaridandir.

Dyumaning oʻgʻli ham yozuvchi boʻlgan. Uning eng mashhur asarlari “Uch mushketyor”, “Graf Monte-Kristo”, “Yigirma yildan keyin” va “Vikont de Brajelon” romanlaridir. Dyuma romanlar bilan birga dramalar ham yozgan. U hayoti davomida 1200 dan oshiq asar yozgan. Koʻplab asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Adabiy faoliyatini dramaturg sifatida boshlagan. Uning ilk asari “Ov va muhabbat” kichik pyesasidir. “Genrix III va uning saroyi” dramasi yozuvchiga muvaffaqiyat keltirdi. Dyumaning “Antoni”, “Nel minorasi” va boshqa pyesalari romantik teatr tarixidagi muhim voqeadir.
1835-yilda Dyuma birinchi tarixiy romani “Izabella Bavarskaya”ni eʼlon qildi. XIX asrning 40-yillarida ketma-ket “Uch mushketyor”, “Yigirma yildan soʻng”, “Vikont de Brajelon” tarixiy-sarguzasht romanlari paydo boʻldi. Trilogiyani tashkil etgan bu romanlarning qahramonlari umumiy asardan-asarga oʻtib yuradi. Uchinchi romanni aslida Paul Mahalin yozgan. Shunday boʻlsa ham, kitobga muallif sifatida deb Dyumaning nomi koʻrsatilgan. “Qirolicha Margo”, “Monsoro xonim”, “Qirq besh” – Genrix Navarrskiy haqidagi trilogiyadir. “Graf Monte-Kristo” zamonaviy hayot haqidagi sarguzasht roman.
Dyumaning bir qator asarlari dunyoning turli mamlakatlarida ekranlashtirilgan. “Graf Monte-Kristo”, “Uch mushketyor” romanlari oʻzbek tilida nashr etilgan. “Nel minorasi” pyesasi “Ajal minorasi” nomi bilan oʻzbek tilida sahnalashtirilgan. Yozuvchi 1870-yil 5-dekabrda vafot etgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143



