Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.07.2024 | 18:48

img490

Qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidentining 67 yoshga to‘lgani munosabati bilan qator xorijiy davlatlardan uning nomiga tabriklar kelmoqda.

Turkmaniston

Shavkat Mirziyoyev birinchi bo‘lib Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston milliy yetakchisi davlat rahbariga mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Tojikiston

Shundan so‘ng prezidentga Emomali Rahmondan tabrik keldi. Telefon orqali muloqotda Tojikiston yetakchisi davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik va oilaviy baxt-saodat, birodar O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston prezidentining joriy yil 18-19-aprel kunlari Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qirg‘iziston

3-muloqot ham qo‘shnilar bilan bo‘ldi. Suhbat avvalida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ozarbayjon

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Belarus

Keyingi muloqot Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan bo‘ldi. 7-9-fevral kunlari Belarus rahbarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan «yo‘l xaritasi» asosida amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qozog‘iston

Navbat Qozog‘istonga. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar bugungi strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilishida O‘zbekiston yetakchisining ulkan shaxsiy hissasi borligini ta’kidladi.

Amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ko‘rsatib ta’kidlandi.

Shuningdek, joriy yil avgust oyida Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mintaqa davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va «Markaziy Osiyo + Yaponiya» sammitini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentni, shunindek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon ham tabrikladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img168

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img157

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img361